O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

aerodisperss
tizimini
keltirib chiqaradi. Aerodisperss tizimi havodagi chang zarrachalarining yoyilgan holatidir.
Changsimon moddalar havoda yoyilgan sochilgan holatda ayrim hususiyatlarini kasb


219
etadi:
a) eng mayda chang zarrachalari atmosfera havosida muallaq turib qoladi;
b) chang zarralarini havoda yoyilishi kuchayishi bilan ularning solishtirma yuzasi va sath
kuchlari ortadi;
v) eng mayda chang zarrachalari bir-biriga yopishib. yirik zarrachalarni hosil qiladi;
g) zarrachalar o‘z sathlariga tashqi muhitdan ionlarni, molekulalarni, suv bug‘larini
singdirib, ularni jamlanishiga sabab bo‘ladi;
d) bunday zarrachalardan har xil belgili zaryadlar paydo bo‘ladi;
e) aerodispers tizim yorug‘likni kuchli tarqalishiga sabab bo‘ladi;
Zarrachalar katta-kichikligiga qarab ikki hususiyatga ega bo‘ladi:
a) muallaq osilib turish va tez cho‘kish hususiyatiga ega bo‘lganlar;
b) nafas yo‘llariga kirish hususiyatiga ega bo‘lganlar.
Masalan, zarrachalar diametri 10-100 mkm ga teng bo‘lsa ular uzoq vaqt mobaynida
osilib tura olmaydi, ular tez cho‘kadilar. Zarrachalar diametri 10-0.1 mkm gacha bo‘lsa inson
salomatligiga ancha xavf tug‘diradi. Ular havoda ancha turib qoladi. nafas yo‘llari orqali o‘pka
alveolariga tushadi. uning chuqur joylariga etib boradi va o‘zining zararli ta’sirini ko‘rsatadi.
Sanoati rivojlangan katta shaharlar va sanoat markazlarining atmosfera havosidagi chang,
tutun, qurum va tumanlar ba’zi vaqtlarda quyosh nurlarini to‘sib er yuziga ultrobinafsha nurlarini
o‘tkazmay qo‘yadilar.
Ultrobinafsha nurlarning er yuziga etarli darajada etib kelmasligi o‘z navbatida turli
kasalliklarga ayniqsa bolalarda raxit kasalini keltirib chiqaradi.
Katta shaharlardagi atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdori har xil bo‘lishi shaharni
obodonlatirishda, daraxtlar va o‘rmonlarning bo‘lishiga. sanoat korxonalarning katta-kichikligiga
hamda ularni shahar hududida joylashishiga bog‘liqdir.
F.F.Erisman nomidagi ilmiy-tadqiqot instiuti bergan ma’lumotga qaraganda. havodagi
yillik o‘rtacha chang miqdori dalalarda 1 m
3
havoda 0.01 mg, turar joylarda 0.12 mg, shahar
markazida 0.13 mg, sanoat korxonalari joylashgan joylarda 0.15 mg ga teng bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida
atmosfera havosining ifloslanishi asosiy ekologik
muammolardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning yirik shaharlar va sanoat markazlarida
atmosfera havosining ifloslanishi asosiy muammolardan biri hisoblaniladi.
Statistik ma’lumotlarni tahlili shuni ko‘rsatadiki. 1999 yilda atmosferaga chiqarilgan
chiqindilarning umumiy hajmi 2296900 tonnani tashkil etadi, undan 776900 tn. yoki 34%
chiqindi turg‘un manbalarga to‘g‘ri keladi. 1999-2004 yillar mobaynida. Atmosferaga
chiqayotgan chiqindilarning umumiy hajmi 14.8% ga yoki 1957400 tn. ga qisqargan. Bu asosan
sanoat va energetikaning sektorlarida ba’zi qisqarishlar, rekanstruksiya va qayta shakllanish
o‘tkazilishi hamda havo muhofazasi bo‘yicha tadbirlar bajarilishi bilan izohlaniladi.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi
bo‘lgan sanoat ob’ektlari Toshkent 42.7%,
Qashqadaryo 14.6%, Buxoro 10.9%, Navoiy 8.1%, Farg‘ona 6.8% viloyatlarda jamlangan.
Sanoat salohiyati eenergetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft – kimyo sanoati, gaz
sanoati, neftni qayti ishlash zavodlari, sement va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi
korxonalar ob’etalaridan iborat.

Download 2,9 Mb.
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish