O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

Transportlarni ta’siri.
Respublikamizda transport vositalari asosoiy ifloslantiruvchi
moddalarni atmosferaga tashlaydigan manba hisoblaniladi, ya’ni 67% yoki 1310.9 ming tonnani
tashkil etadi. Toshkent, Samarqand, Buxoro. Farg‘ona shaharlari transport bilani ifloslanishi
80% tashkil etadi.
Tojikiston alyuminiy zavodi faoliyat yuritish oqibatida O‘zbekiston Respublikasining
Surxandaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlarida keskin ekologik vaziyat
saqlanib kelmoqda. Havoga ftorli vodorodni ko‘p tashlanishi insonlarga, o‘simliklar va
hayvonlarga salbiy ta’sir etgan. Aholning nafas olish organlarini, oshqozon, endokrin tizimi, qon
va qon aylanish organlari va boshqa ko‘pgina kasalliklar bilan og‘rish ko‘paygan, shu bilan birga
bolalarda tug‘ma anamaliyalar (1.8) ortgan. Hayvonlarda tishlari to‘qilishi, o‘simliklarda
hosildorlik pasayishi, qurib qolishi kuzatila boshlandi.
O‘zbekistonda ingredientlar bo‘yicha 2004 yilda 2000 yilga nisbatan umumiy
ifloslantiruvchi moddalar miqdori deyarli bir xil ko‘rsatgicha tebranadi. Uglerod oksidi 50.9% ga
nisbatan 50.3%, uglevodorodlar- 15.2% ga nisbatan 14.5%, oltingugurt oksidi – 16%, azot
oksidi-8.5% ga nisbatan 8.9%, qattiq moddalar- 6.6% ga nisbatan 6.1% va boshqalar 3.4% ga
nisbatan 3.6% larga muvofiq tarzda to‘g‘ri keladi. Ayni shu yillar mobaynida statsionar
manbalar chiqindilarning ko‘proq qismini oltingugurt oksidi 41.2%, uglevodorodlar 21.9%,
qattiq moddalar 16.5%, azot oksidlari 9.1% tashkil etadi. Oltingugurt oksidining, azot oksidlari
va qattiq moddalarning manbalari hududiy qozonxonalar va issiqlik elektr stansiyalaridir.
Metallurgiya ishlab chiqaruvchi sanoat manbalaridan oltingugurt dioksidi, ftorli vodorod, gaz va
neft ishlab chiqaruvchi korxonalardan og‘ir metallar va chang chiqariladi. Kimyoviy ishlab
chiqaruvchi korxonalarda ammiyak, fenol, formaldegid chiqariladi. Shaharlaninig tog‘ oldi, tog‘
oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O‘zbekistonda atmosfera havosi
ifloslanish darajasining nisbatan yuqori bo‘lishiga olib kelgan. O‘zbekistonda atmosfera havosi
ayniqsa aholi, sanoat va transport yuqori darajada to‘plangan Toshkent va Farg‘ona iqtisodiy
rayonlarida kuchli ifloslangan. Atmosferaning ifloslanishi aholining salomatligi, o‘simliklarning
holati va hosildorligi binolar, metall konstruksiyalar, tarixiy obidalar va boshqalarga salbiy tasir
ko‘rsatadi.
Atmosfera havosining ifloslantiruvchi ustivor chiqindilar respublikada asosan uglerod
oksidi 50%, oltingugurt oksidlari 15%, uchuvchi uglevodorodlar 15%, azot okisidlari 9% va
qattiq aralashmalar 7% tashkil qiladi. Umuman olganda mintaqa asosiy ifloslantiruvchi
chiqindilar bo‘yicha o‘rtacha yillik ko‘rsatgichi xavfli ko‘rsatgichlardan pastroqdir.
Atmosfera havosining sifat ko‘rsatgichlari bo‘yicha respublikamiz shaharlarini,
mutaxasisslarning fikricha. uchta guruhga ajratish mumkin:
Atmosfera havosining ifloslanishi yuqori darajada bo‘lgan shaharlar, bularga bir qator
zaharli gazlarning eng yuqori konsentratsiyasi REM dan 2-5 martta ko‘p bo‘ladi. Bularga
Toshkent, sanoat shaharlari: Olmoliq (formaldegid bo‘yicha REM 6 martta, mis bo‘yicha 5
martta, qo‘rg‘oshin REM bo‘yicha 2 martta, margumish va ftor bo‘yicha REM 2-4 martta ko‘p),
Angren (chang va azot oksidlari REMdan 3 martta ko‘p), Oxangaron ( azot oksidlari bo‘yicha
REMdan 11 martta, qo‘rg‘oshin bo‘yicha REM 3 martta ko‘p), Chirchik (zaharli gazlar bo‘yicha


221
REMdan 6-10 martta, sement changi REM 6 martta, volfram birikmasi REM bo‘yicha 5 martta
ko‘p, kobalt birikmasi REM dan 3 martta ko‘p.), Bekobod( chang bo‘yicha REM dan 28 martta,
benzopiren REMdan 17 martta, vannadiy 5 oksidi REM dan 5 martta ko‘p), Guliston( mineral va
organik changlar bo‘yicha REM dan 5-20 martta ko‘p).
Atmosfera havosi o‘rtacha ifloslangan shaharlar guruhi, ularda zaharli gazlarning eng
yuqori miqdori REM dan 1-2 martta ko‘p bo‘ladi, lekin ayrim birikmalarning miqdori bu
ko‘rsatgichdan yuqori bo‘lishi mumkin. Bu guruhga Farg‘ona viloyatidagi sanoat shaharlari va
tog‘ oralig‘idagi boshqa shaharlar kiradi.

Download 2,9 Mb.
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish