birlamch i deb ataladi, ikkilamchi




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

birlamch
i deb ataladi,
ikkilamchi
deb esa –
37
Eyewitness Ecology. Written by STEVE POLLOCK. United States in 2005 by DK Publishing, Inc. 375 Hudson
Street, New York, NY 10014 ISBN-13: 978-0-7566-1387-7 (PLC), ISBN-13: 978-0-7566-1396-9 (ALB).


218
birlamchi aralashmalarni boshqa narsaga aylanishi natijasida hosil bo‘ladigan atmosferadagi
aralashmalar deb atash qabul qilingan. Aholi sog‘ligiga va atrof-muhitga salbiy ta’sir qiluvchi
aralashmalarga
havoni ifloslantiruvchi moddalar
deb atashadi.
Turli aralashmalar mavjudligi natijasida atmosfera tarkibining o‘zagirishi uning
ifloslanishi deb atash qabul qilingan. Havoning ifloslanishi tabiiy va antropogen bo‘ladi.
Atmosferani ifloslantiruvchi chiqindilar odatda ikki qismga bo‘linadi: gazsimon va qattiq
moddalar, bundan gazli moddalar butun chiqindilarni 90% ni, qattiq moddalar esa 10% ni tashkil
etadi.
Insoniyatga qolaversa barcha jonzotlarga hayot bag‘shlovchi atmosfera havosini hozir
asosan ikki manba: tabiiy va sun’iy yo‘llari bilan ifloslanadi. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi
tabiiy yo‘llariga vulqonlar otilishi, tog‘ jinslarining emirilishi. o‘rmonlarga o‘t ketishi va chang
tuzonlar, kosmik changlar va boshqa tabiiy ifloslanish manbalaridir.
Tabiiy manbalardan atmosferaga qo‘shilgan turli moddalar ma’lumotiga qaraganda, har
yili o‘rtacha 700 mln.t. dan 1.5 mlrd. t.gacha dengiz tuzlari, 700 mln.t.ga yaqin tuproq changi.
o‘rmonlar yonishi natijasida 360 mln.t.gacha turli aralashmalar atmosferaga qo‘shiladi. Ularning
jami o‘rtacha 2.3 mlrd.t. aerozolni (havoda muallaq turuvchi qattiq yoki suyuq zarrachalar)
tashkil qiladi.
Sun’iy ifloslanishlar asosan sanoat korxonalari, avtomobil, havo, temir yo‘l, suv
transportlari chiqindilari va ajratmalari, shuningdek turli xil yoqilg‘ilar ishlatish natijasida paydo
bo‘ladigan zararli moddalarning havo havzasiga tushishi oqibatida sodir bo‘ladi. Inson hayot
faoliyati bilan tabiatga ta’sir o‘tkazadi. Transport vositalarini kundan-kunga ko‘payib borishi, er
bag‘rini, tog‘u-toshlarni ag‘dar-to‘nkar qiladigan qudratli mexanizmlarni yaratilishi va ulardan
keng qo‘llamda foydalanishi sahovatli tabiatga, shu jumladan, atmosfera havosiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Ulkan sanoat korxonalarini katta-katta binolarni, uy
-
joylarni isitishda
tashko‘mirning salmog‘i ham baland. Hozir hayotimizning har xil jabhalarida toshko‘mir bilan
bir qatorda torf, neft mahsulotlari, gaz. atom quvvatlari ishlatiladi.
Atmosferaning kimyoviy. fizikaviy, akustik(shovqin), issiqlik, elektromagnit ifloslanshlar
shaharlar va sanoat rayonlarida yuqori darajaga etgan.
Atmosfera havosini xavfli ifloslanishlaridan biri radioaktiv ifloslanishlardir. Bu
ifloslanishning manbalari yadro qurollarining sinovlari, atom elektro stansiyalardagi falokatlar
hisoblaniladi. Radioaktiv moddalar rak va boshqa kasalliklarni ortishga sabab bo‘ladi. shu bilan
birga jonzotlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
80-yillarning oxirida Dunyo bo‘yicha yiliga taxminan 600x10
9
t. sanoat-maishiy
chiqindilar atmosferaga chiqarilgan.
Shahar va sanoat rayonlarida kishilar o‘rtasida asab yurak qon-tomir, surunkali branxit.
nafas qisilishi, o‘pka raki keng tarqalgan. bolalar kasalliklari ortishi kuzatiladi. Avtomobildan
chiquvchi qo‘rg‘oshin ayniqsa inson salomatligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Atmosfera havosining
zaharli gazlari o‘simlik va hayvonlarga zarar etkazmokda. Oltingugurt. ftorli vodorodli, xlorli,
qo‘rg‘oshinli moddalar o‘simlikning nobud bo‘lishiga, hosilining pasayishiga va fotosintezning
intensivligining pasayishiga olib keladi. Shu bilan birgalikda havodagi bu zaharli gazlar kislotali
yomg‘irlarga sabab bo‘lmokda. Ayrim hududlardagi havoning harakatsiz turib qolish inversiya
oqibatida kuzatiladikgan zaharli tuman – smoglar inson sog‘ligiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tuman-smoglar fotokimyoviy smoglarga aylanib, ya’ni transport va sanoat chiqindi gazlarining
quyosh nurlari ta’sirida reaksiyaga kirishib xavfli birikmalarni hosil qilishi tushuniladi. Jumladan
formaldegidning va boshqa moddalarni hosil bo‘lishi.
Tutunlar yorug‘likni to‘sib qolishiga sabab bo‘ladi. agar havoda 2 m
3
qurum bo‘lsa
kunduzgi yorug‘likni 90% kamaytiradi. Ilmiy manbalarda qayd qilinishicha quyosh
radiatsiyasining kuchi havoning ifloslanishi tufayli Parijda 26-30%, Berlinda 60% kamayishi
mumkin ekan. Havodagi chang zarrachalari ultrobinafsha nuralarini o‘zida tutib qolishi oqibatida
ularni erga tushishini kamaytiradi. Changli chiqindilar havoda turib qolishi

Download 2,9 Mb.
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish