O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

Konturli yerga ulash qurilmalari
ni maydon chegarasidan chiqishida qadamli kuchlanish
baland bo’lib qoladi. Uni kamaytirish maqsadida insonlar o’tadigan yo’llarida alohida metalli
shinalar o’rnatiladi. Natijada yer sathidagi potensiallarni taqsimlash qiyaligi hamda qadamli
kuchlanishi kamayadi.
Shunday qilib, konturli yerga ulash qurilmada yerga ulangan uskuna atrofidagi potensiali
balandroq, potensiallarni ayirmasi esa pastroq bo’lishi hisobiga tegib ketish kuchlanishni va
qadamli kuchlanishni havfsizligini ta’minlanadi. Yerga ulash qurilmalari-tabiiy va sun’iy
bo’lishi mumkin. Qurilishida va ishlab chiqarishda qo’llaniladigan elektr o’tkazuvchi qismlar:
metalli konstruksiyalar, armatura, truba qovurlari (yonuvchi va portlovchi gaz va suyuqliklardan
tashqari), kabellarni metallik izolyatsiya (alyumindan tashqari) va hakazo, tabiiy yerga ulash
qurilmalari deb ataladi. Yerga ulash qurilmalar qo’llanilishida birinchi navbatda, tabiiy
qurilmalardan foydalanishni tavsiya etiladi. Sun’iy yerga ulash qurilmalari-mahsus tayyorlangan
bo’lib, boshqa maqsadlarida qo’llanilmaydi. Ko’pincha ularga vertikal joylashgan elektrodlar va
ularni biriktiradigan gorizontal joylashgan elektrodlardan iborat bo’ladi. Vertikal elektrod
sifatida diametr 10 -14 mm. va uzunligi kamida 5 metrli po’latli o’zak qo’llaniladi va o`lchamlari
40x40 mm dan 60x60 gacha uzunligi esa 2,3 - 3 m. bo’lgan ugolniklar kamroq qo’llaniladi.
3.9 – rasm. Vertikal elektrodlarni transheyaga o’rnatish qurilmasi
Vertikal elektrodlarni odatda yer muzlaydigan qalinligidan 70-80 sm chuqurroq
o’rnatiladi.
Gorizontal elektrodlar va yerga o’tgazgich sifatida ko`ndalang kesim kamida 4x12 mm
bo`lgan tasmali po’lat yoki diametr 6 mm bo’lgan prutok qo’llaniladi.
Vaqtincha yerga ulash qurilmalari sifatida mahsus olib yuruvchi yerga ulash qurilmalari
qo’llaniladi. Ularni o’rnatish va yeg’ishtirishni onsonlashtirish maqsadida yerga burab
o’rnatiladigan elektrodlar va biriktirish uchun qo’llaniladigan mahsus qisqichlar mavjud.
Yerga o’tgazgichlar o’zaro va yer ulagichlar bilan biriktirilishi maqsadida payvandlanadi,
yerga ulanadigan uskunani qobig’i bilan esa, payvandlanadi yoki bolt yordamida biriktiriladi.
Magistralli yer o’tgazgichlar yer ulagichlar bilan ikki joyda biriktiriladi.


69

Download 2,9 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish