68
javob beradi. Yerga katta tok o’tib keladigan bo’lsa (bu holat zamonaviy
elektr uskunalarida
sodir bo’lishi mumkin), qobiqdagi yo’l qo’yilgan kuchlanishni yerga
nisbatan ulash qurilmani
qarshiligini pasaytirish hisobiga havfsizlikni taminlab bo’lmaydi. Bu
holatda konturli yerga ulash
qurilmalari qo’llaniladi. Konturli yerga ulash qurilmalarida yer
ulagichlar yerga ulanadigan
uskunalarni joylashgan maydonini perimetrda va maydoncha
ichkarisida setka shaklida
o’rnatiladi. Tok qobiqga o’tib ketish holatida yer ulagichlardan yoyilib ketayotgan tok hisobiga
maydonchani satxida yuqori potensial hosil bo’ladi, maydonchaga chatishgan yeriga nisbatan.
Potensiyalarni yoyilish grafigini olish uchun har bir ulagichni potensiallarni
alohida ustma-ust
qo’shib aniqlash mumkin. Shuni hisobiga uskunani qobig’i
va yer satxini potensiallari
tenglashadi va maydon ichida tegib ketish kuchlanishi arzimaydigan bo’lib qoladi.