• Dunyoqarash
  • Mifologik dunyoqarash
  • Diniy dunyoqarash
  • Dualizm
  • Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yhati




    Download 0,82 Mb.
    bet131/139
    Sana22.02.2024
    Hajmi0,82 Mb.
    #160902
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   139
    Bog'liq
    1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi-fayllar.org

    Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yhati:
    1. «Estetika» Erkin Umarov Toshkent O‘zbekiston nashiryoti 1995.
    2. «Estetika» Siddiqova.


    Glossariy - Izohli lug’at
    Falsafa - yunoncha “phileo” – “sevaman”, “Sophia” – “donolik” degan ma’noni anglatadi. Insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan biri. Olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo’qlik kabi ko’plab muammolar haqida bahs yuritadigan fan.
    Dunyoqarash - Inson o’zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, unga baho berishi, xulosa chiqarishi bo’lib, dunyoni inson ongidagi o’ziga xos in’ikosidir. Insonning o’ziga va uni qurshab turgan borliqqa bo’lgan munosabatlarini ifodalaydigan ko’nikmalari, malakalari, bilimlari hamda dunyoni amaliy va nazariy o’zlashtirish hamdir.
    Mif - yunoncha “mifhos” so’zidan olingan bo’lib, “afsona, rivoyat, xikoyat” kabi ma’nolarini anglatadi. Ibtidoiy davr kishilari ongi va tushunchasida inson, tabiat, jamiyat va koinotning paydo bo’lishi bilan bog’liq voqealar, shuningdek, tabiat va jamiyat hodisalarining aks etishidir.
    Mifologik dunyoqarash - Ijtimoiy taraqqiyotning boshlang’ich bosqichlariga xos bo’lib, dunyoni tushunishning oddiy usuli, xayoliy in’ikosidir.
    Din - arabcha “ishonch, ishonmoq” demakdir. Borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi, adolatning yuksak namunasi, moddiy olamga xos bo’lmagan va ayni vaqtda barkamollikning oliy ko’rinishi sifatida tushuniluvchi oliy mavjudotga, ya’ni Xudoga nisbatan munosabat, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuidir.
    Diniy dunyoqarash - Olamdagi voqea va hodisalar sabablarini ilohiy kuchlar, oldindan belgilangan maqsadlar bilan bog’lab tushunishdir.
    Monizm — (yunoncha “monos” ya’ni “yakka” ma’nosini anglatadi) olamning asosi yakayu-yagona sababga, bitta asosga ega deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limotdir.
    Dualizm — (lotin tilida “dua” ya’ni “ikki” degan ma’noni ifodalaydi) olamning asosida ikkita asos, ya’ni modda va materiya bilan birga ruh va g’oya, yotadi deyuvchi qarash.
    Plyuralizm — (lotin tilida “plyural” ya’ni “ko’plik” degan ma’noni anglatadi) olamning asosida ko’p narsa va g’oyalar yotadi deb e’tirof etadigan ta’limotdir.

    Download 0,82 Mb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   139




    Download 0,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yhati

    Download 0,82 Mb.