• Nominalizm
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi




    Download 0,82 Mb.
    bet133/139
    Sana22.02.2024
    Hajmi0,82 Mb.
    #160902
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   139
    Bog'liq
    1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi-fayllar.org

    Anxra Manyu - Zardushtiylikda yovuz kuchlar, zulmat va o’lim boshlig’i, Axuramazdaning dushmani, inson ruhiyatidagi salbiy hissiyotlarning timsoli. Olamning yagona hukmdori bo’lmish Vaqt bir-biriga zid ikki buyuk qudrat Axuramazda va Anxra Manyu ruhlarini vujudga keltiradi. Borliq ana shu kuchlar tomonidan navbatma-navbat boshqarilib turiladi.
    Axura Mazda - «Avesto» ta’limotida zulm va qabohat egallagan dunyoga, shu jumladan, umidsizlikka uchragan kishilar qalbiga yorug’lik, ezgulik nurini taratuvchi, kishilarni o’z kuchiga ishonchini mustahkamlashga, kelajak abadiy hayotga istagini kuchaytiradigan va unga yunaltiruvchi qudratli kuch sifatida madx qilinadi.
    Moniy - Moniy Ibn Fatak monizm ta’limotining asoschisi. Naqqosh va rassom. Markaziy Osiyo, Eron, Hindiston buylab safar qilib, zardushtiylik, buddaviylik, braxmanlik kabi turli diniy ta’limotlar bilan tanishadi. Dunyo, ziyo va zulmatning abadiy kurash maydoni, insonning vazifasi esa, yovuzlikni uzil-kesil yo’q kilish uchun ezgulikka ko’maklashishdir. Bu g’oya Moniy axloqiy ta’limotining asosini tashkil etadi.
    Mazdakiylik - diniy falsafiy ta’limot. Asoschisi Mazdak (470-529). Mazdak xalq ommasining zardushtiylik koxinlari va zodagonlariga qarshi kurashini boshqargan. Mazdak ta’limotiga binoan, olamda bo’ladigan jarayonlar ongli va biror maqsadni ko’zlab harakat qiluvchi ezgulik, yoruglik manbai bilan ko’r-ko’rona va tasodifiy harakatlanuvchi korong’ilik manbai o’rtasidagi kurashdan iborat. Bu kurash «yaxshilik»ning «yomonlik» ustidan mukarrar galabasi bilan tugallanadi.
    Fiqh” - musulmon qonunshunosligi.
    Tajvid” - Qur’on oyatlarini yoddan to’g’ri o’qish qoidalari.
    Sohibqiron” - ikki sayyora: Zuhal va Mushtariylarning yaqinlashuv (qiron) jarayoni egasi. Aynan shu qiron jarayonida dunyoga kelgan farzandlargina bunday yuksak nomga sazovor bo’lgan.
    Nominalizm - lotincha nomina - ism, nom ma’nosini anglatadi. Sxolastik falsafa. Nominalistlar fikricha, universaliylar haqiqatda emas, balki fakat tafakkurda mavjud. O’rta asrlarda nominalizm sxolastikaning realizm bilan munozarasi natijasida kelib chikkan edi. Lekin nominalizmning asosiy tezisi qadimgi yunon faylasuflari Antisfen va Stoiklar tomonidan ilgari surilgan bo’lib, ular Platon g’oyalarini tanqid qilgan edilar. Rosselin tomonidan asoslanganidan keyin mustakil okimga aylandi. U faqat yakka narsalargina real mavjud, universaliylar esa narsalarning nomi, deb ta’kidlagan.

    Download 0,82 Mb.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   139




    Download 0,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi

    Download 0,82 Mb.