Genlarning birikkan holda nasldan – naslga o’tishida gametalar hosil qilish.
Faraz qilaylik, meva pashshasi bitta xromosomaga joylashgan bir juft genlar bo’yicha (M va N) geterozigota. Meyoz jarayonida gomologik xromosomalar hujayraning qarama-qarshi qutublariga tarqalib, gametalardan bittasiga M va N genlar, ikkinchisiga mn genlar o’tadi. Binobarin, genlarning mustaqil kombinatsiyalanishdagidyek to’rtta emas, balki baravar miqdorda ikki tipdagi gametalar hosil bo’ladi. Demak, MN genlar o’zaro to’liq birikkan holda nasldan – naslga o’tar ekan.
G enotip:
G ametalar:
Endi biz urg’ochi pashsha gameta hosil qilishi bilan tanishib chiqamiz. Ma’lumki, urg’ochi pashshada meyozning profazasida gomologik xromosomalar o’zaro kon’yugatsiyasi tufayli genlar o’rin almashadilar. Agarda krossingovyer xromosomaning M N genlar joylashgan qismidan chyetroqda sodir bo’lsa, u holda urg’ochi pashshada ham ikki tipdagi gameta hosil bo’ladi. Bunday gametalarni krossingovyerga duchor bo’lmagan, ya’ni nokrossovyer gametalar deyiladi. Bordiyu, krossingovyer gomologik xromosomalarning aynan M N genlar joylashgan qismida sodir bo’lsa, u holda bitta gametaga M va m geni ikkinchisiga esa N va n genlari o’tadi. Bunday gametalar krossingovyer oqibatida hosil bo’lgan gametalar, ya’ni krossovyer gametalar deyiladi. Odatda nokrossovyer gametalar krossovyer gametalarga nisbatan ko’p miqdorda hosil bo’ladi.
S hunday qilib, bir xromosomada joylashgan ikkita birikkan genlar bo’yicha geterozigota organizm normal (nokrossovyer) gametalar qatori krossovyer gametalar ham hosil qiladi. Masalan, genotiplik organizm MN va mn normal – (nokrossovyer) gametalar qatori Mn va mN krossovyer gametalar hosil qilishi mumkin.
1. Kon’yugatsiya va krossingovyer sodir bo’lmagan holatdagi (yoki krossingovyer M va N genlar joylashgan lokuslardan chyetroqdan o’tganda) gametalar hosil bo’lishi:
Genotip:
2 . Kon’yugatsiya va krossingovyer sodir bo’lgan paytda gametalar hosil bo’lishi:
Genotip:
Mustaqil yechish uchun masalalar.
1. Masala. No’xat o’simligi tana hujayralarida 7 juft xromosoma, drozofilada – 4 juft, tovuqlarda – 39 juft, sigirlarda 30 juft, odamda 23 juft xromosoma joylashgan.
Ushbu organizmlar uchun qancha birikish guruhi hos?
2. Masala. Faraz qilaylik meva pashshasida D va E genlar har xil gomologik xromosomalar juftida, M va N genlar esa bir juft gomologik xromosomalar juftida joylashgan.
a) va genotiplik erkak pashsha necha xil tipdagi
gametalar hosil qilishi mumkinligini aniqlang.
|