• Allel genlarning o’zaro ta’sir xillari. Chala dominantlikka doir masalalar va ularni yechish metodikasi.
  • O`zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi хоrаzm VIL




    Download 0.75 Mb.
    bet3/12
    Sana31.12.2019
    Hajmi0.75 Mb.
    #7105
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

    1. P ♀ aaBB dd x ♂ AAbb DD

    Gametalar: (aB d) (A b D),

    F1: AaBbDd

    Fenotip: Baland poyalik, yashil dukkaklik, sariq donlik.

    Genotip: Trigeterozigota.


    2. P ♀ A a B b D d x ♂ A a B b D d

    Gametalar: 8 – tip 8 – tip





    ABD

    ABd

    AbD

    Abd

    aBD

    aBd

    abD

    abd

    ABD

    AABBDD

    AABBDd

    AABbDD

    AABbDd

    AaBBDD

    AaBBDd

    AaBbDD

    AaBbDd

    ABd

    AABBDd

    AABBdd

    AABbDd

    AABbdd

    AaBBDd

    AaBBdd

    AaBbDd

    AaBbdd

    AbD

    AABbDD

    AABbDd

    AAbbDD

    AAbbDd

    AaBbDD

    AaBbDd

    AaBbDD

    AabbDd

    Abd

    AABBDd

    AABbdd

    AAbbDd

    AAbbdd

    AaBbDd

    AaBbdd

    AabbDd

    Aabbdd

    aBD

    AaBBDD

    AaBBDD

    AaBbDD

    AaBbDd

    aaBBDD

    aaBbDd

    aaBbDD

    aaBbDd

    aBd

    AaBBDd

    AaBBdd

    AaBbDd

    AaBbdd

    aaBBdd

    aaBBdd

    aaBbDd

    aaBbDd

    abD

    AaBbDD

    AaBbDd

    AabbDD

    AabbDd

    aaBbDd

    aaBbDd

    aabbDD

    aabbDd

    abd

    AaBbDd

    AaBBdd

    AabbDd

    AabbDd

    aaBbdd

    aaBbdd

    aabbDd

    aabbdd

    Pennet panjarasi yordamida genotiplar bo’yicha bir hil fenotipli individlarni hisoblab chiqsak, 8 ta turli klassdagi fenotiplik individlar hosil bo’lganligini ko’ramiz:

    F2 : 27 ta baland poyali, yashil dukkakli, sariq donli.

    9 ta baland poyali, yashil dukkakli, burushgan donli.

    9 ta past poyali, yashil dukkakli, silliq donli.

    9 ta baland poyali, sariq dukkakli, silliq donli.

    3 ta past poyali, silliq dukkakli, silliq donli.

    3 ta baland poyali, sariq dukkakli, burushgan donli.

    3 ta past poyali, yashil dukkakli, burushgan donli.

    1 ta past poyali, sariq dukkakli, burushgan donli no’xat hosil bo’ladi.

    Ushbu masalani (3+1)n formula yordamida ikkinchi usulda ham yechish mumkin; Fenotipik klasslarning miqdoriy nisbatini (3+1) n formulasi yordamida topamiz:

    ( 3 + 1 ) n = 27 : 9 : 9 : 9 : 3 : 3 : 3 : 1 ;


    Mustaqil yechish uchun masalalar.
    1. Masala. Mallarang, silliq sochli, ko’k ko’zli ayol, qora va jingalak sochli, qora ko’zli yigit (har uchala belgisi bo’yicha geterozigota) bilan turmush qurgan. Ushbu nikohdan sariq silliq sochli, ko’k ko’z farzand tug’ilgan. Ota – ona va farzandlarning genotipini aniqlang.

    2. Masala. No’xatning gomozigota sariq va silliq donli, baland poyalik navi, yashil va burushgan mevali past poyalik navi bilan chatishtirilgan. Birinchi avlod duragaylarining fenotipi va genotipi qanday bo’ladi?

    3. Masala. Xushbo’y no’xatning quyidagi genotipga ega individlari o’zaro chatishtirishdan hosil bo’lgan no’xatlar fenotipini aniqlang:

    a) BbDdSs x bbddss;

    b) BbDdSS x bbDDSs;

    v) BBDDSs x BbDdSs;

    g) BBddSS x bbDdSs;

    ye) bbddss x BbddSs.

    4. Masala. Pomidorning geterozigota sharsimon qizil mevalik, baland poyalik navi bilan,noksimon sariq mevalik, past poyalik navi chatishtirilgan. Ushbu chatishtirish natijasida olingan duragaylarning fenotip va genotiplarini aniqlang.

    5. Masala. G’o’zaning normal bo’ylik, cheklangan shoxlanuvchan, oq tolalik navi, past bo’ylik cheklanmagan shoxlanuvchan, qo’ng’ir tolalik navi bilan chatishtirishdan olingan birinchi avlod duragaylarining fenotip bo’yicha belgilarning ajralish nisbatini aniqlang.

    6. Masala. Odamlarda polidaktiliya, yaqindan ko’rishlik va kichik oziq tishlarining bo’lmaligi aytosom-dominant tipda nasldan-naslga o’tadi.

    Har uchala kasallik belgisi bo’yicha geterozigota (trigeterozigota) ota-onadan sog’lom farzand tug’ilish ehtimoli qanday?


    VI. Bo’lim. Genlarning o’zaro ta’siriga oid masalalar va ularni yechish metodikasi

    Mendel qonunlariga binoan organizmning har qaysi belgisi faqat bitta gen orqali nasldan-naslga beriladi. Lekin ayrim organizmlarda bitta belgi ikki va undan ortiq genlarning o’zaro ta’siri natijasida va aksincha bir necha belgilar bitta gen ishtirokida yuzaga chiqishi aniqlandi.

    Genlarning o’zaro ta’sirini allel va noallel genlarning o’zaro ta’siriga ajratib, quyidagi sxema ko’rinishida ifodalash mumkin:



    1. Sxema. Genlarning o’zaro ta’sir xillari.



    I. Allel genlarining o’zaro ta’siri xillari:

    II. Noallel genlarining o’zaro ta’siri xillari:

    1. To’liq dominantlik.

    2. Chala dominantlik.

    3. O’ta dominantlik.

    4. Kodominantlik.

    5. Jins bilan bog’liq dominantlik.

    1. Komplementarlik.

    2. Epistaz.

    3. Polimeriya.

    4. Pleyotropiya.


    Allel genlarning o’zaro ta’sir xillari.

    Chala dominantlikka doir masalalar va ularni yechish metodikasi.
    Chala dominantlikda geterozigota (Aa) individlarda dominant gen (A) retsessiv gen (a)

    ustidan to’liq dominantlik qila olmaydi. Natijada ota – onalarga nisbatan avlodlarda oraliq belgilari paydo bo’ladi.

    Chala dominantlikga doir masalalar yechishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:

    1) Geterozigota organizm (Aa) dominant genga ega bo’lsada, gomozigota dominant belgilik organizmdan (AA) dominant belgining sust rivojlanganligi bilan fenotip jihatdan ajralib turadi;

    2) Duragaylarning ikkinchi avlodida ikkita emas balki, uchta fenotipik klass: to’liq dominant belgilik, oraliq dominant belgilik, retsessiv belgilik individlar paydo bo’ladi;

    3) Duragaylarning ikkinchi avlodida fenotipik klasslar bo’yicha miqdoriy ajralish nisbati genotipik klasslar ajralish nisbatiga monand bo’ladi, ya’ni:


    Fenotip bo’yicha ajralish nisbati:

    1 ta gomozigota dominant belgilik

    2 ta oraliq belgilik

    1 ta retsessiv belgilik

    Genotip bo’yicha ajralish nisbati:

    1 ta gomozigota dominant belgilik

    2 ta gomozigota:

    1 ta gomozigota retsessiv belgilik

    Qo’ylarda chala dominantlik qiluvchi belgilarni nasldan – naslga o’tishini quloq suprasini rivojlanishi misolida tanishib chiqamiz.

    Masala. Berilgan. Qo’ylarda quloq suprasining normal o’lchamlik bo’lishi, quloq suprasining bo’lmasligi ustidan chala dominantlik qiladi. Geterozigota individlarda (Aa) quloq suprasi kalta (oraliq holda) bo’ladi. Faraz qilaylik, kalta quloq supralik qo’y, huddi shunday qo’chqor bilan chatishtirilgan. Masala shirtiga binoan «belgi – gen» jadvalini tuzib, masalani yechamiz:

    Yechilishi:


    Belgi

    Gen

    Genotip

    Uzun quloq

    quloq suprasizlik

    Kalta quloq


    A

    a

    -



    AA

    aa

    Ā a



    P ♀ Ā a x ♂ Ā a

    Gametalar: (Ā), (a) (Ā), (a)

    F1 A A, Ā a, Ā a, aa



    Fenotip: 1 ta (25 foiz) uzun quloqlik

    2 ta (50 foiz) kalta quloqlik

    1 ta (25 foiz) quloq suprasiz

    Genotip: 1 ta (25 foiz) gomozigota dominant belgilik

    2 ta (50 foiz) geterozigota oraliq belgilik

    1 ta (25 foiz) gomozigota resessiv belgilik

    Chala dominantlikni ifodalash uchun geterozigota organizm genotipidagi dominant gen

    ustiga chiziq tortiladi: A a
    Mustaqil yechish uchun masalalar.
    1. Masala. Talassemiya (kamqonlikning bir turi) chala dominantlik tarzida muayyan juft autosoma orqali nasldan – naslga o’tadi. Gomozigotalarda kasallik 90-95 foiz hollarda o’lim bilan tugaydi. Geterozigotalarda kasallik yengil shaklda kechadi. Agar, ota – onalarda kasallikning yengil shakli bo’lsa, bolalarning sog’lom tug’ilish ehtimoli qanday bo’ladi?

    2. Masala. Oilaviy giperxolesterenimiya autosoma orqali dominant usulda nasldan – naslga o’tadi. Geterozigota holatida kasallik qonda xolesterin miqdorining ko’payishi bilan harakterlanadi. Gomozigota holatida esa undan tashqari ksantoma va ateroskleroz ham kuzatiladi. Har ikkala ota-onada xolesterin yuqori miqdorda bo’lganda bolalarda giperxolesterenemiyaning rivojlanish darajasi ehtimolligini aniqlang.

    3. Masala. Ipak qurtida nurlar ta’sirida urug’ rangi bo’yicha chala dominant och jigarrang tusli mutatsiya olindi. Och jigarrang tuxum qo’yuvchi ikkita kapalak o’zaro chatishtirildi. Avlodlar qanday rang urug’ qo’yadi?

    4. Masala. Fermada faqat bir xil rangdagi zangori patli tovuqlargina bo’lishi uchun qaysi rangdagi tovuqlarni o’zaro chatishtirish lozim? Agarda pati zangori bo’lgan tovuqlarni oq xo’rozlar bilan chatishtirilsa qanday nasl olish mumkin? Chatishtirish natijalarini sitologik tomondan asoslab bering.

    5. Masala. Zangori tovuqlarni qora xo’rozlar bilan chatishtirilib fenotip va genotip bo’yicha birinchi va ikkinchi avlodlarda qanday duragay olish mumkin?

    6. Masala. Leykotsitlar yadrosi sigmentlanishining Pol’gar anomaliyasi autosoma orqali chala dominant belgi sifatida nasldan – naslga o’tadi. Gomozigota holatda yadro sigmentatsiyasi kuzatilmaydi. Geterozigota holatda esa sigmentatsiya buzilishi kuzatiladi. Ota – onalardan birida sigmentatsiya buzilgan bo’lib, ikkinchisida normal holatda bo’lsa, bolalardagi sigmentlanish xarakterini aniqlang.

    7. Masala. Kalta quloqli qo’ylar va zangori tovuqlarning toza zotlisini olish mumkinmi? Sitologik jihatdan asoslab bering, ikkala belgi ham chala dominantlik bilan yuzaga chiqadi.

    8. Masala. Kalta quloqli sog’lik kalta quloqli qo’chqor bilan chatishtirildi. Ota – onalarning genotiplari qanday? Duragaylarning birinchi avlodida ajralish sodir bo’ladimi?

    9. Masala. Qizil mevali o’rmon qulupnayi oq mevalisi bilan chatishtirildi. Fenotip va genotip bo’yicha birinchi va ikkinchi avlodlar qanday bo’ladi?

    10. Masala. Hashoratlar kelib turgan gulzorda qizil va oq gulli itogiz o’sadi. Ulardan urug’ yig’ib olindi. Shu urug’dan kelgusi yili qaysi rangdagi gul unib chiqadi?

    11. Masala. Nomozshom gulning qizil gulli navi oq gullisi bilan chatishtirilib, pushti rang gullar olindi. Takroriy chatishtirishdan qanday rangdagi gullar olish mumkin?

    12. Masala. Antotsian rangli g’o’za navi odatdagi yashil tusli g’o’za navi bilan chatishtirilib, birinchi avlodda o’rtacha (oraliq) tusga ega bo’lgan duragaylar olindi. Ikkinchi avlodda esa uch xil fenotipik klassga ajralish sodir bo’lgan: a) to’q rangli; b) o’rtacha rangli; v) yashil rangli. Fenotipik klasslar nisbati 1:2:1 ga yaqin bo’lgan. Bu belgi naslga qanday berilganini izohlab bering.

    ODAMLARDA QON GURUHLARINING NASLDAN – NASLGA O’TISHI VA KODAMINANTLIK.
    Kodaminantlikda geterozigota organizmlarda har ikkala dominant gen o’z ta’sirini to’la nomoyon qiladi, natijada har ikkala allelga hos belgilar fenotipda namoyon bo’ladi. Har bir allel ishtirokida alohida-alohida oqsil molekulasi sintez qilingani uchun geterozigota organizmda har ikkala allelning ham oqsilini uchratish mumkin: Odamlarda to’rtinchi qon guruxi kodominantlik tarzida yuzaga chiqadi (ko’p allellikga qaralsin). Genlarning ushbu o’zaro ta’sir hili birinchi navbatda qon guruxlarini shakllantiruvchi oqsil strukturalarini va antigenlari nasldan – naslga berilishiga taalluqlidir. Masalan, yirik qoramollarda bir necha hil gemoglobin uchraydi. Ko’pincha A-tipdagi (Hb-A), B-tipdagi (Hb-B) gemoglobin uchraydi. Gemoglobin A-mavjudligi Hb-A alyel tufayli, gemoglobin B esa Hb-B tufaylidir. Gomozigotalar (Hb-A Hb-A) eritrotsitida faqat gemoglobin A, gomozigota (Hb-B Hb-B) eritrotsitida gemoglobin B bo’ladi. Geterozigotalarda har ikkala gemoglobin bo’ladi. Geterozigotalarda har ikkala gemoglobin bo’ladi.

    1. Masala. Faraz qilaylik, ho’kiz ham, sigir ham geterozigota. Duragaylarning birinchi avlodida ajralish nisbatini aniqlang.



    Belgi

    Gen

    Genotip


    Gemoglobin A

    Α


    (Hb )

    A

    Hv


    Α A

    Hv Hv



    Α


    Hb

    Α Α


    Hb Hb





    Gemoglobin B

    B


    (Hb )

    B

    Hb



    B B

    Hb Hb


    Gemoglobin A va B

    Α B


    (Hb Hb )



    Α B

    Hb Hb


    A B A B

    P ♀ Hb Hb x ♂ Hb Hb

    A B A B

    A B A B



    Gametalar: (Hb ) (Hb ) (Hb )~ (Hb )~
    F1 Α A Α B Α B Α B

    Hb Hb, Hb Hb, Hb Hb, Hb Hb



    Fenotip: 1 ta gemoglobin A, : 2 ta gemoglobin A va B, : 1 ta

    gemoglobin B.



    Genotip: 1 ta gomozigota : 2 ta geterozigota : 1 ta gomozigota.
    Odamlarda to’rt xil qon guruhi bitta genning uchta alleli IA, IB, IO, ishtirokida yuzaga chiqadi. Allel I (I) retsessiv bo’lib, unga nisbatan IA (II) guruh va IB (III) guruh allellari dominant hisoblanadi. IA va IB allellar birgalikda IV guruh qonni belgilaydilar, ya’ni ushbu genlarning ta’siri kodominantlik sifatida namoyon bo’ladi. Qon guruhlarining nasldan – naslga o’tishi 2-jadvalda ko’rsatilgan.

    2-jadval. AVO sistemasi bo’yicha qon guruhlarining nasldan – naslga o’tishi.



    Qon guruhlari

    Eritrotsitlarda maxsus oqsillarning sintez qilinishini belgilovchi genlar

    Turli xil nikohdan hosil bo’lishi mumkin bo’lgan genotiplar

    I (O)

    IO

    IOIO

    II (A)

    IA

    IAIA, IAIO

    III (B)

    IB

    IBIB, IBIO

    IV (AB)

    IA, IB

    IAIB

    Masala. Berilgan. Faraz qilaylik, II (A) qon guruxlik ayol, III (V) qon guruxlik yigit bilan turmush qurishgan. Ushbu nikohdan tug’ilgan farzandlarning qon guruhlarini aniqlang.

    Yechilishi. Masala shartiga binoan chatishtirish sxemasini tuzamiz:
    P ♀ IA IA x ♂ IB IB

    Gametalar: (IA) (IB)~

    F1 IA IB

    Fenotip: IV (AB) qon guruhlik.


    Demak, IA alleli mustaqil tarzda II (A) qon guruhini, I (0) III (B) qon guruhini hosil qilgan holda, geterozigota holatda har ikkala allelning kodominanligi tufayli IV (B) qon guruhi yuzaga chiqadi.




    Download 0.75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi хоrаzm VIL

    Download 0.75 Mb.