O`zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi хоrаzm VIL




Download 0.75 Mb.
bet2/12
Sana31.12.2019
Hajmi0.75 Mb.
#7105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

P ♀ A a D d ♂ A a D d



AD

Ad

aD

ad

A D

AADD

AADd

AaDD

AaDd

Ad

AADd

AAdd

AaDd

Aadd

a D

AaDD

AaDd

aaDD

aaDd

ad

AaDd

Aadd

aaDd

aadd

F2 : 9 : 3 : 3 : 1

Fenotip: 9 ta qora sochlik, sepkillik

3 ta qora sochlik, sepkilsiz

3 ta malla sochlik, sepkillik

1 ta malla sochlik, sepkilsiz

Demak, ota – onalarning genotipi har ikkalasiniki ham digeterozigota ekan.
Mustaqil yechish uchun masalalar.
1. Masala. Erta pishar normal bo’yli suli, kech pishar baland bo’ylik navi bilan chatishtirildi:

a) duragaylarning birinchi avlodi fenotip va genotip jihatidan qanday bo’lishini aniqlang;

v) duragaylarni o’zaro chatishtirishdan hosil bo’ladigan avlod fenotip va genotipi qanday bo’ladi, ularning son jixatdan nisbati qanday?

2. Masala. Qoramtir jingalak sochli, faqat birinchi belgisi bo’yicha geterozigota genotipli ayol, qoramtir, silliq sochli, lekin birinchi belgisi bo’yicha geterozigota yigit bilan turmush qurgan. Ushbu oilada tug’iladigan farzandlarning fenotipi va genotiplarini aniqlang.

3. Masala. Qizil ko’zli, havorang drozofila to’q qizil ko’zli, qora meva pashshasi bilan chatishtirilganda qizil ko’zli qora tanali pashshalar paydo bo’lishi mumkinmi?

4. Masala. Har ikkala belgisi bo’yicha geterozigota, kulrang, uzun qanotli urg’ochi pashsha, qora rangli, kalta qanotli erkak drozofila bilan chatishtirilgan. Ushbu chatishtirish natijasida paydo bo’ladigan naslning fenotipi va genotipi qanday bo’ladi?

5. Masala. Har ikkala belgisi bo’yicha geterozigota, normal ko’zli va 6 barmoqli erkak (lekin yoshligida ortiqcha barmog’i olib tashlangan) ko’k ko’zli, normal barmoqli ayolga uylangan. Ushbu nikohdan ko’k ko’zli va olti barmoqli bola tug’ilishi mumkinmi?

6. Masala. Onasi ham, otasi ham jingalak qora sochli. Oilada malla silliq sochli bola tug’ildi. Ota – ona va bolaning genotipini aniqlang.

7. Masala. Paxmoq junli oq quyon bilan paxmoq junli qora quyon chatishtirilganda bitta oq silliq junli quyon olindi. Masalada berilgan ma’lumotlarga ko’ra ota – onasining genotipini aniqlash mumkinmi?

8. Masala. Har ikkala belgisi bo’yicha gomozigota paxmoq junli, qora erkak quyon, silliq junli oq quyon bilan chatishtirildi. Birinchi avlod duragaylarining fenotipi va genotipi qanday?

9. Masala. Silliq, oq mevali shaftoli navi, tukdor, sariq mevali, har ikkala belgisi bo’yicha geterozigota shaftoli bilan chatishtirildi. Birinchi va ikkinchi avlodlar genotipini aniqlang.

10. Masala. Pomidor mevasining qizil rangi, sariq rangi, silliq shakli, notekis shakli ustidan dominantlik qiladi. Ushbu belgilarni hosil qiluvchi genlar har xil gomologik xromosomalar juftida joylashgan.

A. Geterozigota qizil silliq mevali pomidor, sariq notekis mevalisi bilan chatishtirilgan. Birinchi va ikkinchi avlod duragaylarining fenotipini aniqlang.

B. Xo’jalikda yig’ilgan 36 t. qizil silliq mevalik, 12 t. qizil notekis mevalik, pomidorlpr tashkil qiladi. Agarda yuqorida ko’rsatilgan hosil har ikkala belgisi bo’yicha geterozigota (digeterozigota) pomidorlar chatishtirishdan yig’ilgan bo’lsa, hosilning qolgan nechta tonnasini sariq notekis pomidorlar tashkil etadi.

11. Masala. Ipak qurtining o’zaro ikki juft belgisi bilan farq qiluvchi navlari chatishtirilgan. Birinchi zot sariq pilla o’rovchi sidirg’a rangli lichinka hosil qiladi. Ikkinchi zot esa oq ranglik pilla o’rovchi targil lichinka hosil qiladi. Birinchi avlod duragaylarining (lichinkalarining) barchasi targil sariq pilla o’rovchi bo’ladi. F2 da belgilarning quyidagi nisbatda ajralishi kuzatilgan: 2147 ta oq pilla o’rovchi targil lichinkalar, 2099 – sariq pilla o’rovchi sidirg’a lichinkalar va 691 – oq pilla o’rovchi sidirg’a rangli lichinkalar. Ota – ona, birinchi va ikkinchi avlod duragaylarining genotipini aniqlang.

12. Masala. Qoramollarda qora junlik malla junlik ustidan, boshning oq rangda bo’lishi sidirg’a rangda bo’lishi ustidan dominantlik qiladi. Geterozigota sidirg’a junlik boshi sidirg’a ranglik xo’kiz malla junlik boshi oq ranglik sigir bilan chatishtirilgan. Ushbu chatishtirish natijasida paydo bo’ladigan naslning fenotipi va genotipi qanday?

13. Masala. Tovushni yaxshi eshitadigan silliq sochlik, ikkinchisi to’lqinsimon sochli ota – onadan kar silliq sochlik farzand tug’ilgan. Ushbu nikohdan tug’ilgan ikkinchi farzand yaxshi eshitadigan va to’lqinsimon sochlik.

Ushbu oilada kelgusida kar to’lqinsimon sochlik bolalar tug’ilish ehtimoli qanday?



Izoh. Ma’lumki, karlik – retsessiv belgi, to’lqinsimon sochlik – dominant belgi.

14. Masala. Odamlarda genetik nuqtai nazardan ikki xil kar – soqovlik uchraydi:

I. Autosom – retsessiv tipda nasldan – naslga o’tuvchi;

II. Autosom – dominant tipda nasldan – naslga o’tuvchi;

A) Birinchi xil kar – soqovlik bo’yicha geterozigota kar – soqov ota – onadan kasal bola tug’ilish ehtimoli qanday?

B) Birinchi xil kar – soqovlik bo’yicha gomozigota, ikkinchi xil kar – soqovlik geni bo’yicha geterozigota ota – onadan kar – soqov farzand tug’ilishi ehtimoli qanday?

15. Masala. Odamlarda katarakta kasalligining genetik nuktai nazardan ikki turi uchraydi:

I. Autosom – dominant tarzda nasldan – naslga o’tuvchi.

II. Autosom – retsessiv tipda nasldan – naslga o’tuvchi.

Birinchi xil (autosom – dominant) katarakta bo’yicha geterozigota, ikkinchi xil (autosom – retsessiv) katarakta bo’yicha kasal ota – onadan kasal bola tug’ilish ehtimoli qanday?

Turli xil kombinatsiyadagi monoduragay chatishtirishdan hosil bo’ladigan birinchi avlod duragaylarida belgilarning ajralish nisbati 1 jadvalda ko’rsatilgan.
- jadval. Turli xil monoduragay chatishtirishda, belgining

to’la dominatlik holatida avlodlar fenotip va genotiplarining nisbati





T/r

Chatishtirilayotgan organizm genotipi

Avlodlarning genotipi

Avlodlar fenotipining nisbati

1.

AA x AA

AA

100 foiz bir hil

2.

AA x aa

Aa

100 foiz bir hil

3.

AA x Aa

1AA : 1Aa

100 foiz bir hil

4.

aa x aa

aa

100 foiz bir hil

5.

Aa x Aa

1AA : 2Aa : 1aa

3 : 1

6.

Aa x aa

1Aa : 1aa

1 : 1

V. Bo’lim. Poliduragay chatishtirishga oid masalalar va ularni yechish metodikasi


Poliduragay chatishtirish deb, bir qancha alternativ belgilari bilan farq qiluvchi organizmlarni chatishtirishga aytiladi.

Poliduragay chatishtirishga oid masalalar yechish metodikasi bilan triduragay chatishtirish misolida tanishib chiqamiz.



Triduragay chatishtirish deb, uch juft alternativ belgisi bilan farq qiluvchi ota – ona formalarini chatishtirishga aytiladi.

1. Masala. Berilgan. Gomozigota past poyalik, yashil, burushgan donli xushbo’y no’xat, gomozigota baland poyalik, sariq silliq donli no’xat bilan chatishtirilgan. Birinchi va ikkinchi avlod duragaylarning fenotipini aniqlang.


Yechilishi:


Belgi

Gen

Baland poyalik

Past poyalik

Yashil dukkaklik

Sariq dukkaklik

Silliq donlik

Burushgan donlik



A

a

B



b

D

d




Download 0.75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi хоrаzm VIL

Download 0.75 Mb.