Forobiy taklif qilgan fanlar tasnifi (IX asr)
-
Til haqidagi fan
|
|
Matematika
|
|
SHahar haqidagi fan (ijtimoiy fan)
|
-
Mantiq
|
|
Tabiiyot (ilohiyot)
|
Forobiyning izdoshi Ibn Sino (980-1037) o‘zi taklif qilgan fanlar tasnifida nazariy va amaliy fanlarning aloqasiga o‘ziga xos tarzda yondashdi, nazariy fanlarda birlamchi fanlarni, ya’ni oliy fan – metafizikaga bo‘ysunuvchi “sof” fanlarni ajratdi. Metafizika esa, o‘z navbatida, “universal” va “ilohiy”ga ajraladi. Agar universal metafizika tabiiy fanlarning asoslarini o‘rgansa, ilohiy metafizika emanatsiya, ya’ni amaliy fanlarga o‘tish vazifasini bajaradi.
Ibn Sino taklif qilgan fanlar tasnifi (XI asr)
-
-
Nazariy bilim
|
|
Amaliy bilim
|
Fizika
|
|
Matema-tika
|
|
Teologiya (metafi-zika)
|
|
Axloq
|
|
Iqtiso-diyot
|
|
Siyosat
|
Yevropada YAngi davr boshlanishi bilan fanlarni tasniflashga bo‘lgan urinish kuchayib ketdi. Bu davrda yashagan allomalardan biri F.Bekon fanlarni uch guruhga ajratadi:
Faktlarni qayd etuvchi tarix (tabiiy va fuqarolik tarixi);
Nazariy fanlar yoki falsafa;
Poeziya, adabiyot, san’at220.
Bu davrda R.Bekon ham fanlarni tasniflashga urinib, ularni to‘rt sinfga ajratadi:
1. Grammatika va mantiq;
2. Matematika;
3. Naturfalsafa, metafizika;
4. Etika.
R.Bekon matematikani tabiat to‘g‘risidagi asosiy fan sifatida ko‘rsatadi221.
XIX asrda pozitivizmning asoschisi O.Kont fanlarni tasniflashda birmuncha boshqacharoq yondashadi. Uning tasnifi quyidagicha edi:
Sotsiologiya
Biologiya
Ximiya
Fizika
Matematika
O.Kont fanlarni tasniflashda quyidagi tamoyillarga asoslandi:
- oddiy va umumiy hodisalardan murakkab va hususiy hodisalarga tomon.
- materiyaning haraktlanish shakllari murakkabligiga qarab;
- fanlarning tarixiy taraqqiyotiga ko‘ra.
Fanlar tasnifiga bunday yondashuv shuni ifodalaydiki, matematika butun borliqdagi narsa va jarayonlarga aloqador abstrakt va aniq miqdoriy xususiyatlarni o‘rgansa, fizika matematikadan ko‘ra xususiyroq, ammo murakkab bo‘lgan tabiat qonunlarini o‘rganadi. Ximiya esa yanada aniqroq va murakkab bo‘lgan kimyoviy jarayonlarni, biologiya organik jarayonlardagi qonuniyatlarni o‘rganadi. O.Kont sotsiologiyani eng murakkab fan sifatida e’tirof etib, bu fan hayotning biologik shaklini o‘rganuvchi biologiyadan farqli ravishda murakkabroq bo‘lgan hayotning ijtimoiy shakllarini o‘rganishini ta’kidlydi.
XX asrda rus olimi Kedrov tomonidan amalga oshirilgan fanlar klassifikatsiyasi ham diqqatga sazovor. Bu tasnifga ko‘ra fanlar:
Tabiat to‘g‘risidagi – tabiiy fanlar;
Jamiyat to‘g‘risidagi – ijtimoiy fanlar;
Tafakkur to‘g‘risidagi – falsafiy fanlarga ajratildi.
Umuman olganda, fanning birinchi boshlang‘ich “bo‘linishi” uning tuzilmasidan fundamental va amaliy fanlarning ajralib chiqishidir. Zero, hozirda bilim bilan amaliyot orasidagi aloqadorlik xususiyatlariga ko‘ra fanlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: a) fundamental; b) amaliy fanlar.
Bunda ishlab chiqarish bilan bevositabog‘liq bo‘lgan, erishilgan har bir yangi natijasi ishlab chiqarishga bevosita tadbiq etilib boradigan fanlar amaliy fanlar, deyiladi. Fundamental fanlaresa tabiat, jamiyat, inson va inson tafakkuri taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini nazariy jihatdano‘rganuvchi fanlardir. Amaliy va fundamental fanlaro‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, fundamental fanlarborliqning turli sohalari qonuniyatlarini ishlabchiqarishga joriy etib, ijtimoiy-amaliy masalalarni hal qilishga tadbiq etadi.
Ma’lumki, texnika va texnologiyadagi hozirgi o‘zgarishlar fundamental fanlardagi ulkan o‘zgarishlar tufayli mumkin bo‘ldi. Fanning fundamental sohalaridagi muvaffaqiyatlar zaminida ko‘pgina amaliy tadqiqotlar va injenerlik ishlanmalari gurkirab rivojlanmoqda. Fanning, uning fundamental yo‘nalishlarining ildamlik bilan rivojlanishi FTTning yanada muvaffaqiyatliroq avj olishi uchun zarur shart-sharoit hisoblanadi.
Uzoq o‘tmish va keyinchalik, YAngi davrda jamuljam holda fanlarning butun tizimini hosil qiluvchi fan sohalari shartli ravishda uchta katta guruhga (kichik tizimga) – tabiiy, ijtimoiy va texnik fanlarga bo‘lina boshlandi.
Tabiatshunoslik fanlari tabiatni bilish, o‘zlashtirish va o‘zgartirish qonunlarini o‘rganadi.
Jamiyatshunoslik fanlari esa ijtimoiy munosabatlarni, insonni va uning jamiyatda tutgan o‘rnini,jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotini o‘rganadi.
Texnika fanlari bo‘lsa, inson tomonidan ixtiro qilingan mashina va mexanizmlar, ularning tuzilishi, qurilishi va ish faoliyatining qonuniyatlarinio‘rganuvchi fanlardir. Texnik fanlarning vazifasiinsonni texnika qurilmalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirib, yangi texnika vositalarini yaratishga yordam berishdan iboratdir.
|