2. Psixika va ongning rivojlanishi Kishi psixikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi eng murakkab
muammolardan biri bo‘lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib
yetishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt
qiziqtirib kelgan. Materialistik yo‘nalishdagi olimlar psixikaning
paydo bo‘lishi uzoq davom etgan materiya rivojlanishining natijasi
deb izohlaydilar. Ular materiyaning tabiatini tadqiq qilishar ekan,
harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban o‘ziga xos
ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli
shakllarini o‘rganadilar.
Harakatsiz, mutlaqo harakatlanmaydigan materiya umuman bo‘l-
maydi. Olamdagi butun materiya, jami noorganik va organik tabiat
harakatlanish, o‘zgarish va rivojlanish holatida bo‘ladi.
Jonsiz tabiatda harakat jism va moddalarning mexanik, fizikaviy
va kimyoviy ta’siri tarzida yuz berishi mumkin. Jonli materiyaga
in’ikosning biologik shakllari xos bo‘lib, jonli materiyaning ma’lum
bir bosqichida in’ikosning yangi shakli sifatida psixika paydo bo‘ladi.
Har qanday jonli organizm barcha tashqi qo‘zg‘atuvchilarga
nisbatan tanlangan holda munosabatda bo‘ladi va bu bilan jonli
materiyaning sifat jihatidan yangi xususiyatini – o‘zini o‘zi tartibga
solish xususiyatini namoyon qiladi.
Uzoq vaqt davom etgan evolutsiya natijasida hozirgi organizm-
larda in’ikosning qo‘zg‘aluvchanlikdan tortib, to uning ancha yuksak
darajadagi shakllari bo‘lmish sezgilar, idrok, xotira, tafakkurga qadar
turli shakllarini ko‘ramiz.
Agar jonli mavjudotlarning hayot kechirish muhiti hamma joyda
mutlaqo bir xil bo‘lganida, ehtimol, yer yuzi bir xil turdagi hayvonlar
bilan to‘lib ketgan bo‘lardi. Haqiqatda esa muhit iqlim jihatidan ham,
yashash sharoiti jihatidan ham g‘oyat rang-barang bo‘lib, bu
organizmlarning tabaqalanishini taqozo etadi. Aks ettirish usullari
yuksalgan sari hayvonlarning mazkur turi muhitning bevosita
ta’siridan shunchalik ozod bo‘la boradi.
Yashash sharoitlarining keskin o‘zgarishi hayvonlarning joyini
o‘zgartirishga majbur etishi azaldan ma’lum. Hayvonlarning bunday
xatti-harakatlari sharoitga ko‘proq yoki kamroq darajada mos bo‘lishi
mumkin. Cho‘l toshbaqasi va mayda kemiruvchilar issiq kunlar
26
boshlanishi va qishki sovuq tushishi oldidan o‘zlarining normal hayot
kechirishlari uchun zarur shart-sharoitlarga ancha mos keladigan
harorat saqlanadigan chuqur in qazib, yer tagiga kirib ketadi. Bu
o‘rinda instinktlar harakat qiladi. Fil o‘ziga suv sepa boshlaydi, qalin
soyaga yashirinadi, maymun ham issiqdan saqlanishi uchun imkon
beradigan joyni tanlashga va tayyorlashga urinadi. Bu o‘rinda
instinktlardan ko‘ra hayvonlar individual hayot kechirishida orttirgan
tajriba – shartli bog‘lanishlar ta’sir qiladi.
O‘simlik va hayvonlarga mansub shakllar evolutsiyasining barcha
bosqichlarida jamiki jonli organizmlar in’ikosning alohida, biologik
shakli – ta’sirlanuvchanlikka ega bo‘ladi. Ta’sirlanuvchanlik tirik
organizmning biologik ahamiyatiga ega bo‘lgan (biotik) ta’sirga javob
berish qobiliyati demakdir.
Oddiy ta’sirlanuvchanlik sodda, bir hujayrali tirik organizmdayoq
seziladi. Ular muhitning ta’siriga harakatlanish bilan javob beradi.
Muhit biotik ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lib, buning natijasida jonli
organizmda protoplazmaning xossasi o‘zgaradi. Qo‘zg‘atish ta’siriga
uchraydigan o‘zini tartibga soluvchi tizim sifatida tirik hujayrada
qidiruv harakatlari hosil bo‘ladi.
Biotik omillarga nisbatan o‘ziga xos harakatlar bilan javob berish
usullari tropizmlar yoki taksislar deb ataladi. Uning fototropizm –
jonli organizmning yorug‘lik ta’siri ostida harakatlanish tendensiyasi;
termotropizm – issiqlik ta’siri ostida harakatlanish tendensiyasi; xe-
motropizm – muayyan fizikaviy-kimyoviy muhitni tanlash tendensiya-
si; topotropizm – mexanik usul bilan qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida
harakatlanish tendensiyasi kabi turlari va boshqa bir qancha tropizmlar
mavjuddir. O‘simliklarning biologik in’ikos etish shakli o‘zini tartibga
solishga yordam beradigan tropizmlarning mavjudligi bilan mukam-
mallik kasb etadi.
Hayvonlarga mansub shakllarda ta’sirlanuvchanlikning yangi turi
– sezuvchanlik paydo bo‘ladi. A. N. Leontyevning faraziga ko‘ra, se-
zuvchanlik ginetik jihatdan qaraganda, muhitning organizmni boshqa
ta’sirlar bilan bog‘lovchi, singallik vazifasini o‘tovchi ta’sirlarga ja-
vob ta’siridan bo‘lak narsa emas.
Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda sezuvchanlik oshib, sezgi
organlari shakllanadi. Narsalarning o‘ziga (biron-bir organik ehtiyojli,
ular yordamida qoldirib bo‘lmasligi ma’nosida) ahamiyatsiz belgilari
27
(hidi, shakli, rangi) signallik ahamiyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun
ham ma’lum bir sharoitlarda hatto oddiy hayvonlar ham biotik ta’sir-
lardan emas, balki mazkur muayyan vaziyatda turli xildagi biotik
ta’sirlar ro‘y berayotgani haqida signal berishi mumkin bo‘lgan biotik,
indeferent ta’sirlardan ham ta’sirlana boshlashi mumkin.
Onadan tug‘ma ravishda qolgan xatti-harakatlarga instinktiv xatti-