• Harbiy psixologiya
  • O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov




    Download 325,56 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/58
    Sana30.11.2023
    Hajmi325,56 Kb.
    #108426
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58
    Bog'liq
    PSIXOLOGIYA
    adabiyatlar, TIL XAZINA, Xristianlik dininiń bayramları, ЭНЕРГИЯ СОЛНЦА.. (2), Build Your API with Spring, LAB1 SQL, Pazandachilik ishlarida qo’llaniladigan jixozlar, tikuv asbob-uskunalari (1), Общая педагогика-fayllar.org, Amaliy matematika (2), 1-амалий, oOTN7yHd9cDpbT4Gzy5WO8q15U02UmfOpM2lfAFB, 793542, Menejmentda motivlashtirish 140-20 guruh talabasi murotjonova mu
    Tibbiyot psixologiyasi vrach faoliyati va bemor xulq-atvorining 
    psixologik jihatlarini o‘rganadi. U psixik hodisalar bilan miyadagi 
    fiziologik tuzilishlar o‘rtasidagi nisbatni o‘rganadigan neyropsixolo-
    giyaga, dorivor moddalarning kishining psixik faoliyatiga ta’sirini 
    o‘rganadigan psixoformakoliyaga, bemorni davolash uchun psixik 
    ta’sir ko‘rsatish vositalarini o‘rganuvchi va qo‘llanuvchi psixotera-
    piyaga, odamlarning psixik jihatdan salomatligini ta’minlash chora-
    tadbirlarining tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi psixoprofi-
    laktika va psixogigiyenaga bo‘linadi.
    Yuridik psixologiya huquq tizimining amal qilishi bilan bog‘liq 
    psixologik masalalarni o‘rganadi. U jinoyat protsessi ishtirokchilari 
    xulq-atvorining psixik xususiyatlarini (guvohlik ko‘rsatmalarining psi-
    xologiyasi, ayblanuvchi xulq-atvorining xususiyatlari, tergovga qo‘yi-
    ladigan psixologik talablar va shu kabilarni) tadqiq qiluvchi sud 
    psixologiyasi; jinoyatchining xulq-atvori, shaxsning shakllanishiga 
    doir psixologik muammolar, jinoyatning motivlari va shu kabilar bilan 
    shug‘ullanuvchi kriminal psixologiyaga; axloq tuzatish-mehnat kolo-
    18


    niyasida ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning psixologiyasini
    ishontirish va majburlash usullari bilan to‘g‘ri yo‘lga solishning psi-
    xologik muammolarini va shu kabi masalalarni o‘rganadigan pe-
    nitensiar yoki axloq tuzatish-mehnat psixologiyasiga bo‘linadi. 
    Harbiy psixologiya kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-
    atvorini, boshliqlar va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning 
    psixologik jihatlarini, psixologik tashviqot va tashviqotga qarshi 
    metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolari-
    ni va shu kabi boshqa masalalarni tadqiq qiladi. 

    Download 325,56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58




    Download 325,56 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov

    Download 325,56 Kb.
    Pdf ko'rish