• Savdo psixologiyasi
  • Yosh psixologiyasi
  • O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov




    Download 325,56 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet8/58
    Sana30.11.2023
    Hajmi325,56 Kb.
    #108426
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
    Bog'liq
    PSIXOLOGIYA

    Sport psixologiyasi sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik 
    xususiyatlarini, ularni psixologik jihatdan tayyorlashning shart-
    sharoitlari va vositalarini, sportchining jismoniy chiniqqanligi va 
    safarbarlikka tayyorligining psixologik mezonlarini, musobaqalarni 
    tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq psixologik omillarni o‘rganadi.
    Savdo psixologiyasi asosan tijorat ta’sirining psixologik shart-
    sharoitlarini, ehtiyojning individual, yoshga oid va boshqa xususiyat-
    larini, xaridorlarga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniq-
    laydi, modalar psixologiyasi va boshqa masalalarni tadqiq qiladi. 
    Keyingi vaqtlarda ilmiy ijodiyot psixologiyasi masalalari (ijodkor 
    shaxsning xususiyatlari, ijodiy faollikni rag‘batlantiruvchi omillar, il-
    miy kashfiyotlar qilishda ichki sezgi hissining o‘rni va boshqala)ni 
    o‘rganish boshlandi. Ilmiy ijodiyot psixologiyasining o‘ziga xos bo‘li-
    mini evristika tashkil etadi. Uning vazifasi faqat ijodiy (evristik) 
    faoliyatning qonuniyatlarini tadqiq qilishdan emas, balki evristika 
    jarayonlarini boshqarish metodlarini ishlab chiqishdan ham iboratdir. 
    Nihoyat, badiiy ijodiyot (adabiyot va san’at sohasida) va estetik 
    idrok (shubhasiz ahamiyatga ega bo‘lgan, lekin hali sust o‘rganilgan 
    soha) psixologiyasi ham mavjud.
    Yosh psixologiyasi turli psixologik jarayonlarning ontogenezini 
    va rivojlanayotgan kishi shaxsining psixologik fazilatlarini o‘rganadi. 
    U bolalar psixologiyasiga, o‘smirlar psixologiyasiga, yoshlar psixolo-
    giyasiga, katta yoshdagilar psixologiyasiga, gerantopsixologiyaga bo‘-
    linadi. Yosh psixologiyasi psixik jarayonlarning yoshga oid xususiyat-
    larini, bilimlarni o‘zlashtirishning yoshga bog‘liq imkoniyatlarini, 
    shaxs kamolotining omillari va boshqa masalalarni tadqiq qiladi. 
    Yosh psixologiyasi o‘rganadigan asosiy masalalardan biri o‘qitish 
    va aqliy jihatdan kamol toptirish hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi 
    19


    muammosi bo‘lib, u psixologlar tomonidan keng muhokama qilinib 
    kelinayotir. Psixologlar aqliy kamolotning ishonchli mezonlarini 
    qidirib topish va o‘qitish jarayonida aqliy rivojlanish samaradorligiga 
    erishish imkonini beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga harakat 
    qilishmoqda. 
    Anomal (noto‘g‘ri) taraqqiyot psixologiyasi yoki «maxsus psixo-
    logiya» rivojlanish jarayonida psixikaning aynishi, miyadagi kasallik-
    ning turli xilda kechishi jarayonida psixikaning tamomila izdan 
    chiqishi kabi hollarni o‘rganadigan patopsixologiyaga, psixik rivojla-
    nishning miyadagi tug‘ma asoratlar bilan bog‘liq patologiyasi to‘g‘ri-
    sidagi fan bo‘lgan oligofrenopsixologiyaga, quloq eshitishning butun-
    lay kar bo‘lib qolishga qadar jiddiy kamchiliklari bo‘lgan bolani 
    voyaga yetkazish psixologiyasi bo‘lmish surdopsixlogiyaga, yaxshi 
    ko‘rmaydiganlar va ko‘rlar rivojlanishi psixologiyasi tiflopsixolo-
    giyaga bo‘linadi. 
    Qiyosiy psixologiya psixik hayotning filogenitik shakllarini tadqiq 
    qiladigan sohadir. Qiyosiy psixologiyada hayvonlar va odam psixikasi 
    qiyoslanadi, ularning o‘ziga xosliklari, fe’l-atvoridagi mavjud o‘x-
    shashlik va farqlarning sabablari aniqlanadi. 
    Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning bo‘limi bo‘lib, u turli xil 
    tizimli guruhlar (turlar, turkumlar va oilalar)ga mansub hayvonlar 
    psixikasini, xatti-harakatining eng muhim shakllari va mexanizmlarini 
    o‘rganadi. 
    Agar psixologiyaning shaxobchalari shaxs bilan jamiyat o‘rta-
    sidagi munosabatlarning psixologik jihatlari nuqtai nazaridan tasnif 
    qilinsa, u holda ijtimoiy psixologiya fanining «ijtimoiy psixologiya» 
    tushunchasi zamirida birlashadigan yana bir qator sohalari ajralib 
    chiqadi. 
    Ijtimoiy psixologiya odamlarning turli xildagi uyushgan va uyush-
    magan ijtimoiy guruhlardagi o‘zaro birgalikdagi harakati jarayonida 
    vujudga keladigan psixik hodisalarni o‘rganadi. Hozirgi vaqtda ijti-
    moiy psixologiya tuzilishiga quyidagi uchta sohaga oid muammolar 
    kiradi: 
    – katta guruhlar (makromuhit)dagi ijtimoiy-psixologik hodisalar
    Ularga ommaviy kommunikatsiya (radio, televideniye, matbuot va 
    boshqalar) muammolari, ommaviy kommunikatsiya vositalarining 
    odamlarning turli xildagi jamoalarga ta’sir qilish mexanizmlari va 
    20


    samaradorligi, modalarning, mish-mishlarning, umumiy qabul qilin-
    gan did, rasm-rusumlar, soxta fikrlar, ijtimoiy kayfiyatlarning tarqa-
    lish qonuniyatlari, sinflar va millatlar psixologiyasi muammolari, din 
    psixologiyasi kiradi. 
    Kichik guruhlar (mikromuhit)dagi ijtimoiy-psixologik hodisalarga 
    tor doira guruhlaridagi psixologik sig‘ishuvchanlik, shaxslararo muno-
    sabat, vaziyat, guruhdagi vaziyat, lider va yetakchilar mavqei, guruh 
    turlari (assotsiatsiya, korporatsiya, jamoalar)ning muammolari, rasmiy 
    va norasmiy guruhlarning nisbati, kichik guruhlarning mikdoriy 
    chegaralanganligi, guruhlar jipsligining darajasi va sabablari, guruhda-
    gi kishilarning bir-birini tushuna bilishi, undagi qadriyatlar va shu 
    kabi ko‘pgina masalalar kiradi. 
    Psixologiya fani bir qancha fanlar bilan yaqin aloqada, jumladan 
    falsafa, pedagogika, tabiatshunoslik, shuningdek barcha tabiiy-ijti-
    moiy fanlar bilan ham bog‘liq psixologiya, bir tomondan, falsafa, 
    ikkinchi tomondan, tabiiy fanlar, uchinchi tomondan esa ijtimoiy 
    fanlar o‘rtasida joylashgan oraliq mavqega ega bo‘lgan fandir.
    Xulosa qilib aytganda, psixologiya o‘zining barcha sohalarida o‘z 
    tadqiqot predmetini, nazariy prinsiplarini, saqlab kelayotir. Hozirgi 
    davrda psixologiya sohalarining kengayishi psixologik bilimlardan 
    ijtimoiy turmushda, ishlab chiqarishda, tibbiyotda, ta’lim-tarbiya 
    jarayonida foydalanish fanimiz mavqei va nufuzini yanada 
    oshirmoqda.
    21



    Download 325,56 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




    Download 325,56 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov

    Download 325,56 Kb.
    Pdf ko'rish