Faoliyat voqelikka nisbatan faol munosabat bildirishning shunday
bir shaklidirki, u orqali kishi bilan uni qurshab turgan olam o‘rtasida
real bog‘lanish hosil qilinadi. Odam faoliyat orqali tabiatga, narsalar-
ga, boshqa kishilarga ta’sir ko‘rsatadi.
Faoliyatning bitta oddiy joriy vazifani bajarishga yo‘naltirilgan,
nisbatan tugallangan
har bir shunday qismini harakat deb atash
mumkin.
Harakat qay yo‘sinda nazorat qilib boriladi? Bu o‘rinda ko‘p narsa
aniqlangan emas. Bu, shubhasiz, sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish, mu-
shaklar sezgisi) vositasidagina ro‘y berishi mumkin.
Ko‘rib turganimizdek, ushbu barcha mo‘ljallar sa’y-harakatlarni
harakat maqsadiga muvofiq tarzda belgilaydi. Kishining maqsadi
ko‘pincha muayyan vaqt ichida va harakatlar yordamida erishishi
mumkin bo‘lgan narsalardan iborat bo‘ladi. Demak, maqsad miyada
faoliyatning bo‘lajak natijasining timsoli, o‘zgarib
turadigan andazasi
tarzida namoyon bo‘ladi. Aynan o‘sha orzu qilingan (ehtiyoj sezilsa)
bo‘lg‘usi andaza bilan harakatning amaldagi natijalari taqqoslanadi,
aynan o‘sha andaza sa’y-harakatlarning shakl-shamoyilini belgilab va
to‘g‘rilab turadi.
Tashqi, real harakatdan ichki, timsoliy harakatga bu xildagi o‘tish
jarayonini
interiorizatsiya (tom ma’noda aytganda, ichki tarzga ay-
lanish) deb ataladi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma’lum bir
vaqt ichida e’tiborda bo‘lmagan narsalarning timsolidan foydalanish
qobiliyatiga ega bo‘ladi. Kishi muayyan daqiqa chegaralaridan tashqa-
riga chiqib «xayolida» o‘tmishga va kelajakka, vaqtga va bo‘shliqqa
erkin ko‘chib o‘tadi.
Psixologiya interiorizatsiyaning qanday
yuz berishini barcha jihat-
lariga qadar to‘liq bilmaydi. Lekin shu narsa aniq isbot qilinganki,
bunday o‘zgarishning muhim quroli bo‘lib so‘z, o‘zgarish vositasi
bo‘lib esa nutqiy faoliyat xizmat qiladi. So‘z buyumlarning muhim
xossalarini va axborotdan foydalanishning insoniyat amaliyotida
yuzaga kelgan usullarini belgilaydi va o‘zida mujassamlashtiradi. Shu-
ning uchun ham so‘zlarni to‘g‘ri ishlatishga o‘rganish ayni chog‘da
buyumlarning muhim xususiyatlarini va axborotdan foydalanishning
usullarini o‘zlashtirishdan iboratdir.
Kishi faoliyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari
chambarchas bog‘liqdir. Tashqi jihat – odam tashqi olamga ta’sir ko‘r-
103
satish uchun qiladigan sa’y-harakatlar – motivlashtiruvchi, bilishga
undovchi va boshqaruvchi ichki (psixik) faoliyat
bilan belgilanadi va
yo‘naltiriladi. Ikkinchi tomondan, butun ana shu ichki, psixik faoliyat
buyumlar va jarayonlarning xususiyatlarini o‘zida namoyon qiladigan,
ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o‘zgartirilishini amalga
oshiradigan, psixik andazalarning o‘xshashlik darajasini, shuningdek
erishilgan natijalar va harakatlarning kutilganlariga muvofiqligi dara-
jasini ko‘rsatadigan tashqi jihat tomonidan yo‘naltirilib
va nazorat
qilib turiladi.
Shunga muvofiq tarzda tashqi, muayyan faoliyatni ham ichki,
psixik faoliyatning
eksterizatsiyalashuvi (tom ma’noda ichki tarzda
aylanishi) deb qarash mumkin.
Shunday qilib, faoliyat haqida gapirish mumkin bo‘lishi uchun ki-
shi faolligida anglanilgan maqsadning mavjudligini aniqlash lozim.
Faoliyatning barcha qolgan jihatlari – uning motivlari, bajarilish usul-
lari, tegishli axborotni tanlash va qayta ishlash anglanilgan bo‘lishi
ham, anglanilmagan bo‘lishi ham mumkin.