Negativ guruhlar. Shaxs ularning xatti-harakatlaridan ataylab voz
kechadi. Chunki bunday guruhlar uning shaxsiy qarashlaridan mutlaqo
farq qiladi.
Diffuz guruh stixiyali, tasodifan to‘plangan va shaxslararo muno-
sabatlar bevositalik asosida qurilgan kishilar birligidir. Bu guruhlar
miqdori bir necha kishidan minglab kishini tashkil qilishi mumkin,
masalan, avtobus bekatida to‘planib turgan
odamlar diffuz guruhiga
kiradi. Diffuz guruh ma’lum vaqt saqlanib tursa, guruhiy tabaqalanish
boshlanadi, ya’ni lider ajralib chiqadi.
Guruh ma’lum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida to‘plangan,
muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasidir. Demak, gu-
ruh uchun ikkita asosiy mezon mavjud: biror-bir faoliyatning bo‘lishi
hamda u yerda odamlarning o‘zaro muloqoti uchun imkoniyatning
mavjudligi.
Guruhlarning turlari. Kundalik hayotda shaxs muloqotda bo‘ladi-
gan, vaqtini birgalikda o‘tkazadigan kishilar guruhi ham turli xil bo‘-
ladi. Masalan, agar odamlar ko‘chada tasodifiy hodisaning tomoshabi-
ni bo‘lib turishgan bo‘lsa, ularni psixologiya tilida guruh emas, olo-
mon deb atashadi. Haqiqiy guruh uchun o‘sha
odamlarning barchasiga
aloqador umumiy faoliyat va hamkorlik qilish, bir-birlariga ta’sir ko‘r-
satish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Amerikalik psixolog C. Kuli hamkorlikning darajasiga ko‘ra, gu-
ruhlarni birlamchi va ikkkilamchi turlarga bo‘lib o‘rganishni taklif
etadi. Birlamchi guruhda shaxslararo o‘zaro ta’sir yuzma-yuz, bevosi-
ta ro‘y beradi. Masalan, oila davrasida,
sinfda hisobchilar xonasida
o‘tirganlar birinchi guruhga misoldir.
Ikkinchi guruhdagi odamlarning har doim ham bevosita muloqot-
da bo‘lish imkoniyatlari bo‘lmaydi. Ular o‘rtasidagi munosabat va
o‘zaro ta’sir bilvosita bo‘ladi.
Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga mos keladigan umumiy
faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi. Jamoa o‘spirin va yoshlar-
ning shaxsini shakllantirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratila-
digan birlik hisoblanadi.
Oila jamoasi, maktabdagi o‘quv-tarbiya
jamoasi, korxona jamoasi, nihoyat kechagi maktab o‘quvchilari o‘rta
ma’lumot olganidan keyin borib qo‘shiladigan mehnat jamoalari shun-
day bir ijtimoiy muhit hisoblanadiki, unda shaxsning voyaga yetishi
va har tomonlama rivojlanishi yuz beradi.
118