• ’lim dasturi) Malaka yoʻnalishi
  • Tuzuvchilar
  • Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi




    Download 258,5 Kb.
    bet1/26
    Sana01.02.2024
    Hajmi258,5 Kb.
    #149804
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    Dastur 2024


    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
    MAKTABGACHA VA MAKTAB TALIMI VAZIRLIGI
    SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI QOSHIDAGI MALAKA OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH MARKAZI
    TASDIQLAYMAN”
    Samarqand davlat chet tillar
    instituti rektori v.v.b.
    ___________F.Ruzikulov
    _______________2024-yil
    UMUMIY OʻRTA TALIM MAKTABI INGLIZ TILI FANI OʻQITUVCHILARINI TABAQALASHTIRGAN UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH KURSINING


    ISHCHI OʻQUV DASTURI
    (IV tabaqa ta’lim dasturi)


    Malaka yoʻnalishi: Ingliz tili fani oʻqituvchilari


    Samarqand - 2024

    Mazkur islichi o‘quv dasluri Samarqand Pedagogika markazi llmiy-metodik


    kengashining 2024-yil “ da o‘tkazilgan navbatdan tashqari
    -sonli yig‘ilishi qarori bilan ma’qullangan va tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.


    Tuzuvchilar:
    Samarqand viloyati PYAMO‘MM Tillami N.Ruziyeva
    o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

    Samarqand viloyati PYAMO‘MM J.Xudoyqulov


    Pedagogika, psixologiya va ta’lim
    texnologiyalari kafedrasi o'qituvchisi.

    Samarqand viloyati PYAMO‘MM Aniq va D.XabibulIoyev


    tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi o'qituvchisi
    Oʻquv va metodik ishlar bo‘yicha D.Urinbayeva
    direktor o‘rinbosari v.b

    Kaledra mudiri:


    D.Urinbayeva
    “KELISH1LDI”
    Oʻquv jarayonini tashkil etish Jjoyimi boshlig’i:
    rr"V.Turapov
    Tillami o'qitish metodikasi kafedrasining 2024-yil “ ” dagi _
    -sonli; Pcdagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasining 2024*vil
    " " dagi -sonli;Aniq va tabiiy lanlar metodikasi kafedrasining
    2024-yil “ ” dagi -sonli yigMlishlnr qarori bilan nm’qullangnn va
    llmiy-mctodik kcngash muhoknmasiga tavsiya ctilgan.

    Kirish
    Ushbu ishchi o‘quv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
    2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158- son, 2022-yil 11-maydagi «2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-134-son, 2019-yil
    29- apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmonlari, 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-son qarorida belgilangan vazifalar hamda Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat ta’lim talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
    121-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining kasbiy standartlari asosida rahbar va pedagog kadlar malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, zamonaviy talablar asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi. Dastur mazmuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil -noyabrdagi “ ” dagi -son buyrug‘i asosida o‘tkazilgan diagnostik test natijalari ko‘ra, o‘quv fanlarining nazariyasi va amaliyoti uyg‘unligini ta’minlash, ta’limdagi ilg‘or yutuqlarni o‘rganish, inklyuziv ta’limga qadriyatli munosabat, o‘quv-tarbiya jarayonini modellashtirish va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, ta’limda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, XXI asr ko‘nikmalami rivojlantirish: 4K - tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash va kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalami shakllantirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, o‘quv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni umumiy o‘rta ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari asosida shakllantirilgan bo‘lib, ingliz tili o‘qituvchilarining o‘z kasbiy faoliyatiga doir zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini nazarda tutadi.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi ishchi o‘quv dasturi, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari kasbiy standartida belgilangan kompetensiyalar va diagnostik test
    natijalari asosida 4 tabaqada shakllantirilgan ishchi o‘quv rejasining 2 ta blok tarkibidagi quyidagi 7 ta o‘quv modullar mazmunini o‘z ichiga oladi:

    1. Ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish.

      1. Tarbiya metodikasi asoslari.

      2. Ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar.

      3. Ta’limda raqamli texnologiyalar.

      4. Inklyuziv ta’lim asoslari.

    2. Mutaxassislik fanlari.

      1. Ingliz tili fanining nazariy-amaliy asoslari.

      2. Ingliz tili o‘qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalari.

      3. 4K ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi.

      4. Tanlov fani.


    Download 258,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 258,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

    Download 258,5 Kb.