Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Dastur 2024
AMALIY MASHGʻULOTL AR MAZMUNI 1-mavzu: Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etilish samaradorligini aniqlash mezonlari (2 soat). Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etilish samaradorligini aniqlash mezonlari. Samarali natija kafolatlanganligi, natijaviyliligi (o‘quvchilaming o‘zlashtirish samaradorligi asosida baholanadi); o‘quv dasturi talablari va ta’lim maqsadini bajarilishini ta’minlashga; tizimli va mantiqiy izchillikda ishlab chiqish; o‘quvchilami mustaqil ravishda bilim olishga yo‘naltirish; o‘qituvchilaming kasbiy tayyorgarligini; o‘rtacha o‘zlashtirish qobiliyatdagi o‘quvchining imkoniyatlari inobatga olish; tizimlilik, yaxlitlilik tamoyiliga javob berish; integrativlik, fanlararo aloqadorlikda bo‘lishi; ta’lim- tarbiya jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirish; motivatsion ta’lim jarayonini ta’minlash (ya’ni o‘quvchilaming ichki imkoniyatlarini ishga solib, bilim yoki ko‘nikmani o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘atish orqali maqsadga erishishni ta’minlashi); sog‘lom ijodiy muhitni shakllantirishga; o‘quvchilarga milliy g‘oya va umuminsoniy g‘oyalami singdirishga yo‘naltirish; ta’lim-tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘quv laboratoriya jihozlari, elektron darsliklar va o‘quv filmlaridan foydalanishga yo‘naltirish; o‘quvchilami dars jarayonida mavzuga oid darsliklar, qo‘shimcha adabiyotlar va internet resurslari bilan ishlashga; nazariy bilimlami amaliyot bilan bog‘liq holda tushuntirishga yo‘naltirish; dars bosqichlari uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlash; o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga hamda o‘zaro faol munosabatlarga asoslash; o‘quvchining aqliy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirish; dars sifatini ta’minlovchi nazorat turlaridan foydalanish; o‘tgan va navbatdagi mavzulami mantiqiy ketma-ketlik va o‘zaro bog‘liq holda o‘qitish inobatga olish va boshq. Download 258,5 Kb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
|