|
Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
|
bet | 17/26 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 258,5 Kb. | | #149804 |
Bog'liq Dastur 2024Modulning maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchilarining zamonaviy ta’lim, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam yangilash, malaka talablari asosida ularning kasbiy faoliyatga 4K ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini tatbiq etishga doir kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
Modulning vazifalariga quyidagilar kiradi:
tinglovchilarga 4K ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini, ingliz tili darslarida ulardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rgatish;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari ingliz tili o‘qituvchilarini o‘qitishda ilg‘or ta’lim-tarbiya texnologiyalari va xorijiy tajribalarga tayanish;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari ingliz tili o‘qituvchilarining kritik (tanqidiy) va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish;
malaka talablariga mos holda umumiy o‘rta ta’lim maktablari ingliz tili o‘qituvchilarining ingliz tilini o‘qitishda 4K ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasidan samarali foydalanish bo‘yicha kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar asosida uzluksiz rivojlantirish.
Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalariga qo‘yiladigan talablar
“4K ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi” moduli bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisining kasb standard asosida, tegishli yo‘nalish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktab pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni, sifati va ulaming tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari bilan belgilanadi.
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi yakunida tinglovchilar modul bo‘yicha quyidagi yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lishlari talab etiladi:
Kurs yakunida tinglovchi:
XXI asr ko‘nikmalari va turlarini;
4K-kollaboratsiya, kommunikatsiya, kritik va kreativ fikrlash ko‘nikmalarining izohi, ulaming domenlari va xususiyatlari, ulardan ko‘zlangan maqsad va vazifalarni bilishi;
ingliz tilini o‘qitishda, sinflar kesimida kritik (tanqidiy) va kreativ fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishning zamonaviy strategiyalari va metodlaridan foydalanish;
ingliz tilini o‘qitishda, sinflar kesimida hamkorlikda ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy strategiyalari va metodlaridan foydalanish ко ‘nikmalariga;
kritik (tanqidiy) va kreativ fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishning zamonaviy strategiyalari va metodlarini o‘z faoliyatida qo‘llay olish;
hamkorlikda ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy strategiyalari va metodlarini qo‘llay olish malakalarisa:
nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni pedagogik faoliyatda qo‘llay olish;
ta’lim-tarbiya jarayonini 4K ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi asosida tashkil etish va amalga oshirish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga 4K ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini qo‘llay olish kompetensiyalariga ega boʻlishi lozim
|
| |