• Modulning o‘quv rejadagi boshqa bloklar va modullar bilan bog‘liqligi va uzviyligi
  • Modulning ta’limdagi o‘rni
  • Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar




    Download 258,5 Kb.
    bet18/26
    Sana01.02.2024
    Hajmi258,5 Kb.
    #149804
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
    Bog'liq
    Dastur 2024

    Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
    “4K ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi” moduli nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil ta’lim shakllarida olib boriladi.
    Nazariy mashg‘ulotda XXI asr ko‘nikmalari va turlari, 4K-kollaboratsiya, kommunikatsiya, kritik va kreativ fikrlash ko‘nikmalarining izohi, ulaming domenlari va xususiyatlari, ulardan ko‘zlangan maqsad va vazifalar haqida ma’lumotlar beriladi.
    Amaliy mashg‘ulotlarda ingliz tilini o‘qitishda, sinflar kesimida kritik (tanqidiy) va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy strategiyalari va metodlaridan foydalanish yo‘llari o‘rgatiladi.
    Mustaqil ta’lim jarayonida modulga oid o‘rganilgan materiallar asosida mustaqil ishlar bajariladi.
    Mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, “Aqliy hujum”, “Blits so‘rov”lari, turli graforganayzerlar, “Intervyu”, “Muammoli vaziyat”, “Kichik guruhlar bilan ishlash”, “Muzokara” va “Savol-javob” kabi metodlar, “VR”, NazAR” kabi innovatsion ta’lim texnologiyalaridan “Jonli muloqot”, “Namoyish”, “QR kod”, “Insert” va boshqa interfaol ta’lim usullaridan foydalanish nazarda tutiladi.
    Modulning o‘quv rejadagi boshqa bloklar va modullar bilan
    bog‘liqligi va uzviyligi
    Modulning mazmuni o‘quv rejadagi “Ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish” bloki o‘quv modullari va “Mutaxassislik fanlari” blokiga kiruvchi boshqa o‘quv modullari bilan uzviy bog‘langan holda tinglovchilarning kasbiy- pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.
    Modulning ta’limdagi o‘rni
    Modulni o‘zlashtirish orqali tinglovchilar XXI asr ko‘nikmalari va turlari, kritik (tanqidiy) va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy strategiyalari va metodlarini, ingliz tili bo‘yicha sinflar kesimida 4K ko‘nikmalarini integratsiyalashgan holda rivojlantirishning samarali yo‘llarini o‘rganish va ulami amalda qo‘llashga doir kasbiy kompetentlikka ega bo‘ladilar.

    Download 258,5 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




    Download 258,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar

    Download 258,5 Kb.