• Modulning o‘quv rejadagi boshqa bloklar va modullar bilan bog‘liqligi va uzviyligi
  • Modulning ta’limdagi o‘rni
  • II. 2.2 MODUL BO‘YICHA SOATLAR TAQSIMOTI
  • Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar




    Download 258,5 Kb.
    bet13/26
    Sana01.02.2024
    Hajmi258,5 Kb.
    #149804
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
    Bog'liq
    Dastur 2024

    Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
    “Oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari” moduli amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil ta’lim shakllarida olib boriladi.
    Amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish, ta’lim-tarbiya jarayonida loyihalash, hamkorlik va muammoli ta’lim texnologiyalari va usullaridan foydalanish, o‘quvchilar bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarining rivojlanganlik darajasini baholashda baholash texnologiyalari va metodikasi hamda baholash usullaridan foydalanish yo‘llari o‘rgatiladi.
    Mustaqil ta’lim jarayonida modulga oid o‘rganilgan materiallar asosida mustaqil ishlar bajariladi.
    Mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, “Aqliy hujum”, “Blits so‘rov”lari, turli graforganayzerlar, “Intervyu”, “Muammoli vaziyat”, “Kichik guruhlar bilan ishlash”, “Muzokara” va “Savol-javob” kabi metodlar, “VR”, NazAR” kabi innovatsion ta’lim texnologiyalaridan “Jonli muloqot”, “Namoyish”, “QR kod”, “Insert” va boshqa interfaol ta’lim usullaridan foydalanish nazarda tutiladi.
    Modulning o‘quv rejadagi boshqa bloklar va modullar bilan
    bog‘liqligi va uzviyligi
    Modulning mazmuni o‘quv rejadagi “Ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish” bloki o‘quv modullari va “Mutaxassislik fanlari” blokiga kiruvchi boshqa o‘quv modullari bilan uzviy bog‘langan holda tinglovchilarning kasbiy- pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.
    Modulning ta’limdagi o‘rni
    Modulni o‘zlashtirish orqali tinglovchilar ta’lim-tarbiya jarayonida loyihalash, hamkorlik va muammoli ta’lim texnologiyalari va usullari, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish yoʻllarini, baholash texnologiyalari va metodikasi hamda baholash usullarini o‘rganish, ularni amalda qo‘llash va baholashga doir kasbiy kompetentlikka ega bo‘ladilar.
    II. 2.2 MODUL BO‘YICHA SOATLAR TAQSIMOTI


    Download 258,5 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




    Download 258,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar

    Download 258,5 Kb.