• Modulning vazifalariga quyidagilar kiradi
  • Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalariga qo‘yiladigan talablar
  • Kurs yakunida tinglovchi
  • Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi




    Download 258,5 Kb.
    bet8/26
    Sana01.02.2024
    Hajmi258,5 Kb.
    #149804
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
    Bog'liq
    Dastur 2024

    Modulning maqsadi va vazifalari
    Modulning maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchilarining zamonaviy ta’lim, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam yangilash, malaka talablari asosida ulaming kasbiy faoliyatga ingliz tili fani va ta’limining nazariy-amaliy asoslarini tatbiq etishga doir kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
    Modulning vazifalariga quyidagilar kiradi:
    tinglovchilarga ingliz tili fani va ta’limining nazariy-amaliy asoslarini, ta’lim jarayonida ulardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rgatish;
    umumiy o‘rta ta’lim maktablari ingliz tili o‘qituvchilarini o‘qitishda ilg‘or ta’lim-tarbiya texnologiyalari va xorijiy tajribalarga tayanish;
    umumiy o‘rta ta’lim maktablari ingliz tili o‘qituvchilarining kognitiv va kreativ fikrlash, intellektual va pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirish;
    malaka talablariga mos holda umumiy o‘rta ta’lim maktablari ingliz tili o‘qituvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va usullardan samarali foydalanish bo‘yicha kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar asosida uzluksiz rivojlantirish.
    Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalariga qo‘yiladigan talablar
    “Ingliz tili fanining nazariy-amaliy asoslari” moduli bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisining kasb standarti asosida, tegishli yo‘nalish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktab pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni, sifati va ulaming tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari bilan belgilanadi.
    Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi yakunida tinglovchilar modul bo‘yicha quyidagi yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lishlari talab etiladi:
    Kurs yakunida tinglovchi:

    • ingliz tili fani va ta’limining asosiy nazariyalari va ulami amaliyotga tatbiq etishning samarali usul hamda vositalarini;

    • o‘quvchilarning turli ta’limiy ehtiyojlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini;

    • yoshga doir pedagogika, psixologiya asoslari, bolalar bilan ishlash usul va metodlarini bilishi;

    • ta’lim natijalarini baholash va diagnostika qilish uchun turli usul va vositalardan foydalanish;

    • o‘quvchilar tomonidan bilimlami egallash darajasini (hajmini) muntazam tizimli ravishda kuzatib borish;

    • o‘quvchilar erishgan yutuqlarni natijalarini tahlil qilish;

    • dars rejasi va usullarini moslashtirishda tahlil natijalaridan foydalanish koʻnikmalariga;

    • o‘quvchilar bilimini baholash natijasida olingan ma’lumotlarni inobatga inobatga olgan holda, darsning aniq va o‘lchamli maqsad va natijalarini aniqlab, dars rejasini ishlab chiqa olish;

    • dars maqsadlari, o‘quvchilaming yosh xususiyatlari va o‘zlashtirishiga mos keladigan dars shakllari va usullarini tanlay olish, tegishli o‘quv, namoyish va tarqatma materiallardan foydalanishni rejalashtirish;

    • ta’limning aniq va o‘lchanadigan natijalarini, shuningdek ushbu natijalarga erishishda aniq muddatlar (yil, chorak, dars) uchun vazifalarni aniqlash va ulami dars rejalarida shakllantira olish malakalariga;

    • nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni pedagogik faoliyatda qo‘llay olish;

    • ta’lim-tarbiya jarayonida yoshga doir pedagogika, psixologiya asoslari, bolalar bilan ishlash usul va metodlarini qo‘llash;

    • ingliz tili fanidan o‘quvchilarning bilimini baholash natijasida olingan ma’lumotlami inobatga olgan holda dars rejalarini muvofiqlashtirishni amalga oshira olish kompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim.


    Download 258,5 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




    Download 258,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

    Download 258,5 Kb.