O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy




Download 0,5 Mb.
bet17/22
Sana27.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#254810
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
kurs ishi Davitova Gulmira (3) (4)

Interfaol ta’lim usuli – har bir o‘qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o‘z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o‘quvchi o‘z motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o‘zlashtiradi.
Interfaol ta’lim texnologiyasi — har bir o‘qituvchi barcha o‘quvchilar ko‘zda tutilgandek o‘zlashtiradigan mashg‘ulot olib borishini ta’minlaydi. Bunda har bir o‘quvchi o‘z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg‘ulotni oldindan ko‘zda tutilgan darajada o‘zlashtiradi. Interfaol mashg‘ulotlarni amalda qo‘llash bo‘yicha ayrim tajribalarni o‘rganish asosida bu mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ayrim omillarni ko‘rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy–metodik hamda o‘qituvchiga, o‘quvchilarga, ta’lim vositalariga bog‘liq omillar deb atash mumkin. Ular o‘z mohiyatiga ko‘ra ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishini nazarda tutishimiz lozim.
Tashkiliy-pedagogik omillarga quyidagilar kiradi:
-o‘qituvchilardan interfaol mashg‘ulotlar olib boruvchi trenerlar guruhini tayyorlash;
-o‘qituvchilarga interfaol usullarni o‘rgatishni tashkil qilish;
-o‘quv xonasida interfaol mashg‘ulot uchun zarur sharoitlarni yaratish;
-ma’ruzachining hamda ishtirokchilarning ish joyi qulay bo‘lishini ta’minlash;
-sanitariya-gigiena me’yorlari buzilishining oldini olish;
-xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ta’minlash;
-davomatni va intizomni saqlash;
-nazorat olib borishni tashkil qilish va boshqalar. Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi:
-DTS talablarining bajarilishini hamda darsdan ko‘zda tutilgan maqsadga to‘liq erishishni ta’minlash uchun maqsadga muvofiq bo‘lgan interfaol usullarni to‘g‘ri tanlash;
-interfaol mashg‘ulot ishlanmasini sifatli tayyorlash;
-interfaol mashg‘ulotning har bir elementi o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq bo‘lishini ta’minlash;
-mashg‘ulotlar mavzusi va mazmunini so‘nggi ilmiy-nazariy ma’lumotlar asosida belgilash;
-zamonaviy yuqori samarali metodlarni qo‘llash;
-o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini oldindan aniqlash va shunga mos darajadagi interfaol mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
-interfaol mashg‘ulot uchun yetarlicha vaqt ajrata bilish va boshqalar.
O‘qituvchiga tegishli omillar:
-mavzuni sayoz bilishi
-nutqidagi kamchiliklar: talaffuz, adabiy til me’yorlari, grammatika qoidalari, notanish yoki xorijiy so‘zlar, atamalarning ma’nosini tushuntirmasdan qo‘llashi, shevaga xos so‘zlarni ko‘p qo‘llashi, yozib namoyish qilishda xatoga yo‘l qo‘yishi va tushunarsiz yozishi;
-o‘zini tutishi va pedagogik xulqidagi nuqsonlar;
-kiyinishi va tashqi ko‘rinishiga e’tiborsizligi;
-ta’lim vositalaridan unumli va to‘g‘ri foydalana olmasligi;
-kuzatuvchanlik, vaqtning o‘tishini his qilish, uni to‘g‘ri taqsimlash ko‘nikmasi etishmasligi;
-tinglash ko‘nikmasi yetishmasligi;
-o‘quvchiga xayrixohlik, samimiylik, u bilan hamkorlikda ish olib borish ko‘nikmasi yetishmasligi;
-mantiqiy bog‘liqlik va izchillikka rioya qilmaslik va boshqalar. o‘quvchilarga tegishli omillar:
-davomat pastligi, mashg‘ulotga kechikib kelishi;
-zarur tayyorgarliksiz kelishi;
-ilmiy atamalarni bilmasligi;
-diqqatni jamlay olmasligi;
-eshitish qobiliyatidagi va tinglash ko‘nikmasidagi kamchiliklar;
-qiziqishning pastligi, fikr yuritishning sustligi;
-dars mavzusi bo‘yicha tayyorgarlik darajasining pastligi;
-manfaatdorlikning kamligi va boshqalar.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalarga tegishli omillar:
-ta’lim vositalarining etishmasligi, ta’mirtalab yoki yaroqsiz holda bo‘lishi, sifatli va zamonaviy vositalarning kamligi;
-mashg‘ulot mavzusini o‘zlashtirish uchun maqsadga muvofiq vositalar turlarini va sonini to‘g‘ri tanlamaslik;
-vositalarni mashg‘ulot boshlanmasidan oldin ishga tayyorlab qo‘ymaslik;
-vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda, interfaol mashg‘ulotlarni yuqorida qisqacha bayon qilingan omillarni hisobga olgan holda tashkil qilish va olib borish bu mashg‘ulotlarning sifati va samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi. Interfaol mashg‘ulotlar o‘ziga xos tashkiliy tuzilishga ega bo‘lib, uni tashkil qilish va olib borish bo‘yicha faoliyat turlari alohida ajratilgan va har biri bo‘yicha alohida vazifalar shaklida nomlar berilgan. Bunda bir mashg‘ulot jarayonida shu mashg‘ulotni olib boruvchi bir vaqtda ushbu turli vazifalarni bajarishi ko‘zda
tutiladi. Shu bilan birga bir mashg‘ulotni ikki yoki uch pedagog yoki yordamchilar birgalikda olib borishi ham qo‘llaniladi. Interfaol mashg‘ulot turlari ko‘p bo‘lib, ularni dars mavzusining xususiyatlari hamda ko‘zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik ko‘riladi. Interfaol mashg‘ulotda ishtirok etish uchun o‘quvchilarning tayyorliklariga o‘ziga xos talablar qo‘yiladi, bular mashg‘ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o‘zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, o‘zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko‘nikmalari va boshqalardan iborat.
Mashg‘ulotda vaqtdan unumli foydalanish zarur shart hisoblanadi. Buning uchun zarur vositalarni to‘g‘ri tanlash, tayyorlash hamda mashg‘ulot o‘tkazuvchilar va ularning vazifalari aniq belgilangan bo‘lishi lozim. Interfaol metodlar bilan an’anaviy ta’lim usullari orasida o‘ziga xos farqlar mavjud bo‘lib, har bir o‘qituvchi bu farqlarni qiyoslashi, ularning bir-biriga nisbatan afzalliklari va kamchiliklarini darsni rejalashtirish va uni o‘tkazish usullarini tanlashda to‘g‘ri hisobga olishi zarur. Bunda yangi bilimlarni berish, ko‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash, amalda qo‘llash mashg‘ulotlarida hamda o‘quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir mavzu bo‘yicha mashg‘ulot uchun eng maqsadga muvofiq bo‘lgan interfaol yoki boshqa metodlarni to‘g‘ri tanlash nazarda tutiladi. To‘g‘ri tanlangan metodlarni qo‘llash mashg‘ulotning qiziqarli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Interfaol metodlar konstruktivizm nazariyasi bilan bog‘liq bo‘lib, bu metodlardan amalda foydalanishda konstruktivizmning quyidagi asosiy xulosalarini hisobga olish lozim: O‘quvchi o‘zi o‘rganishi kerak, aks holda unga hech kim hech narsani o‘rgata olmaydi; O‘qituvchi o‘quvchilarga bilimlarni «kashf qilishga» yordam beradigan jarayonni tashkil qiladi. Bilim borliqdan ko‘chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi. O‘qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko‘rishida metodlar va metodik usullarni tanlash – bu ularning o‘zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo‘yicha muvozanatlashtirish demakdir . Pirovard natijasida talabalar aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit yaratiladi.To‘g‘ri qo‘llanilgan metodlar ob’ektiv voqelikka oid bilimlarmi chuqurlashtiradi va yaxlit
hamda mashg‘ulotning ilmiy- nazariy darajasini oshiradi . Ketma-ket saralangan o‘qitish metodlari ma’lum darajada bilish va kasbiy qiziqishini rivojlantirishga , mustaqil amaliy faolyatni faollashtirishga olib keladi. Ta’lim mazmuning interfaol metodlar bilan aloqasi. Shunday qilib , biz o‘qitish metodlarini tanlashni takomillashtirishning birinchi muhim shartini ularni tizimlashni , o‘quv jarayonini rejalashtirish muolajalariamaliyotida qo‘llash bilan bog‘liqlikni aniqlashtiradigan yaxlit yondashuvni tavsifladik . Pedagogikada an’anaviy metodlarni tanlash mezonlari katta miqdorda ishlab chiqilgan , keyingi yillarda didaktik olimlarning ishlarida ularning yigirmadan ortig‘i keltiriladi .

Download 0,5 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy

Download 0,5 Mb.