|
Interfaol metodlarni tanlash mezoni
|
bet | 18/22 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #254810 |
Bog'liq kurs ishi Davitova Gulmira (3) (4)Interfaol metodlarni tanlash mezoni – ularning ta’lim va tarbiyani rivojlantirish masalarni yechishga yuqori yo‘nalganligidir. Bu mezon turli xil metodlarni u yoki bu doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo‘li bilan joriy etiladi , chunki ijtimoiy tajriba elementlarini o‘zlashtirishda ularning imkoniyatlari turlichadir . Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni xususiyatiga mos kelishdir. Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi . Shu boisdan bu mezonning hisobga olinishi shubhasiz . Bir metod yordamida mavzu mazmuni to‘laroq ochib berilsa , boshqasi uni ijobiy o‘zlashtirishga imkon tug‘diradi . Interfaol metodlarning tanlashning yana bir mezoni ularning talabalar o‘quv imkoniyatlariga to‘liq mos kelishi , ya’ni samarali o‘quv faoliyati uchun ichki va tashqi shart- sharoitlarining birligini ta’minlashdir . Interfaol o‘qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy imkoniyatlariga mos kelishi lozim.Bu pedagogning o‘qitish metodlari nazariyasi va amaliyoti bilan o‘qitsh jarayoning qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini hisobga oladi. Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan keyingisi-ularning o‘quv jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir.Darvoqe, o‘qitishning yalpi,guruhli va individual shakllari turlicha metodlarni talab etadi . Misol uchun debat metodi ikki talaba o‘rtasidagi bahs hisoblansa, “aqliy hujumda” guruhdagi barcha talabalarning ishtiroki zarur bo‘ladi. Interfaol mtedlarning pedagogik texnologik prinsiplariga mos kelishi umumlashtiruvchi mezon
hisoblanadi.Ma’lumki,pedagogik texnolgik ham ma’lum qonuniyatalar asosida loyihalanadi va o‘quv jarayonini tashkil etishga asos yaratadi, joriy qilingach esa yakuniy natijani,talabaning u yoki mavzuni mustaqilligini ta’minlaydi. Ta’limning umumiy maqsadidan kelib chiqib o‘qitishning ayni bosqichidagi tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalarni yechish zaruratni hisobga olgan holda ajratilgan variant tahlillanadi va baholanadi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay ,qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish,ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish,shuningdek,o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish,ular tomonidan egallangan bilim,ko‘nikma,malaka darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi. Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra subyektiv xususiyatiga ega, ya’ni , har bir pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini o‘z imkoniyati,kasbiy mahoratidan kelib chiqib holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar:
-pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish;
-o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish;
-o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
-o‘quvchilarda mustaqil,erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
-o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
“Fikriy hujum” metodi o‘quvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash,ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish ,muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash,shuningdek,ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabli bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rgatish uchun xizmat qiladi. “Fikriy hujum” metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib,uning asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga
nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash,har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir.Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muffaqiyatli foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi.”Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog‘ida o‘quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg‘ulot bir soatga qadar tashkil etilishi mumkin.
“Yalpi fikriy hujum” metodi J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib,uni bir necha o‘n nafar o‘quvchilardan iborat sinflarda qo‘llash mumkin. Metod o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladei.Har biri 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haiqda guruh a’zolaridan biri axborot beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi.Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg‘ulot jarayonida guruh a’zolarininig faoiyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.
“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi. Mazkur metod E.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan hamda G.YA.Bush tomonidan qayta ishlangan. “Fikrlarning shiddatli hujumi” metodining mohiyati jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir ta’lim oluvchining shaxsiy inikoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda ta’lim oluvchilarda ma’lum jamoa (guruh) tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g‘oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iboratdir.Ushbu metoddan foydalanishga asoslangan mashg‘ulot bir necha bosqichda tashkil etiladi. Ular quyidagilardir:
bosqich. Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’lim oluvchilarni o‘zida biriktirgan hamda son jihatidan teng bo‘lgan kichik guruhlarni shakllantirish.
bosqich. Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash.
bosqich. Guruhlar tomonidan muayyan g‘oyalarning ishlab chiqilishi (topshiriqlarning hal etilishi).
bosqich. Topshiriqlar yechimlarini muhokama etish, ularni to‘g‘ri hal etilganligiga ko‘ra turkumlarga ajratish.
bosqich.Topshiriqlar yechimlarini qayta turkumlashtirish, yani, ularni to‘g‘rilik darajasi, yechimni topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan bayon etilishi kabi mezonlar asosida baholash.
bosqich. Dastlabki bosqichlarda topshiriqlar yechimlari yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida yagona xulosaga kelish.
“Muammoli vaziyat” metodi orqali umumkasbiy fanlarning nazariy va amaliy asoslarini o‘qitishda muammoli vaziyatlarni yaratish natijasida talabalar bilim, ko‘nikma va malakalarni faol o‘zlashtirishga erishiladi.
Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda muammoli vaziyat pedagogik turkum fanlari hamda umumkasbiy fanlarning integratsiyasi, ya’ni didaktik sintezi va fanlararo aloqadorlik darajasi faoliyatida pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyat (topshiriq)lar yechimini topish orqali amalga oshirishi lozim.
Muammoli vaziyat - bu bilim olish maqsadida maxsus yaratilgan aqliy faoliyat holatidir. Bunday vaziyat zaminida ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarning xotirada qolganligini tekshirish va yangi masalani yechish uchun aqliy yoki amaliy ishlash usuli yotadi.
Texnologik ta’limda muammoli vaziyat asosida o‘qitish talabalarni har tomonlama rivojlantiradi, jumladan, ijodiy idrok etish qobiliyatini o‘stiradi. Muammoli ta’limning texnologik ta’limi darslaridagi ajralib turadigan xususiyati shundan iboratki, unda bilimlar talabalarga tayyor holda bayon etilmaydi, balki talabalarga berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishlari uchun bir yoki bir necha muammo qo‘yiladi. Mustaqil izlanishlar jarayonida ilmiy-texnik bilimlarning
talabalar tomonidan egallanishi yetarli darajada puxta va ongli bo‘lib, ularda zamonaviy dunyoqarashni tarkib toptirish uchun baza yaratadi.
Muammo - o‘zida undagi hal qilishi uchun mavjud bo‘lgan vositalar (bilish, uddalsh, izlanish faoliyatining tajribasi) asosida qabul qilingan muammoli vaziyatni ifodalaydi. Shuning uchun ham, har qanday muammoda muammoli vaziyat mavjud bo‘ladi, ammo har qanday muammoli vaziyat muammo hisoblanmaydi.
Muammoli vaziyatlar o‘quvchilarning bolg‘usi kasbiy-pedagogik faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hayotiy, amaliy dalillar, jarayonlar asosida yaratiladi. Talabalar tomonidan muammolarning yechimini topishda quyidagi ketma-ketlikka rioya qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
Muammoli vaziyat tavsifini keltirish.
Guruhni kichik guruhlarga bo‘lish.
Guruh talabalari tomonidan muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlash.
Muammoli vaziyatni keltirib chiqaruvchi sabab va oqibatlar to‘g‘risida fikr- mulohazalarni ilgari surish.
Muammoli vaziyatning maqbul yechimini ishlab chiqish.
Muammoli vaziyatning yechimini to‘g‘ri va aniq topilganligini isbotlash. Yozma topshiriqning ushbu turida talabalardan quyidagi ikki topshiriqni bajarish: mazkur mavzu bo‘yicha ular nimalarni o‘rganganliklarini mustaqil bayon etish va ular baribir javobini ololmagan bitta savol berish so‘raladi.
|
| |