|
Detoks ichimligi: Qulupnay va yalpiz
|
bet | 21/22 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #254810 |
Bog'liq kurs ishi Davitova Gulmira (3) (4)
Suv organizm uchun juda foydali bo‘lib, sabzavotlar, mevalar va har xil ko‘katlar bilan esa ikki karra foydaliroqdir. Agar oddiy suvga birozgina maza kiritsak, suvning kunlik me’yrini ichish osonroq bo‘lar edi. Bunday ichimlik issiq kunlarda teri va sochlarni namlantirib, organizmdagi ortiqcha zararli moddalarni chiqarib tashlaydi.
rasm
Limonad
Limonad yoz faslida eng sevib ichiladigan ichimliklardan biridir. Yorqin rangli, nordongi ta’mli bu ichmlik bilan jazirama yoz sizga qo‘rquv solmaydi. Bu ichimlikni uyda tayyorlash sirini sizlarga ham oshkor qilamiz. Limonad chanqoqni yaxshi bosib, vitaminlar bilan organizmni boyitadi.
rasm
Mazali va chanqoqbosdi ichimliklarni uyda tayyorlash mumkin bo‘lib, ular ham yoqimli ham foydalidir. Bugun shulardan biri Ice tea ichimligini uy sharoitida to‘g‘ri tayyorlashni bilib olasiz.
rasm
III.Xulosa
Bugungi kunda ta’lim jarayonini modernizatsiyalash, o`quv mashg‘ulotlarini yanada takomillashtirish ta’lim tizimining oldiga qator vazifalarni qo`ydi. Vazifalar bilan bir qatorda mavjud muammolar o`z yechimini topdi, yo`l qo`yilgan kamchiliklar bartaraf etildi.
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarni mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash - bu unda mehnatga nisbatan uning yoshiga muvofiq keluvchi ongli va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko‘nikmalarni egallashga qiziqishni shakllantirish demakdir.O‘quvchilarning to‘g‘ri yo‘naltirilgan mehnat jarayonlari diqqatni bir yerga to‘plashni, serharakatlilikni, qiyinchiliklar bo‘lishiga
qaramasdan, boshlagan ishini oxirigacha yetkaza olish odatlarini tarbiyalashga, o‘quvchilarning ijodiy tashabbusini o‘stirishga imkon beradi.
Texnologiya fani predmeti boshqa fanlardan umuman farq qiladi. Masalan, fizika yoki matetmatika fanlari o‘n yillar davomida yangi bilimlar bilan boyitilib boriladi. Texnologiya fani bo‘yicha esa har yili yangiliklar bor. Ishlab chiqa¬rish sohasiga ko‘plab yangi texnologiyalar joriy etiladi. Shuning uchun bu fan o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borilishi kerak.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yaqin kelajakda o‘quvchilarni kasbiy ta’limga yo‘naltirish maqsadida superustaxonalar, bolalar texnoparklari, “Kvantorium” va boshqa zamonaviy parklar ochish ko‘zda tutilmoqda. O‘quvchilar kompyuter va vibrostendlar bilan jihozlangan bu maskanlarda kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan birga robo, kosmo, nano, bio, IT yo‘nalishlarida ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladilar.
Ta’limning yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda, bu vazifani bugungi kunda oliy ma’lumotli, yuksak professional mahoratga ega bo‘lgan pedagog kadrlar bajarmoqda.
|
| |