• Yaxna ichimliklar. Qahvali ichimlik.
  • Qaymoqli qahva.
  • Sutli kakao.
  • Sutli kokteyl
  • Sovuq kofe.
  • O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy




    Download 0,5 Mb.
    bet14/22
    Sana27.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #254810
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
    Bog'liq
    kurs ishi Davitova Gulmira (3) (4)

    Varshavacha sutli qahva. Odatdagicha qora qahva tayyorlanadi. Unga sut qo‘shilishini hisobga olib quyuqroq tayyorlanadn. Pishirib suzib olingan qahvaga qaynoq sut, shakar qo‘shib qaynatiladi. Tarqatishda stakan yoki qahva idishlariga qo‘yib beriladi. Ustiga qaynatishda ajratib olingan sut qaymog‘idan solib berish ham mumkin.
    Yaxna ichimliklar. Qahvali ichimlik. Qahvali ichimlik mahsuloti idishga solinib, ustidan qayvab turgan suv qo‘yiladi, qaynatilib, 3-5 daqiqa tindiriladi. So‘ng uni boshqa idishga quyib, shakar, qaynoq sut qo‘shib yana qaynatiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalariga kakao va sho‘qolad quruq un ko‘rinishida keltiriladi.
    Sho‘qolad tarkibida ma'lum darajada shakari bo‘ladi. Kakao va sho‘qolad tarkibida yog‘i bo‘lgani sababli, ularni ozuqaviy ahamiyati yuqori hisoblanadi. Bundan tashqari ularning tarkibida asab to‘qimalariga, yurak faoliyatiga ta'sir etuvchi moddalar ham bor.
    Qaymoqli qahva. Shakar qo‘shib damlangan qora qahva stakanlarga qo‘yiladi. Har bir stakan ichiga 1 choyqoshiq qand uni bilan atalangan 1 oshqoshiq qaymoq solinadi.
    Muzqaymoqli qahva. Damlab, so‘ng suzilgan qahvaga shakar qo‘shiladi va sovitiladi. Dasturxonga tortishdan oldin sovuq, qahva solingan har bir bo‘qal yoki fujyerga bir bo‘lak (50 g) dan qaymoqli muzqaymoq solinadi.
    Sharqcha (turkcha) qahva (kerakli masalliqlardan biri). Maxsus qahva damlanadigan kastryulka («turke»)da shakarli suv qaynatiladi, so‘ng ichiga yanchilgan sikoriysiz tabbiy qahva syepiladi; qahva ko‘tarila boshlagach, kastryulka olovdan olinadi va bir ozdan keyin yana qaynog‘iga yetkaziladi. Dasturxonga quyqasi bilan (suzmasdan) kastryulkada tortiladi. Quyqasi kastryulka tagiga cho‘kkach (tezroq cho‘kishi uchun 1 choyqoshiq qaynagan sovuq suv quyish mumkin), piyolalarga qo‘yiladi. Kichkina piyola qahva (50-55 g suv) uchun 1 choyqoshiq tabbiy qahva va ta'mga ko‘ra shakar kerak bo‘ladi.
    Sutli kakao. Kakao uni shakar bilan aralashtirilgandan so‘ng ustidan ozroq qaynab turgan sut yoki suv quyib bir xil aralashma hosil bo‘lguncha, aralashtiriladi. Shundan so‘ng ingichka naycha usulida qolgan sut qo‘yilib aralashtiriladi va qaynatiladi. Kakaoni stakan yoki qahva idishida tarqatiladi. Kakaoni ko‘pirtirilgan qaymoq bilan ham tarqatish mumkin.
    Sutli kokteyl. Bu ichimlik maxsus ko‘pirtirib aralashtiruvchi mashinalarda tayyorlanadi. Mashinaning Metall stakaniga sovuq. sut, muzqaymoq, meva shakarli sharbati solinib 1 daqiqa davomida mashinada ko‘pirtiriladi. Ko‘pirtirilgan kokteyl shu zaxoti stakanga quyib iste'mol qilinadi. Rezavor meva sharbati turiga qarab bu kokteyllar urikli, olchali, kofeli bo‘lishi mumkin. Sovuq xolda ichimlik sifatida choy, kofe ham berilishi mumkin.
    Sovuq kofe. Yukorida ko‘rsatilgan usulda shakarli qora kofe tayyorlanib, suzilib, 5°C xaroratgacha sovitiladi. Tarqatishda kofega limon qo‘shib beriladigan idishga quyib ustiga ko‘pirtirilgan qaymoq quyib beriladi.



      1. Download 0,5 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy

    Download 0,5 Mb.