|
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy
|
bet | 12/22 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #254810 |
Bog'liq kurs ishi Davitova Gulmira (3) (4)Choy damlash. Chinni choynak qaynab turgan suvda chayib tashlanadi, so‘ng quruq choy solinib, choynakning 1G`3 qismiga qaynab turgan suv qo‘yiladi, qopqog‘i yopilib, usti sochiq bilan yopib qo‘yiladi. 5-10 daqiqa davomida choy damlanadi. Damlangan choyning ustidan qaynab turgan suv quyib, choynak to‘ldiriladi va bir oz tindirilib tayyor holga keltiriladi. Agar g‘isht-sifat ko‘k choy bo‘lsa, uni damlashdan oldin maydalanadi. Damlangan choyni plita chetida uzoq saqlash yoki qaynatish taqiqlanadi, chunki bunda choy o‘ziga xos qo‘lansa hidga ega bo‘lib, o‘z sifatini yo‘qotadi. Damlanib suyuqligi ajratilgan choy shamasi ustiga quruq choy solib choy damlash ham, bu ma'lum darajada, damlangan choy sifatiga ta'sir ko‘rsatadi. Damlangan choy bir soat davomida o‘z sifatini saqlab turadi.
Choylarni tarqatishda damlangan choy stakanga qo‘yilib, stakan osti idishiga choy qoshig‘i bilan qo‘yib beriladi. Alohida maxsus kichik taqsimchalarda qand, shakar, murabbo, limon parragi, konfet, taqsimchalarda shirinliklar, gumma, tort, qandolatchilik mahsulotlari; chuqur idishlarda sut, qaymoq beriladi. Bundan tashqari choyni portsiyalangan stakanda damlash uchun mo‘ljallab qadoqlangan maxsus qopchiqda xam berish mumkin. Alohida choynakda qaynagan suv beriladi. Choyxonalarda damlangan choy kichkina chinni choynaklarda beriladi. Bir vaqtning o‘zida katta choynakda qaynagan suv, stakan va choyqoshiq beriladi. Agar shakarli choy ko‘proq miqdorda tayyorlab tarqatiladigan bo‘lsa, choy damlanayotgan paytda unga shakar qo‘shib tayyorlash mumkin. Choylarni tarqatishda turli shiravorlar va non mahsulotlarini tavsiya qilish mumkin. Jumladan, konfet, sho‘qolad, pryanik, pirojniy, pechenye, pirog va boshqalar. Ko‘k choy shakarsiz, piyolada. ichiladi, unga sharq qandolat mahsulotlari, kishmish, bargak qo‘shib beriladi.
Kakao. Kakao tropik kakao daraxtining urug‘idan tayyorlanadigan porosho‘q. Tarkibida 15% gacha yog‘ bor. Kakaodan issiq va sovuq ichimliklar tayyorlanadi, shuningdek shirinliklar (krem, morojniy), pomadka, shakar, qiyom va boshqalarga qo‘shiladi. Issiq kakao (1 stakan) kichik kastryulkaga 2 choy qoshig‘ida kakao poroshogi, shakar (ta'bga ko‘ra), biroz sut solib, porosho‘q qumoqlari yo‘qolguncha eziladi. Hosil olovdan olinadi.
|
| |