|
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy
|
bet | 9/22 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #254810 |
Bog'liq kurs ishi Davitova Gulmira (3) (4)KOMPOTLAR
Kompotni bir xil yoki turli xil mevalardan tayyorlasa bo‘ladi. Olma, nok, behi, shaftoli, o‘rik , olxo‘ri, olcha, tog‘olcha, gilos odatda oldin qaynoq qand sharbatida qaynatib olinadi. Yer tut, qulupnay, malina, qora smorodina, qovun, uzum , mandarin, apelsin, ananas, banan, tarvuz kompotga xomroq holida solinadi. Juda pishib ketgan olcha va gilos, qaynatilganida tez ezilib ketadigan olma (antonov olmalari, aport), pishib o‘tib ketgan nok, dyushes nokni ham qaynatish yaramaydi, ularni zanglamaydigan idishga solib, ustiga tayyorlab qo‘yilgan qaynoq sharbat quyish, so‘ngra kompotni sovitib qo‘yish kerak. Kompotni nordon qilish uchun unga limon kislota qo‘shiladi. Qandli diabet kasalligi bilan og‘rib yurgan kishilarga kompotni qandsiz yoki qand o‘rnini bosadigan modda (sorbit) qo‘shib tayyorlab beriladi.
Olma yoki nokdan. 500 g olma yoki nokka 3 /4 stakan shakar, 2 litr suv. Olma yoki nokni suvda yuvib, sakkiz qismga bo‘linadi (katta-kichikligiga qarab), o‘rtasi urug‘lari bilan birga olib tashlanadi, kastrulkaga solinib, ustidan ozgina limon
kislota qo‘shilgan sovuq suv quyiladi. Shu kastrulkaning o‘ziga shakar solinib, ikki stakan qaynoq suv quyiladi va mevasi yumshaguncha past olovda 10-15 minut (mevaning naviga qarab) qaynatiladi. Tayyor kompotga limon, apelsin sedrasi yoki dolchin qo‘shib qo‘yiladi. Kompot pishgan antonov olm alaridan tayyorlanadigan bo‘lsa, ularni (qaynatmay) qaynab turgan sharbatga solish, olovdan olib sovitish kerak.
Behidan. 250 g behiga 20 g shakar, suv. Behi iliq suvda yuvilib, to‘g‘raladi (yiriklarini 8-12 bo‘lak qilib), o‘rtasi urug‘lari bilan birga olib tashlanadi, idishga solinib, ustiga sovuq suv quyiladi (suv behi bo‘laklarini ko‘mib turadigan bo‘lishi kerak), limon kislota qo‘shiladi. Olovga qo‘yilib, qaynab chiqqanidan keyin shakar qo‘shiladi-da, behi yumshaguncha yana qaynatilaveradi. Meva pishganidan keyin olovdan olinib sovitiladi. Hidini xushbo‘y qilish uchun kompotga limon sedrasi yoki limon suvi qo‘shiladi.
Turli ho‘l mevalardan. 250 g olma, 350 g nok, 50 g uzum , 250 gtarvuzga 200 g shakar, 2 stakan suv. Olma yoki nokni qand sharbatida alohida qaynatib, olovdan olinadi. Olmali iliq sharbatga yuvilgan uzum , nokli sharbatga esa po‘chog‘i va urug‘laridan tozalangan va mayda qilib to‘g‘ralgan tarvuz bo‘laklari solinadi. Ikkala kompot sovitiladi. Dasturxonga tortish oldidan mevalami vazachalar, salat idishlari, taqsim chalarga solib, ustiga sharbat quyib beriladi. Boshqa har qanday mevalardan ham xuddi shu tariqa kom pot tayyorlanadi. Olma, nok, olxo‘ri (tog‘olcha), olcha, gilos, shaftoli, behi sharbatda qaynatib olinadi, uzum , tarvuz, qovun, apelsin, m andarin, ananas, banan, qulupnay, yertut esa qaynoq sharbatga solinib, darrov olinadi.
|
| |