• Gazak uchun buterbrodlar (kanapelar).
  • O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy




    Download 0,5 Mb.
    bet5/22
    Sana27.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #254810
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    kurs ishi Davitova Gulmira (3) (4)

    Yopiq buterbrodlar (sandvichlar). Oq baton non qobig‘i tozalanib, ko‘ndalangiga ikkiga bo‘linib, uzunasiga 0,5 sm qalinlikda yupqa kesiladi. Non ustidan sariyog‘ surtilib, ustidan yupqa kesilgan mahsulot (go‘sht, baliq, baliq uvuldurug‘i yoki pishloq va hokazo) qo‘yib, ustidan sariyog‘ surtilgan ikkinchi non bo‘lagi bilan berkitilib, yengil bosib qo‘yiladi va kengligi 7-8 sm qilib kesiladi. Sandvichlar 2 yoki 3 qavatli yoki aralash mahsulotli qilib tayyorlanadi. Bunday usulda tayyorlangan buterbrodlarga bug‘doy uni bulochka-nonchalari bilan tayyorlanadigan dorojniy buterbrodlar kiradi. Buning uchun noncha ko‘ndalangiga o‘rtasidan kesilib, bir cheti o‘zaro ilinadigan holda qoldirilib, kesilgan yuzaga yupqa sariyog‘ surtilib, noncha orasiga yupqa kesilgan mahsulot qo‘yiladi. Mahsulot bilan birga yangi yoki konservalangan, achchiq bo‘lmagan qalampir, ko‘k piyoz va boshqalar yupqa kesib qo‘yilishi mumkin. Mahsulot sifatida pishloq, kolbasa, qovurilgan yoki pishirilgan go‘sht, kotlet va boshqalar ishlatiladi.
    Gazak uchun buterbrodlar (kanapelar). Gazak uchun tayyorlanadigan buterbrodlar uchun suvi qochgan oq bug‘doy non, qora javdar noni yoki qatlama xamirdan tayyorlangan mahsulotlar ishlatiladi. Biroz suvi qochgan bug‘doy yoki javdar noni qobig‘idan tozalanib, qalinligi 1 -1,5 sm, kengligi 5—6 sm qilib kesiladi, sariyog‘ yoki margarinda yuzaki qovurilib, sovitiladi va yuziga yupqa sariyog‘ surtiladi. Go‘sht, baliq, pishloq, kolbasa yoki boshqa mahsulotlar kengligi 0,5—1 sm dan, qalinligi 2—3 mm dan lenta shaklida kesilib tayyorlangan non ustiga qo‘yiladi va ularning orasi ko‘kat, ko‘k piyoz, pishirib chopilgan tuxum bilan to‘ldirib, qandolatchilik qopchig‘idan foydalanib sariyog‘, qaymoqlar setka yoki jimjimador bezaklar ko‘rinishida ham bezaladi. Buterbrodlarni tayyorlashda bir xil
    yoki bir necha xil mahsulotlardan foydalanish mumkin. Tarqatishdan avval tayyorlangan buterbrodlar kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak yoki romb shaklida porsiyasiga 2-6 dona hisobida kesiladi. Diametri 4 sm qilib doira shaklida kesilishi ham mumkin. Doira chetlari seld yoki jimjimador qilib, o‘rtasi ko‘k piyoz, sariyog‘, chopilgan tuxum, zaytun mevasi va boshqa mahsulotlar bilan bezaladi. Gazak uchun buterbrodlarga ishlatiladigan nonni qovurmay ishlatish ham mumkin.

    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy

    Download 0,5 Mb.