|
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy
|
bet | 3/22 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #254810 |
Bog'liq kurs ishi Davitova Gulmira (3) (4)Kurs ishining obyekti : Umumta'lim maktablarida Texnologiya darslari
Kurs ishining predmeti :Umumiyo‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya fanini o`qitishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalarni o`tkazish metodikasi va ilmiy asoslari.
Kurs ishining me’yoriy-huquqiy asoslari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g‘risida”gi PQ-4884-sonli qarori, O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g‘risida”gi 2020-yil 23- sentabrdagi O`RQ-637-sonli qonuni.
Kurs ishining strukturaviy tuzilishi
Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovadan iborat.
Asosiy qism
O‘quvchilarga buterbrodlar va issiq ichimliklar haqida ma’lumot berish.
Buterbrodlar ko‘p ishlatiladigan gazak turi hisoblanadi. Ular uchun bug‘doy yoki javdar nonlari qobig‘i bilan yoki qobiqsiz holda 1 sm qalinlikda kesib tayyorlanadi. Buterbrodlar uchun go‘sht, baliq, gastronom mahsulotlari, pazandachilik mahsulotlari, pishloqlar, pishloq massalari, povidlo, djem, tuxum, sariyog‘, yog‘ aralashmalari, har xil sardaklar, sabzavotlar, mevalar va boshqa mahsulotlar ishlatiladi. Bu mahsulotlarta'mi, rangi bilan bir-birining xushxo‘rligini oshiradigan bo‘lishi lozim. Buterbrodlar uchun mahsulot yupqa kesilishi va non
ustini to‘liq berkitishi kerak. Mahsulot turiga qarab buterbrod ustiga 1-3 bo‘lakdan kesilishi mumkin, lekin undan ortiq bo‘lakda kesish tavsiya etilmaydi.Buterbrodlarni tayyorlashda mahsulotlar iste'molga tarqatishdan avval kesilishi lozim, agar iste'molga tarqatish jarayoni biroz cho‘zilib qolsa, mahsulot 30—40 minutgacha sovuq xonada saqlanishi kerak. Buterbrodlar tayyorlanishi bo‘yicha ochiq, yopiq (sandvich) va gazak uchun (kanape) tayyorlanadi.
|
| |