|
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy
|
bet | 8/22 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #254810 |
Bog'liq kurs ishi Davitova Gulmira (3) (4)
O‘zbek milliy shirin taomlari har bir hudud va nohiya urf-odatlariga qarab o‘ziga xos usullarda tay-yorlanishi sababli ularning mahalliy nomlari-har xildir. Hozirgi vaqtda shirin taomlarning ko‘p tay-yorlanib, bir xil nomlanadiganlariga talqon, holvay-tar va chak-chaklar kiradi. Ularning bir-biridan farqi pishirilishi va dasturxonga tortilishi bilan birga ishlatiladigan masalliqlariga ham bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbek milliy ichimliklari sovuq yoki issiq holda tortilishi mumkin. Ichimliklar ichida ko‘p tarqagani choydir. Mahalliy xalqlar iste’molida ishlatiladi-gan choylar ko‘k va qora choylar hisoblanadi. Choylar-nyng chanqov bosish va tetiklashtirish xususiyati Urta Osiyo iqlimiy sharoitiga moye kelganligi sababli bu yerda ularning boshqa joylarga nisbatan iste’molda-rajasi yuqoridir. Choylarni iste’molga tayyorlash va tarqatishning bir necha turlari qo‘llaniladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida shirchoy, oqchoy, dolchinli asal choy, mevali choy, rayhonli choy, qulupnay choy va boshqa choylar damlab tarqatilishi mumkin. Bundan tashqari, choylar damlangan holda choynaklarda, alohi-da o‘zbek milliy non turlari, milliy usulda quritil-ganmevalar (o‘rik, bargak, magiz va boshqalar), mil-liy qandolatpazlik mahsulotlari( pashmak, parvarda, novvot va boshqalar) bilan tarqatilishi ham mumkin. Sovuq holda tarqatiladigan „ichimliklarga mevali choy, rayhonli choy, ayron, olma-anor ichimligi, qulup-nai, sharbati, anor sharbati, olcha sharbata va boshqa-lar kiradi. Yezning issiq kunlarida chanqoq bosuvchi ichimliklardan yaxna choyning o‘ziga xos xususiyati bor. Ayron ma’lum darajadagi ozuqali ahamiyati bilan birga chanqovni qondiruvchi, kishi taniga salqinlik baxsh etuvchi xususiyati bylan ajralib turadi.
ICHIMLIK TAYYORLASH UCHUN KERAKLI ASBOBLAR
Choy dam lash, kisel yoki kompot tayyorlash uchun odatdagidan boshqacha alohida idish bo‘lishining hojati yo‘q. Biroq dasturxonni turli-tuman ichimliklar bilan bezab, to‘kin qilish uchun , borlariga qo‘shimcha qilib, tegishli maxsus asbob but qilib qo‘yishga to ‘g‘ri keladi. Mikser yoki aralashtirgich, sheyker (chayqatib aralashtirish uchun og‘zi berk idish) qo‘llagan ma’qul, ammo bu asboblar o‘rniga ba ’zan oddiy shisha banka yoki bo‘ydor shisha stakandan foydalansa ham
bo‘laveradi. Bunda ichimlikni uzn dastali qoshiq yordamida tayyorlanadi.B undan tashqari, har xil meva, sabzavotlar suvini olish uchun meva pishirgich va meva ezgich, meva va ildizlarini maydalab qirish uchun qirg‘ich, masalliqlarini tortib olish uchun tarozi va suyuqliklar uchun o‘lchov stakani, ichimliklar tayyorlash vaqtiga qarab turish uchun soat kerak bo ‘ladi. Ishlatiladigan idish chinni, sopol yoki sirlangan idish bo‘lishi kerak, alumin idishdan foydalansa ham bo‘adi. Ziravorlarni saqlash uchun tunuka qutichalar tutiladi, lekin huddi shu maqsadga mo‘ljallangan fayans bankachalardan foydalanish ham mumkin. Tuxum va qaym oqni urib ko‘pirtirish, qorishtirish uchun suv idish yoki chil cho‘p ishlatiladi. Sabzavot va mevalarni artish va to ‘g‘rashga zanglam aydigan po‘lat pichoqlar tutiladi. Apelsin va limonlarga mayda tishli arrachasi bo‘ladigan pichoq ishlatilsa, ular yaxshi kesiladi. Masalliqlarni yuvish, ezish va suzib o ‘tkazish uchun chovli, elak, doka yoki surp xaltacha bo‘lishi kerak. Mikser yoki sheykerda tayyorlangan ichimlik suzgich (streyner)dan o 'tkazib , muzdan ajratib olinadi. Muz bo‘lakchalari va meva donlari qoshiq yoki maxsus qisqichlar bilan stakanlar yoki qadahlarga olib solinadi.
|
| |