|
An’anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar
|
bet | 16/22 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #254810 |
Bog'liq kurs ishi Davitova Gulmira (3) (4)
№
|
Asosiy
tushunchalar
|
An’anaviy dars
|
Interfaol dars
|
1
|
Qo‘llanish darajasi
|
Barcha mavzular bo‘yicha ular uchun qulay bo‘lgan dars turlari shaklida qo‘llaniladi.
|
Ayrim mavzular bo‘yicha interfaol darsning qulay bo‘lgan turlari shaklida qo‘llaniladi. Boshqa
mavzular uchun
an’anaviy dars qo‘llaniladi
|
2
|
Dars maqsadi
|
Dars mavzusi bo‘yicha
bilim, ko‘nikma,
|
Dars mavzusi bo‘yicha
mustaqil fikrlash,
|
|
|
malakalarni shakllantirish, mustahkamlash.
|
xulosaga kelish, ularni bayon qilish,
himoyalashga o‘rgatish.
|
3
|
O‘qituvchining vazifalari va ish usullari
|
Yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, nazorat, topshiriqlar berish.
|
O‘quvchilarning mustaqil ishlashlarini va taqdimotlarini tashkil qilish, boshqarish, nazorat, yakuniy
xulosalarni asoslab
berish.
|
4
|
Darsga tayyorgarlikka talablar
|
Dars rejasi, konspekt va didaktik vositalarni tayyorlash.
|
Interfaol dars ishlanmasi, mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, tarqatma materiallar, boshqa zarur
vositalarni tayyorlash.
|
5
|
O‘quvchilar tayyorgarligiga talablar
|
Oldingi dars bo‘yicha vazifalarni bajarib kelish.
|
Yangi dars mavzusi bo‘yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni
bilish.
|
6
|
O‘quvchilarning vazifalari va ish usullari
|
O‘qituvchini tinglash va o‘zlashtirish, berilgan topshiriqlarni bajarish.
|
O‘qituvchi bergan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha mustaqil fikrlash, o‘z fikr, xulosalarini boshqalarga solishtirish va yakuniy
xulosaga kelish
|
7
|
Vaqt taqsimoti
|
Dars vaqtining ko‘p qismi
o‘qituvchining yangi
|
Dars vaqtining ko‘p qismi
o‘quvchilarning mustaqil
|
|
|
mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi, o‘zlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi.
|
topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o‘z xulosalarini bayon qilishi va himoyalashiga
sarflanadi.
|
8
|
Darsning modul va algoritmlari
|
Darsning modul va algoritmlaridan har bir o‘qituvchi o‘zi qo‘llayotgan metodga muvofiq
foydalanadi.
|
Har bir dars oldindan tayyorlangan modullar va algoritmlarga, loyihalarga muvofiq o‘tkaziladi.
|
9
|
O‘quvchilardan talab qilinadigan faollik darajasi
|
O‘qituvchi har tomonlama faol, o‘quvchilar diqqatni jamlash, tushunish, fikrlash, topshiriqlarni bajarish bo‘yicha faol.Muloqot shakllari:o‘qituvchi-guruh; o‘qituvchi-o‘quvchi; o‘quvchi-o‘quvchi; o‘quvchi-o‘qituvchi;
guruh-o‘qituvchi;
|
O‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham har tomonlama faol. Hamkorlik, hamijodkorlik shakllari: o‘qituvchi-o‘quvchi; o‘quvchi-o‘quvchi; o‘quvchi-kichik guruh;kichik guruh- kichik guruh;o‘quvchi- o‘qituvchi; kichik guruh- o‘qituvchi;
guruh-o‘qituvchi.
|
10
|
Bilimlarni o‘zlashtirishning asosiy usullari
|
Muloqot, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil, mushohada, mutolaa va
boshqalar.
|
Muloqot, mutolaa, mushohada, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza,
tahlil va boshqalar.
|
11
|
Mashg‘ulot shakllari
|
Ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘uloti, davra suhbati, bahs, munozara, konsultastiya va boshqalar.
|
Ma’ruza, guruh yoki juft bo‘lib ishlash, taqdimotlar, bahs, munozara, davra suhbati, amaliy ishlar va
boshqalar.
|
12
|
Kutilayotgan natijalar
|
Mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirishlari.
|
Mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning o‘z fikr, xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga
o‘rgatish.
|
jadval
Bu jadvalda hajm oshib ketmasligi uchun fikr juda qisqa bayon qilindi. Jadvalda keltirilgan farqlar shu ikki mashg‘ulot turining bir-biriga nisbatan afzal va kamchilik tomonlarini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Interfaol mashg‘ulotning ushbu jadvalda ko‘rsatilgan ayrim jihatlarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: O‘quv rejadagi fanlarni o‘qitishda qaysi mavzular bo‘yicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda hap bir mavzu bo‘yicha mashg‘ulotning maqsadiga to‘liq erishishni ta’minlaydigan interfaol yoki an’anaviy mashg‘ulot turlaridan foydalanish ko‘zda tutiladi.
Interfaol mashg‘ulotning samarali bo‘lishi uchun o‘quvchilar yangi mashg‘ulotdan oldin uning mavzusi bo‘yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash zarur. Interfaol mashg‘ulotda o‘quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an’anaviy mashg‘ulotga nisbatan ko‘p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur. Shularga o‘xshash farqlarning ijtimoiy hayotdagi ta’siri to‘g‘risida bir necha asr muqaddam A.Navoiy o‘zining mashhur «Mahbub ul-qulub» asari muqaddimasida shunday yozgan edi: «Umid ulkim, o‘qig‘uvchilar diqqat va
e’tibor ko‘zi bila nazar solg‘aylar va har qaysisi o‘z fahmu idroklariga ko‘ra bahra olg‘aylar…». Bunda shu asarni har kim turlicha, ya’ni o‘z fahmi idroki darajasidagina tushunishi, o‘zlashtirishi, foyda ola bilishi va amalda qo‘llay bilishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, bundan biz interfaol ta’lim usullarining an’anaviy usullardan asosiy farqlari to‘g‘risida yuqorida aytgan xulosalarimizni yanada qisqa qilib, o‘quvchilarning fahmu idroklarini o‘stirishdan iborat, deb ifodalashimiz mumkin.
Bunda ta’kidlash lozimki, interfaol ta’lim usullari O‘zbekistonda qadim zamonlardan beri ta’lim-tarbiya jarayonida muallim bilan talabalar hamda talabalar bilan talabalar o‘rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo‘llab kelingan. Bu usullar talabalarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste’dod, zakovatlarini o‘stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo‘lib etishishlariga xizmat qilgan. Hozir interfaol mashg‘ulotlarni olib borishda ma’lumki, asosan interfaol usullar qo‘llanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma’lum darajada interfaol texnologiyaga o‘sib o‘tishi maqsadga muvofiq. Bu interfaol usul hamda texnologiya tushunchalarining o‘zaro farqini bizningcha, shunday ta’riflash mumkin.
|
| |