|
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
|
bet | 2/22 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #254810 |
Bog'liq kurs ishi Davitova Gulmira (3) (4)Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha sohalarda islohotlar amalga oshirildi. Xususan, ta’lim sohasi ham davlat siyosatining ustuvor ahamiyatga yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘quvchini mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka undovchi, faolligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonidan o‘rin oldi. O‘quv mashg‘ulotlarini qiziqarli, o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligiga tayanuvchi o‘zaro faol munosabatlar asosida tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish ta’limiy va tarbiyaviy zaruratga aylandi. Qisqa vaqt oralig‘ida ta’lim va tarbiyaning yetakchi maqsad hamda vazifalarini amalga oshirish, yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlovchi pedagogik texnologiyani boshlang‘ich ta’lim jarayoniga tadbiq etish vositasida o‘quvchilar mustaqil fikrlash qobiliyatini, nutqini, kitob o‘qish malakasini o‘stirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli ko‘p jihatdan ta’lim-tarbiya tuzulishini hozirgi davr talabiga ko‘tarish har tomonlama barkamol shahsni shakllantirishga bog‘liq. Chunki, jamiyat taraqqiyotining asosiy uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi bilan bir qatorda shu jamiyatda yashayotgan fuqarolrning intelektual va ma’naviy samaradorligini ham belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda har bir Davlatning istiqbolimizning ta’lim tuzilishini qay darajada ekanligi bilan belgilanadi.
Kurs ishining maqsadi : Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya ta’lim metodikasi fanidan nazariy yoki amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, ularda o`quv maqsadlariga aniq yo`naltirilgan metod va usullardan foydalangan holda nazariy yoki amaliy mashg‘ulotlarni noan’anaviy tarzda tashkil etish metodikasiniishlab chiqish va amliyotga tatbiq etish.
Kurs ishining vazifalari : Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslari bilan tanishish, texnologiya fanidan “Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. Kashtachilik tarixi haqida ma’lumot’’ o`qitishning metodik shart-sharoitlarini o`rganish va tahlil qilish,
texnologiya fanidan “Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. Kashtachilik tarixi haqida ma’lumot” mavzusidagi mashg‘ulotni tashkil etish, o`tkazish va amaliyotda qo`llash metodikasini o`rganish.
|
| |