• Pishloqli buterbrod
  • Kolbasali buterbrod.
  • O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy




    Download 0,5 Mb.
    bet4/22
    Sana27.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #254810
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    kurs ishi Davitova Gulmira (3) (4)

    Ochiq buterbrodlar. Bu buterbrodlar oddiy yoki murakkab bo‘ladi. Oddiy ochiq buterbrodlar bir turdagi mahsulotdan, ya'ni sariyog‘, pishloq yoki kolbasa va hokazolardan tayyorlanadi. Oq bug‘doy uni batoni yoki javdar nonidan qobiqsiz holda qalinligi 1 — 1,5 sm, kengligi 10—12 sm qilib to‘rtburchak shaklida, vazni 30—40 g hisobida kesiladi va ustiga tayyorlangan, mahsulot qo‘yiladi. Agar buterbrod yog‘siz mahsulotdan tayyorlanadigan bo‘lsa, nonga sariyog‘ surtilishi yoki sariyog‘dan gul yasab mahsulot ustiga qo‘shib berilishi kerak. Ochiq buterbrodlar javdar noni ustiga cho‘chqa yog‘i (shpig) kilki, keta balig‘i uvuldurug‘i, seld balig‘i qo‘yib tayyorlanadi. Murakkab buterbrod bir necha turdagi mahsulotlar qo‘yib tayyorlanadi. Ochiq buterbrodlar salat bargi, shpinat, ko‘kat (ukrop, petrushka, kashnich) pallacha shaklidagi pomidor yoki bodring, rediska, marinovka qilingan yoki yangi qalampirlar bilan bezaladi. Bunda tabiiyki, uning vazni o‘zgaradi. Sariyog‘li, shokoladli, meva yog‘i yoki margarinli buterbrod. Sariyog‘ va yog‘ turlari kesilgan nonni berkitadigan darajada yupqa kesilib, nonga qo‘yib tarqatiladi.
    Pishloqli buterbrod. Ishlovdan o‘tgan pishloq qalinligi 2-3 mm qilib non usti yopiladigan miqdorda kesilib tayyorlanadi. Tayyorlangan non ustiga sariyog‘ yoki margarin yupqa surtilib, ustiga tayyorlangan pishloq qo‘yib beriladi. Pishloq non yuzasini to‘liq qoplashi kerak.
    Kolbasali buterbrod. Kolbasa qalinlari ko‘ndalangiga bir bo‘lak hisobida, ingichkalari burchak ostida 2 yoki 3 bo‘lakdan qilib kesib tayyorlanadi. Nonga sariyog‘, yog‘li gorchitsa yoki margarin surtilib ,ustiga kolbasa qo‘yib beriladi.
    Murakkab buterbrodlar (assorti yoki markazcha). Ta'mi va rangi o‘zaro uyushadigan va xushxo‘rligini oshiradigan bir necha xil mahsulotlardan
    tayyorlanadi. Kesilgan go‘sht mahsulotlari, dudlangan mahsulotlar, semga, seld filelari va boshqa mahsulotlarni yupqa kesib, konus shaklida o‘ralib, ichiga salat yoki mayonez sardagi yoki ko‘k no‘xat, pishirib chopilgan tuxum solib tayyorlanadi. Ularni bezashda yangi pomidor, bodring, qizil qalampir, rediska, sabzi, pishirib chopilgan tuxum, ko‘kat va boshqa mahsulotlar ishlatiladi. Bezash oxirida yumshatilgan sariyog‘,har xil mahsulotli yog‘ bilan qandolatchilik qopchig‘idan foydalanib nozik bezak beriladi.

    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy

    Download 0,5 Mb.