Bоshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning tashkil etish va ularning turlari




Download 234,15 Kb.
bet3/9
Sana04.12.2023
Hajmi234,15 Kb.
#110766
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
64 Maktabda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish

Bоshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning tashkil etish va ularning turlari

Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar uyushtirishdagi dastlabki qadam matematik o’n minutliklardir.
O’n minutlik dars yoki darsdan tashqari vaqtlarda butun sinf o’quvchilari ishtirokida xaftada bir marta uyushtiriladi.O’quvchi o’n minutlik uchun shunday masala misol, mashq va o’yinlar tanlashi kerakki,ular hajm jihatdan kichik bo’lsin, lekin o’quvchilarning aktivligini oshirsin, o’quvchilarning kelajakda umumiy bilish faolyatlarini hamda nutq madaniyatlarining kamol topishida yo’naltiruvchi vosita bo’lib qolsin. O’n minutlikni faqat sinfda o’tkazilmasdan, balki maktab hovlisida va hatto maktabdan tashqarida o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar bilan tevarak– atrof va tabiatdagi matematik mutanosiblikni sekin – asta mushohada qilish asosida o’tkaziladi. Qiziqarli matematika soatlari Mashg’ulotlarning bu turi nisbatan ko’proq vaqtga (taxminan 45 minut) mo’ljalangan bo’lib, qiziqarli o’yin, qiziqarli o’yin, sonli topishmoqlar, she’riy masala, hazil masala va sahnalashtirilgan masalalardan tarkib topadi. Bunday mashg’ulotlatlar 1 – sinf o’quv yilining II yarmidan boshlab avval bir oyda bir marta, keyinchalik 2 martadan o’tkazilishi mumkin. Unda o’quvchilarning o’zlari tashabbus ko’rsatishlariga erishmoq kerak.
Matematika to’garak Matematika to’garagi sinfdan tashqari ishlarning eng ommalashgan turi. To’garak ixtiyoriy ravishda tuziladi. Har qaysi matematika to’garagida qatnashadigan o’quvchilar soni 15-20 dan oshmasligi kerak, aks holda o’qituvchiga qiyinchilik tug’diradi va o’quvchilar to’garakda aktiv ishtirok eta olmaydilar. To’garak a’zolarining soni ko’payib ketsa, ularni ikki guruhga bo’lish maqsadga muvofiqdir. Guruhlar bilan bir hafta, ikkinchisi bilan ikkinchi hafta shug’ullanish mumkin. Mashg’ulot 30 – 40 minut davom etsa yetarli. Ma’lum vaqt oralig’ida guruhlarni qo’shib mashg’ulot o’tkazish va mashg’ulotlarni musobaqa yoki viktorina o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Matematika to’garagi mashg’ulotini sentyabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab (birinchi sinf uchun ikkinch i yarim yillikdan) may oyining birinchi yarmida yakunlash mumkin. To’garak ishlarini boshlashdan oldin o’qituvchi kamida 3 – 4 mashg’ulotga yetadigan material tayyorlab, uni rejalashtirish va to’garakni tashkil qilishga tayyorgarlik ko’rishi kerak. Matematika to’garagida o’rganiladigan material mazmuni va hajmini chegaralab qo’yish qiyin. Bunda maktab sharoiti va o’qituvchining tayyorgarligiga qarab to’garakda turli xil tarixiy, nazariy va amaliy materiallarni o’rganish mumkin. Matematika to’garagining muvaffaqiyatli ishlashda, o’quvchilarni to’garak ishiga jalb qilishda, qiziqtirishda dastlabki mashg’ulotlarning roli katta. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dastlabki mashg’ulotlarning ko’p qismini qiziqarli matematikaga ajratish ham yaramaydi, chunki keyingi mashg’ulotlarda qiziqarli matematikadan boshqa materillarga qiziqish kamayadi, natijada o’quvchilar to’garakdan soviy boshlaydi. Shuning uchun dastlabki mashg’ulotlarda ham, keyingi mashg’ulotlarda ham qiziqarli materiallar hajm jihatdan barobar ma’quldir. Sinfdan tashqari ish tashkilotchisining matematik va umumpedagogik mahorati ham bu ishning sifatiga va ilmiy metodik darajasiga ta’sir ko’rsatmasdan qolmaydi. O’qituvchining shaxsiy malakasi ham katta ahamiyatga ega. Shu sababli sinfdan tashqari ish har bir o’qituvchini qanoatlantiradigan aniq uslubiy ko’rsatmalar berishi qiyin. To’garak mashg’ulotlarini o’tkazish sinf darslariga yaqin.
Sinfdagi va sinfdan tashqari ishlarning o’xshashligi jamoa o’quv ishini tashkil qilish formasi bilan aniqlandi, bunda o’qituvchi o’quvchilar guruhi bilan mashg’ulot olib boradi, zaruriy tushunchalarni beradi, o’quvchilardan so’raydi va h.k. Bu yerda o’quvchilarga katta tashabbuskorlik berish maqsadga muvofiq, ularga muhokama qilinayotgan masala yuzasidan mulohazalarini bemalol aytish uchun to’la imkoniyat berish kerak. Bunda o’quvchilarni matematik tilda gapirishga o’rgata borish, ularni matematik nuqtalari (og’zaki nutq va yozma nutq) ustida ishlashi ham eng muhim pedagogik vazifalardan biridir. Bundan tashqari to’garaklarda to’garak kutubxonasi, matematika burchagi tashkil qilish va ularni jihozlash, ayrim tadqiqot ishlari olib borish maqsdaga muvofiqdir. Bu ishlarni yaxshi tashkil qilish uchun sharoitga qarab, chorak dasturlari, yarim yillik matematik va taqvimiy dasturlari tuziladi. Matematik viktorinalar Matematik viktorinalar ma’lum mavzu, bo’lim yoki umuman matematikaga doir masalalar bo’yicha savol – javob o’yini bo’lib, ko’p vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi. Boshlang’ich sinflarda viktorinalar 10 – 20 minut davom etadi. Bunda oldindan tayyorlangan 5 – 6 savolga og’zaki yoki yozma javob olinadi. I – IV sinflarda matematik viktorinalarni tizimli o’tkazib turish o’quvchilarni masalalarni turli usullarda yechishga o’rgatadi, ularning fikrlash va xozirjavoblik qobiliyatlarini kamol toptiradi. Umuman, viktorinalar qizigan musobaqa tarzida o’tadi, eng bilag’on topqir va hozirjavob o’quvchini, ilg’or sinfni aniqlash imkonini beradi. Viktorinada qatnashish mutlaqo ixtiyoriy bo’lib, o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, matematikaga qiziquvchilarni aniqlash va keyinchalik ularni matematikaga jalb etish maqsadida o’tkaziladi. Albatta, viktorinada tavsiya etilgan savollar turlicha qiyinlikda bo’lib, unga ko’proq o’quvchilarning qatnashuviga erishish kerak. Matematik viktorinalar har xil o’tkazilishi mumkin.
Quyidagi ikki xilini misol tariqasida keltiramiz: 1. Savollar (misol, masalalar) o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga og’zaki beriladi yoki doskaga oldindan yozib qo’yiladi. Javobni ham o’quvchilar og’zaki tayyorlaydilar. Yoki o’z daftarlariga qisqa, ya’ni o’zlari eslab turishlari uchun kerakli narsalarni yozib turadilar. O’qituvchi o’quvchilardan bir nechtasi qo’l ko’targuncha kutib turib, keyin birinchi bo’lib qo’l ko’targan o’quvchini so’raydi. Agar birinchi qo’l ko’targan o’quvchi noto’g’ri javob bersa, ikkinchi uchunchi va qo’l ko’targan o’quvchilardan (to’g’ri javob olguncha) so’raladi: 2. Agar o’qituvchi savolni doskaga yoki qog’ozga oldindan yozib qo’yiladigan bo’lsa u o’quvchilarga ishlash uchun buyruq beradi va javoblarni daftarga yozib to’g’riligiga ishonch qilgandan keyin qo’l ko’tarish kerakligini aytadi. O’qituvchi qo’l ko’targan o’quvchilar oldiga borib berilgan savol, masala yoki misol javobini ko’radi. So’ngra avval qo’l ko’targan o’quvchiga javobni aytishga va javobini tushuntirib berishga ruxsat beradi. Matematik ertaliklar Matematik ertaliklar (kechlar) ommaviy tadbirlardan biri bo’lib, o’quvchilar va ota – onalar o’rtasida matematik bilimlarni tarqatish hamda o’quvchilarning matematikaga qiziqishini oshirish, shu bilan birga ularni matematik to’garaklarga ko’proq jalb qilish maqsadida o’tkaziladi. Bunday ertaliklar I – IV sinflarda 1 – 2 marta o’tkazish mumkin. Ertalikni bir sinf bilan yoki parallel sinflarni qo’shib o’tkazish mumkin. Ertalik o’rta hisobda bir soat davom etishi mumkin. Ertalikni o’tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko’rish kerak. Buning uchun eng kamida bir oy oldin o’qituvchi chuqur o’ylangan reja tuzib chiqishi kerak. Shundan keyin o’quvchilar bilan suxbatlashib, ularga qilinadigan ishlar taqsimlab chiqiladi. Bu ishga yuqori sinf o’quvchilarini va ota – onalarini ham jalb qilish mumkin Ertalik dasturini kerakli materiallar (she’r, qo’shiq, boshqotirma, qiziqarli masala, matematik o’yin, konkurs masalalari, viktorina savollari, ishtirokchi personajlar kostyumi va boshqa) tayyor bo’lgandan so’ng yana bir marotaba ko’rib chiqish va muhokamadan o’tkazish kerak. Bu o’rtoqlarini ham taklif etish shart. Ertalikni (kecha) o’tkazishdan bir hafta oldin uning chiroyli bezatilgan va katta qilib yozilgan dasturni ko’rinarli joyga osib qo’yish kerak. Dasturdagi bazi sa’vollarga boshqa o’quvchilar ham tayyorgarlik ko’rishi mumkin. Ertalik o’tayotgan xonaga (zal) shu ertalikka atab chiqarilgan matematik ro’znoma yoki jurnal osib qo’yiladi. Iloji boricha shu xona ertalikka moslab bezatiladi. Ertalikda (kecha) ishtirok etgan bolalar fantaziya qilish, muloxaza yuritish, to’g’ri fikrlash va gapirishga o’rganishadi. Demak, matematik ertalik uchun sarflangan vaqt faqat matematik qimmatga ega bo’lmay, balki o’quvchilar uchun umummadaniy qimmatga va tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir. Matematik musobaqa Yuqorida aytib o’tilgan sinfdan tashqari ishlarda (10 minutlik, viktorina, ertalik va h.k.), asosan, butun sinf o’quvchilari ishtirok etsa, matematik musobaqalarda (konkurs, olimpiada) ko’pchilik ishtirok etib, g’oliblar musobaqasi bilan yakunlaydi, ya’ni bu musobaqa bir necha (ko’pincha 3 yoki 4) davom etadi. 1 turda istagan hamma o’quvchilar qatnashishi mumkin. Unda muvaffaqiyatli qatnashgan o’quvchilar II – turda qatnashadilar. II – turdan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilar III – turda qatnashush huquqiga ega bo’ladilar va h.k. I turni sinfdagi barcha o’quvchilar ishtirokidagi og’zaki qiziqarli savollar orqali viktorina shaklida o’tkazish mumkin. Shunda g’olib chiqqan o’quvchilar bilan II – tur musobaqalar o’tkaziladi. Shundan keyin parallel sinflar o’quvchilari III – turda kuch sinashadi. Natijada sinf yoki maktab bo’yicha eng kuchli o’quvchilar aniqlanadi. Ular munosib taqdirlanadi.

Download 234,15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 234,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bоshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning tashkil etish va ularning turlari

Download 234,15 Kb.