|
Q Z K (Quvnoqlar va zukkolar klubi)
|
bet | 4/9 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 234,15 Kb. | | #110766 |
Bog'liq 64 Maktabda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishQ Z K (Quvnoqlar va zukkolar klubi) Bu xildagi kechalar o’quvchilarga zo’r qiziqish uyg’otadi. Shu bilan birga ularga “Sog’lom aql” va fahm – farosat, prezident chaqiriqlariga labbay deb javob berib, “Sog’lom avlod”ga mos farzandlar bo’lib yetishish, shuningdek mantiqiy mulohazalarga asoslangan holda istagancha fantaziya qilish imkonini beradi. Bunda kechaning matematik mazmuni faqat matematikaga doir masallar bilan chegaralanib qolmasdan, asosan o’yin tarzida, rebus, krassvord, viktorina, qiziqarli savol – javob, topshiriqlar, mulohazalarda ustalik bilan niqoblangan xatolarni topish shaklda beriladi. QZK larni bir sinf o’quvchilarini ikkiga bo’lib yoki parallel sinflar o’rtasida komanda tuzib o’tkazish mumkin. Bunda puxta o’ylangan reja hamda dastur tuziladi. Komandalar alohida – alohida mashq qiladilar. Matematika o’qituvchilari ishtirokida jyuri saylanadi. Jamoalar va faol qatnashgan o’quvchilar uchun mukofatlar avvaldan tayyorlab qo’yilishi lozim. Mukofat uchun ko’proq qiziqarli matematikaga doir kitolar olinishi, kelgusida matematikadan tashqari ishlarni o’tkazishda o’quvchilarni aktivligini oshirish imkonini beradi.
Matematik ro’znoma Matematik ro’znoma o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Matematik ro’znoma odatda matematika to’garagi organi hisoblanadi, shu sababli ro’znoma to’garak a’zolarining kuchi bilan o’qituvchining bevosita raxbarligida tayyorlanadi. O’qituvchi ro’znomani tayyorlashda mumkin qadar o’quvchilarning shaxsiy tashabbuskorligini oshirishga erishish kerak. Devoriy ro’znomalar quyidagi bo’limlardan tashkil topishi mumkin: - Matematika tarixidan bir shingil; - Sinf o’quvchilarining matematik xayoti; - O’quvchilarga o’qish uchun tavsiya qilinadigan adabiyotlar; - Masalalar (qiziqarli, mantiqiy, konkurs); - Matematik o’yinlar; - Yumor; O’tgan nomerdagi konkurs masalalarining yechimi va javobini redkollegiyaga topshirgan o’quvchilar haqida qisqa, lekin maroqli hikoyalar berilishi kerak. Biror matematik haqida hikoya qilindigan bo’lsa, uning rasmi va rasmning tagida bu olim haqidagi, uning ishlari to’g’risidagi ma’lumot yoki olim hayotidagi qiziq voqealar to’g’risidagi kichikroq hikoya beriladi. Olim aytgan fikrlarni yoki u haqidagi boshqa olimlar aytgan so’zlarni ko’chirib yozish ham foydali. Ro’znomada berilgan masalalarning shartlari qisqa, tez esda qoladigan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. "Bilasizmi?" mavzusida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan: Odamning bo’yi bir kunda 1 cm dan 6 cm gacha o’zgarishi mumkin. Dunyodagi eng uzun temir yo’l 9302 km Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln. tonnagacha kumush bor. Matematika burchagini tashkil qilishni o’quvchilar va ularning ota-onalari aktiv yordamida amalga oshirilishi mumkin.
|
| |