Matematikadan ekskursiyalar o’tkazish




Download 234,15 Kb.
bet5/9
Sana04.12.2023
Hajmi234,15 Kb.
#110766
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
64 Maktabda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish

Matematikadan ekskursiyalar o’tkazish Matematikadan sinfdan tashqari o’tkaziladigan mashg’ulotlardan biri ekskursiyadir. Puxta o’ylab, oldindan rejalashtirilgan ekskursiya natijasida o’quvchilar atrof – muhitni idrok qiladilar. Tabiat voqeligini va mehnat jarayonlarini ko’radilar. Kuzatishlar natijasidagi o’zlaridagi bilimlarini hayot bilan bog’lashga intiladilar. Ularda turli narsa, voqea va jarayonlarga qiziquvchanlik odati tarkib topadi. Ekskursiyalarni tashkil etish va o’tkazish asosan, darsdan tashqari vaqtda amalga oshirilsa ham uning tayyorgarlik va yakunlash bosqichi dars mashg’ulotlari bilan uyg’unlashib ketadi. Ekskursiyani samarali o’tishi o’qituvchining puxta tayyorgarligiga bog’liq. U oldindan ekskursiyaga boriladigan ob’yekt bilan tanishgan bo’lishi va hatto, uchrashish mo’ljallangan odamlar bilan suhbatlashgan bo’lishi lozim. Shunda tashkiliy jihatdan ovoragarchilik ham bo’lmaydi. Ekskursiyaga tayyorgarlikning asosiy komponentlaridan biri uning maqsadini belgilash va reja tuzishdan iborat. Rejada ekskursiyaning boshidan oxirigacha bajariladigan hamma ishlar o’z ifodasini topishi kerak: nimalar ko’riladi, nimalar yozib olinadi, nimalarning rasm (sxemasi) chizib olinadi. Nihoyat, ekskursiyaning muvaffaqiyati yana o’quvchilar bilan bo’ladigan tayyorgarlik suhbatiga ham bog’liq. Bu suhbatda o’quvchilarning ekskursiya maqsadi bilan tanishtiriladi va birgalikda ekskursiya rejasi tuzib olinadi. Albatta ekskursiyadan keyingi mashg’ulotlarda ekskursiyaga yakun yasaladi. Ko’riladigan narsalar matematik nuqtai nazardan analiz qilinadi yoki to’plangan materiallar asosida misol - masalalar tuzib yechiladi va h.k. Matematik ekskursiyalar maqsadi - konkret hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish. Bular o’quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish yo’li bilan olinadi. Ekskursiya o’tkazishdan maqsad bolalarga tushunarli bo’lishi nihoyatda muhimdir. Bolalar oldindan nima qilishlari va o’zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. Maktabning joylashgan o’rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, jamoa xo’jaligi dalalariga va boshqa joylarga ekskursiyalar o’tkaziladi. Bajarishda qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin.
Shunday masalalardan ba’zilarini keltiramiz:
1. Bir soatda ekskavator 4 m uzunlikda poydevor o’rasini kavlaydi. Shunday ish unumi bilan u 7 soatda qancha o’ra kavlaydi?
2. Qurilishga yuk tashishda 4 ta avtomashina ishlamoqda. Ularning har birida bitta haydovchi va ikkita yuk tashuvchi ishlaydi. Material tashishda hammasi bo’lib qancha odam band? Ekskursiyadan olib kelingan qurilish materiallaridan texnologiya darslari uchun stendlar tayyorlashda foydalanish, binolarning maketlarini tayyorlash ham mumkin.
Nazorat uchun savollar
1. Matematikadan to’garak mashg’ulotlariga qaysi sinflarda necha soatdan vaqt ajratiladi?
2. Sinfdan tashqari ishlarning tashkil qilish xususiyatlari va ularning turlarini aytib bering.
3. Sinfdan tashqari ishlarning turlari bo’yicha na’munaviy mashg’ulotdan misol keltiring.


Download 234,15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 234,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matematikadan ekskursiyalar o’tkazish

Download 234,15 Kb.