|
Bоshlang’ich sinflarda matematika fanidan sinfdan tashqari tadbirlar rejasi
|
bet | 7/9 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 234,15 Kb. | | #110766 |
Bog'liq 64 Maktabda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish2.2. Bоshlang’ich sinflarda matematika fanidan sinfdan tashqari tadbirlar rejasi
Sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab misol va masalalarning yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog’liq bo’lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan bazi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi.
Sinfdan tashqari ishlarga matematik o’n minutliklar, matematik ertaliklar, matematik viktorinalar, matematik kechalar, matematik KVN lar, matematik burchaklar, matematik gazetalar, matematik to’garaklar, matematikadan olimpiadalar kiradi.
Sinfdan tashqari ishlarda qiziqarli matnli masalalar, o’tkir zehnlilikka oid masalalar, hazil masalalar, ko’p yechimli masalalar, ma’lumotlari ortiqcha yoki ma’lumotlari yetishmaydigan masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar, arifmetik rebuslar, matematik o’yinlar, fokuslar, boshqotirmalar, tarixiy ma’lumotlar berish va boshqalar kiradi.
Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari, to'garaklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi.
Matematika minutliklarida-topshiriqlarga qiziqish uyg'otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o'xshash bo'lmasligi kerak. Mashg'ulot o'tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, top- ishmoqlar va boshqalar material bo'lib xizmat qiladi.
Matematik to'garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko'p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi - matematikaga alohida qiziqish ko'rsatgan o'quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish. Matematik to'garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi:
Matematika to'garagiga o'quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Mustaqil ravishda ko'rgazmali qurollar (abaklar, ba'zi o'yinlar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o'tkazishga tayyorgarlik ko'radilar va hokazo. Matematika to'garagini o'tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o'tkazilgan ba'zi to'garak mashg'ulotlarining taxminiy rejalarini keltiramiz:
I mashg'ulot. 1. Rebuslarni o'ylab topish. 2. Qo'shishga oid qiziqarli masalalar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Topqirlikni talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Topishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o'yini.
II mashg'ulot. 1. Rebuslarni o'ylab topish. 2. Topqirlikni talab qiluvchi she'riy masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. "Sonni to'ldir" o'yini.
|
| |