• Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat
  • Kurs ishining predmeti
  • Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning o’rni
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti




    Download 234,15 Kb.
    bet2/9
    Sana04.12.2023
    Hajmi234,15 Kb.
    #110766
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    64 Maktabda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish

    Kurs ishining maqsadi: O‘quvchilarni har tomonlama etuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Bunda ularda matematika bo‘yicha bilimlar berish bilan birga ularga o‘rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta bo‘lishini ta‘minlash, ularni qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo‘llashlari uchun zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish boshlang’ich matematik ta‘limning asosiy vazifalariga aylanishi lozim
    Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat: Shunday qilib, o'quvchilarni matematika darslarida misol-masalalar yechish orqali turli kasblarga yo'naltirish va ularni o'zlari qiziqqan sohalarga jalb qila olish o'qituvchilardan katta mahorat talab qiladi. Bu jarayonda o'qituvchi o'z kasbining fidokori sifatida o'quvchilarning dunyoqarashlarini boyitishi kerak. Kasb taqazosi sifatida o'qituvchi mantiq dahosi bo'lishi va o'sha mantiqni dars jarayonlarida qo'llay olishi zarur..
    Kurs ishining predmeti: Maktab o’quvchilari matematikasiga oid o’quv materialini o’rganishda texnologik yondashuvga asoslangan usullarini topish..
    Kurs ishining tuzilish va hajmi. Kurs ishi kirish, asosiy qism ya’ni 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



      1. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning o’rni

    Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bosh vaqtlarida o’quv-tarbiya jarayonini to’ldiradi. U o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligani oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning oziga xosligi shundaki, togarak, klub dasturlarining rangbarangligi, ular mazmunidagi yangiliklar osmir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o’quvchilarning bosh vaqtlarini yo’lga qo’yish formalaridan biridir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi. O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashgulotlarni tanlab olishadi ularni mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi. «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1993-yilda tasdiqlangan. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o’qituvchining yo’naltiruvchi ta’siri ostidagi o’quvchilarning o’zo’zini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan xonalarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida o’tkaziladigan mustaqil mashg’ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari ishda ta’limning moddiy bazasi: qo’shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari laboratoriya uskunalari, ko’rgazmali qo’llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko’zda tutiladi. Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati – o’quvchilarga qo’shimcha bilim, malaka va konikmalar berish. Tarbiyaviy ahamiyati – o’quvchilarning ijodiy faoliyat ko’rsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash. O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o’z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo’liga ega bolishi, xalq xojaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan bog’liq jarayonini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bolgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Manaviyat va marifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish togrisida»gi farmonida ko’rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Sinfdan tashqari ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog’liq. Ushbu Konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yonaltirilgan. Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko’zda tutilgan maqsadga erishish qiyin. Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri kop darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasining xilma-xil ishlarni qanday yo’lga qo’yilganligiga bogliqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham kop qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
    1. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.
    2. O’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qoyish.
    3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish.
    4. Umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish.
    5. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
    Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini korish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va mamuriy. Boshlang’ich sinflarni sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishni matematika darslari misolida ko’rib chiqamiz. Matematikadan sinfdan tashqari ishlar deyilganda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik prinsipiga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi. O‘z mazmuni bo‘yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan. Ammo matematik material o‘quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda bo‘lishi kerak. Sinfdan tashqari mashg‘ulot ixtiyoriylik prinstipi asosida quriladi. Darslar 45 minutga rejalashtirilgani holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga va o‘tkazilish formalariga qarab 10-12 minutga ham, 1 soatga ham mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlarining ko‘p xilligiga qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi. Maktab amaliyotida matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ushbu turlari uchraydi: matematik o‘n minutliklar, soatliklar va qiziqarli matematika kechalari, matematika to‘garaklari, ertaliklari, viktorinalar, konkurslar, olimpiadalar. Shuningdek, sinfdan tashqari ishga matematikadan gazeta chiqarish, matematika burchaklarini rasmiylashtirishlar ham kiradi. Oldin 1-sinfda sinfdan tashqari ishlar qanday tashkil qilinishi va o‘tkazilishini qarab chiqamiz. Bu sinfda sistemali ishning asosini matematik o‘n minutliklar tashkil qiladi. Odatda, o‘n minutliklar haftasiga bir marta butun sinf bilan o‘tkaziladi. O‘n minutliklardagi mashg‘ulotlar sinf chegarasidan tashqariga chiqishi juda muhimdir. Topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matemetik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi kerak: topshiriqlarning mazmunlari bolalarga tushunarli qiyinlik darajalari bolalarga mos bo‘lishi kerak: javoblar tez topilishi kerak, agar hisoblashlar zarur bo‘lsa , ular faqat og‘zaki bajarilishi kerak. Qiziqarli matematika soati darsdan keyin sinfning hamma o‘quvchilari bilan o‘tkaziladi. 1-sinfda bu mashg‘ulotlar epizodik ravishda o‘tkaziladi. 2-3- sinflarda sistemali ravishda (ammo oyiga 1-2 martadan ko‘pmas ) o‘tkaziladi, chunki ularni o‘tkazishga ko‘p vaqt talab qilinadi. Mashg‘ulotning davomiyligi 1-sinfda 20-25 minut, 2-sinfda 25-35 minut 3-sinfda 35-40 minut, 4-sinfda 40- 45 minut. Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har hil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib hizmat qiladi. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, boshlang’ich sinf matematika darslarida sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarning bilimlari, va amaliy ko’nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirishga, o’quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakligini oshirishga, matematikaga qiziqishini orttirishga, qobilyatli, layoqatli, bolalarni topish, talabchanlik va irodani tarbiyalashga, mehnatga muhabbatni, mustaqillikni, uyushqoqlikni, va jamoatchilikni tarbiyalashga yordam beradi.




      1. Download 234,15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 234,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti

    Download 234,15 Kb.