rangsiz va qotadigan polimer–melamin formaldegid
smolasi chinni kosachaga
olinadi va quritiladi.
1–topshiriq. Melamining formaldegid bilan polikondensatlanish reaktsiyasining
tenglamalari yozilsin.
Xulosa
Melaminni formaldegid bilan polikondensatlanishi laboratoriya ishida 25 g
melamin va 48g formaldegiddan solib suv hammomida qizdirdik. Oradan vaqt
o'tgach, kolbaga natriy gidroksid eritmasidan 10 g qo'shdik va yana qizdirdik.
Reaktsiya tugagach, kolbada hosil bolgan qovushqoq, rangsiz polimermelamin
formaldegid smolasi chinni kosachaga olib, quritdik.Melamining formaldegid
bilan polikondensatlanish reaktsiyasi quyidagicha bo'ladi:
nCH2O + 3nC3H6N6 → (C3H6N6)n + 3nH2O
IV BO'LIM. POLIMERLARDA BO'LADIGAN KIMYOVIY
O'ZGARISHLAR
Barcha past molekulyar moddalar kabi tabiiy va sintetik polimerlar ham o‘z
tarkibidagi funksional guruhlar hisobiga xilma–xil
reaktsiyalarga kirisha oladi,
ya’ni ular past molekulyar moddalar bilan birikib, yangi hosilalar beradi.
Ko‘pchilik tabiiy polimerlar (sellyuloza, kraxmal) va ba’zi sintetik polimerlar
(polivinil spirt va boshqalar) elementar bo‘g’inlari tarkibidagi
gidroksil guruhlar
hisobiga past molekulyar moddalar bilan reaktsiyaga kirishadi. Natijada bu
polimerlarning oddiy va murakkab efirlar bo‘g’inidagi faol vodorod atomlari ham
formaldegid va etilen oksidlari bilan oson birikib, poliamidning
yangi xossalarini
beradi. Polimerning kimyoviy o‘zgarish reaktsiyalari orasida polimerlarni kerakli
darajada
parchalash−
destruktsiya
reaktsiyasi
aloxidia
o‘rin
tutadi.
Makromolekulalarning asosiy zanjiridagi kimyoviy bog’larning uzilish reaktsiyasi
polimerning
destruktsiyasi deb ataladi. Bunda polimerning kimyoviy tarkibi
o‘zgarmaydi, faqat polimerlanish darajasigina kamayadi.
Destruktsiya kimyoviy
moddalar (suv, kislotalar, ishqorlar,
spirtlar, kislorod) ishtirokida yoki fizik
ta’sirlar (issiqlik, quyosh nuri,
yadro nurlari, mexanik energiya, ultratovush va
boshqalar) natijasida sodir bo‘lishi mumkin.