9−
Laboratoriya ishi
Polistiroldan foydalanib, kationit hosil qilish
Reaktiv va asboblar: molekulyar og’irligi 50000 bo‘lgan polistirol (10 g), 92
% li sulfat kislota (20 g), formalin (30 ml), uch og’izli, 250 ml sig’imli qaytarma
sovutgich, qorg’ich va tomchilatma voronka bilan jihozlangan reaktsion kolba (1
dona), yog’ hammomi (1 dona), chinni tovoqcha (1 dona),
chinni havoncha
(1dona).
Reaktsion kolbaga molekulyar og’irligi 50000 bo‘lgan polistiroldan 10g
solinadi. Kolba og’zidagi tomchilatma voronkaga 92% li sulfat kislotadan 20 g
quyiladi. So‘ngra
kolba sovutilib, unga tomchilatma
voronkadagi sulfat kislota
tomiziladi. Bu vaqtda kolbadagi moddalarni aralashtirib turish kerak. Kislota quyib
bo‘lgandan keyin aralashma yog’ hammomida 210
o
C gacha qizdiriladi. Sulfostirol
ko‘pirib ketmasligi uchun kolbani asta−sekin qizdirish kerak. Bu vaqtda polistirol
butunlay erib ketadi. Shundan keyin aralashmani uy haroratida sovitib, unga 30 ml
formalin qo‘shiladi. Aralashma
chinni tovoqchaga solinib, 160
o
C li shkafda 4−6
soat saqlanadi. Natijada bir bo‘lak qattiq smola hosil bo‘ladi.
Smola chinni
havonchada maydalanadi, so‘ngra sulfat kislota yo‘qolguncha suv bilan yaxshilab
yuviladi. So‘ngra smola 100−110
o
C da og’irligi o‘zgarmay qolguncha quritiladi va
tahlil qilinadi.
1–topshiriq. Kationitning hajmiy sig’imi aniqlansin.
Xulosa
Bugungi laboratoriya mashg'ulotida kationitlarning hajmiy sig’imini
aniqlash uchun 500 ml sig’imli stakanga natriy gidroksidning 0,1 n eritmasidan
200 ml va ion almashtiruvchi smoladan 1g solamiz. So‘ngra stakandagi ishqor
eritmasidan pipetka bilan 25 ml olamiz. 25 ml eritma konussimon kolbaga solinib,
indikator ishtirokida xlorid kislotaning 0,1 n li eritmasi bilan neytrallanadi.
Smolaning hajmiy sig’imi quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topamiz:
mg/ekv/g
a
−
stakandan titrlash uchun olingan natriy gidroksid miqdori, 200ml;
b
−
natriy gidroksidni neytrallashga sarf bo‘lgan xlorid kislota miqdori,25ml;
n
−
stakandagi natriy gidroksidning kontsentratsiyasi (bu tajribada 0,1 n li);
V
−
natriy gidroksid eritmasining umumiy hajmi, 200ml;
g
−
tajriba uchun olingan smola miqdori, 1g.
Hisob kitob natijalariga ko'ra x= 3500 mg/ekv/g
teng bo'ldi.