|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti qo‘lyozma shalkda
|
bet | 4/23 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 88,84 Mb. | | #142800 |
Bog'liq Magistrlik dissertatsiyasiMavzuning yangiligi. Biotexnologiya fani eng rivojlanayotgan fanlardan hisoblanib, ushbu sohada juda ko’p yangiliklar qilinmoqda. Biotexnologiya ko’p tarmoqliligi bunga keng yo’l ochib bermoqda. Biotexnologiyada xususan, o’simliklar biotexnologiyasida dunyo bo’yicha eng rivojlanayotgan va samarali natija berayotgan in vitro texnologiyasidir. Yurtimizda ham in vitro texnologiyasi ayrim o’simliklarsa qo’llanilmoqda. Mavzuning ilmiy yangiligi sifatida biz madaniy manzarali o’simliklarni biotexnologik usulda ko’paytirishda introduksiya qilonga guava, mushmula va papaya kabi o’simliklaridan foydalanildi. Papaya barglaridan murasiga va skuga oziqa muhitda maxsus bino va sterill xonalarda ko’paytirildi. mushmulla o’simligini yosh poyalaridan foydalanib in vitro usulda ko’paytirildi. Introduksiya qilinadigan papayao’simliklarini urug’idan foydalanib o’stirildi. Mushmulla va papaya o’simliklari issiqxonada turli xil tuproq, torf, biogums, o’stiruvchi moddalardan foydalanib vegetativ, generativ organlaridan ko’paytirildi. Tajribada yangilik sifatida mushmulla poyasining eng yuqori yosh qismidan 1 sm o’lchab kesib ko’paytirish samarali deb hisoblandi. Bu usulda ko’plab mushmulla o’simlik ko’chatlarini sog’lom holda olishga erishildi.
Tadqiqot obyekti va metodlari: Dissertatsiyani obyekti sifatida introdutsent manzarali o’simliklar xususan, inrtoduksiya qilingan o’simliklar mushmulla ,papaya, pavloniya va o’simliklarini biotexnologik usulda, laboratoriya sharoitida tez va sifatli ko’paytirish. O’simliklarni issiqxonada vegetativ va generativ organlari orqali tajriba uchun o’stirish. Dissertatsiyada asosan, kuzatish, taqqoslash, granit, shalit, tajriba metodlari qo’llanib, biotexnologik usullardan biri in vitro texnologiyasidan foydalanildi.
Tadqiqot predmeti: Introdutsent manzarali o’simliklarni biotexnologik usulda ko’paytirishda tajriba uchun mushmulla ,papaya, pavloniya o’simliklari tanlab olindi. Ushbu o’simliklarni biotexnologik ko’paytirishda issiqxonada urug’lardan ekib o’stirilgan o’simliklarning turli qismlaridan foydalanildi. In vitro usuli to’liq laboratoriya shaoitida turli xil priborlar va moddalardan foydalanib o’tkazildi.
|
| |