|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti qo‘lyozma shalkda
|
bet | 5/23 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 88,84 Mb. | | #142800 |
Bog'liq Magistrlik dissertatsiyasiDissertatsiyaning maqsadi: Introdutsent manzarali o’simliklarni biotexnologik usul bilan samarali ko’paytirish, qisqa muddatda sifatli va ko’plab o’simlik yetishtirish. In vitro texnologiyasi nima ekanligi, uning afzalligi haqida, o’simliklarni in vitro usulida vegetativ ko‘paytirish usullari va bosqichlari va unga ta’sir etuvchi omillar, madaniy manzarali o’simliklarni in vitro usuli orqali ko’paytirish haqida ma‘lumotlar berashdan iborat.
Vazifalari: Manzarali o’simliklardan mushmulla ,papaya, pavloniya o’simliklarini laboratoriyada tez va sog’lom ko’paytirishni o’rganish.
In vitro texnalogiyasi haqida ma’lumot berish;
O‘simliklarni in vitro usulida vegetativ ko‘paytirish usullari va bosqichlari haqida bilib olish;
Madaniy manzarali o’simliklarni biotexnologik usulda ko’paytirishning afzalligi haqida ma’lumot berish kabilar.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Introdutsent manzarali o’simliklarni biotexnologik usulda ko’paytirish mavzusidagi dissertatsiyada o’tkazilgan tadqiqotning asosiy masala va fazarlari quyidagilardan iborat.
Taqqoslash uchun keng tarqalgan, noboy, intradutsent o’simlik tanlash, urug’laridan in vitro usuli uchun o’stirish, laboratoriyada to’liq sterilizatsiya qilish, suniy ozuqa ekuv jarayonini mukammal o’tkazish va yaxshi natijaga erishishdan iborat.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: O’tkazilgan tadqiqotni nazariy jihatdan olganda viloyatimizda Introdutsent o’simliklarni in vitro usulda ko’paytirishda ma’lumotlarni o’rganishdan iborat. Boshqa dorivor, mevali o’simliklarni ko’paytirish bilan birgalikda manzarali o’simliklarni ham ko’paytirish va natija olishda bilim, ko’nikma, malakaga ega bo’lishdir. Amaliy ahamiyati esa estetik zavq beradigan, dorivorlik xususiyatiga ega bo’lgan, noyob va qimmatbaxo xona gullarini tez, sog’lom ko’paytirishdan iborat.
1 BOB. MAVZU BO’YICHA ADABIYOTLAR SHARHI.
Madaniy manzarali o’simliklarni biotexnologik usulda ko’paytirish mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini yozishda dastlab olimlarning yozib qoldirgan noyob adabiyotlaridagi fikrlari, o’tkazgan tajribalari bilan tanishib chiqildi. Eng zamonaviy usullardan biri bo’lgan in vitro usuli haqidagi ma’lumotlar, afzalliklar o’rganildi. In vitro o'simlik madaniyatining tarixini qamrab olib qariyb bir asrni o'z ichiga oladi. In vitro usulidagi dastlabki urinishlar muvaffaqiyatsiz tugatilgan. In vitro usulida izolyatsiya qilingan to'qimalar bir necha haftadan ko'proq omon qolmadi. Oradan 30 yildan ko'proq vaqt o'tgach, tadqiqotchilar yaxshi natijalarni e'lon qilishni boshladi. XX asrning ikkinchi yarmida esa in vitro madaniyati bo'yicha tadqiqotlar o'simliklarda sezilarli darajada ko'paydi: Skoog va Miller o'simliklarning o'sishiga regulyatorlarining ta'siri, xususan, morfogenez o'rtasidagi bog'liqlik va oksin sitokinin balansi ochib berdi, Styuard va boshqalar somatik hujayralarning shakllanishi haqida ma'lumotlar berdi. Bundan tashqari ko‘plab olimlar tomonidan o'simlik hujayralarining totipotentligi fenomenini ko'rsatdi. To'qimalar madaniyati o'simliklar biologiyasi bo'yicha fundamental bilimlar ancha yaxshilandi. Hujayra (metabolizm, differentsiatsiya) o'simliklar darajasiga (organogenez munosabatlari) ko'p yo'nalishlarda tadqiqotlar uchun muhim asos yaratadi. Agrotexnikadagi birinchi qo'llanmalardan biri virus bilan zararlangan o'simliklarni sanitariya qilish edi. Morel va Martin Dahlia sog'lom klonlari birlamchi meristemalardan tiklanishi mumkinligini ko'rsatdi. Bugungi kunda ushbu usul sanoat mikroko'paytirish uchun keng qo'llaniladi. Muvaffaqiyatli to'qimalar madaniyati sifatida genetik takomillashtirishning noan'anaviy usullari yaxshi. Shunday qilib, Guha va Maheshvari (1964) gaplodiploidizatsiya usullari orqali genetik jihatdan sof chiziqlar yaratish mumkinligini ko'rsatdi. Takebe va boshqalar (1971) protoplastlardan regeneratsiyalangan tamaki o'simliklari olish usulini ishlab chiqdi. Oradan o'n ikki yil o'tgach, 1983-yilda in vitro DNK manipulyatsiyasi transgen ishlab chiqarish uchun ishlatilgan o'zgartirilgan genetik tarkibga ega o'simliklar yaratildi. O'simlikdan alohida ajratilgan to'qimalami kulturalashga ancha yillardan buyon harakat qilib kelingan. 1892-1902-yilIar - Xaberlandt, Fyoxting, Rexinger kabi nemis tadqiqotchilari nomlari bilan bog'liq. Ular tomonidan saxaroza eritmasida turli o'simliklami kulturalashga harakat qilingan. Qoqio't va terak poyasi segmentlarida birinchi kallus to'qimalari olingan va kallus
hosil qilishga qobiliyatli segmentlaming minimal o'lchami aniqlangan.
Xaberlandt har qanday o'simlik hujayrasining totipotentligini, ya’ni hujayra o'zining rivojlanish potensialini sarflab, ma’lum kulturalash sharoitida yetuk o'simlik hosil qilish qobiliyati haqidagi ilmiy nazariyalami ilgari surgan. 1922-1932-yillarda amerika olimi V.Robins va nemis olimi Kotte
bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda pomidor va makkajo'xori ildiz
meristemalarini qattiq oziqa muhitlarida kulturlash imkoniyatining
mavjud ekanligini aniqlashdi. Ammo ma’lum vaqt o‘tgandan so'ng,
o‘simlik to‘qimalari qo‘ng‘ir rangga kirib nobud bo‘lgan. O‘simlik
to‘qimalarini kulturlash usulining haqiqiy rivojlanish davri 1932-yildan
boshlandi. 1932-1940-yillar fransuz olimi R.Gotre nomi bilan bog‘liq. U
O‘simlik to'qimalarini in vitro sharoitida uzoq vaqt kulturlashga
to‘qimalami vaqti-vaqti bilan yangi oziqa muhitga ko‘chirib o‘tkazish
orqali erishish mumkinligini isbotladi. Bu kashfiyot to'qimalar kulturasi
bo'yicha yangi ishlarning boshlanishiga turtki bo‘ldi. 1940-1960-yillarda (1955) sitokinin fitogormonlarining yangi sinfi, aniqrog‘i kinetinning kashf etilishi munosabati bilan, tamakini o‘tkazuvchi to‘qimalari va kambiydan holi qilingan o‘zak parenxima to‘qimasi hujayralarining bo'linishini stimullash imkoniyati paydo bo'ladi. 1960-1975-yillardagi muhim voqealardan biri, Nottingem
universiteti professori E.K.Kokking tomonidan fermentativ yo‘l bilan
protoplastlarning ajratilishi bo'ldi. U hujayralar devorini gidrolizlovchi
fermentlar yordamida pomidor mevasi va ildizidan protoplastlar ajratib
oldi va nazoratdagi sharoitda kulturaladi. Keyinroq 1970 yilda shu
laboratoriyada Pauer va uning shogirdlari tomonidan protoplastlami
qo'shish orqali, somatik duragaylar olishning yangi usuli yaratildi. Bu
davrda yaratilgan yana bir usul, bu in vitro sharoitida meristema
kulturasidan foydalangan holda o'simliklaming mikroko'paytirishdir. Bu usul fransuz olimi J.Morel tomonidan dastlab orxideya o'simligining
sog‘lomlashtirilgan ko'chatlarini ko'paytirish maqsadida ishlab chiqilgan. 1975-yildan hozirgi kunga qadar in vitro texnikasi jadal rivojlanishi davom etmoqda.
. Oʼsimliklar meristemadan apikal uchlarini olish va biologik faol moddalar yordamida mikroklonal koʼpaytirish (A.B. Burgutin, 1983, 2011). Apikal meristema - balandligi 0,2-0,4 mm boʼlgan faol ravishda boʼlinadigan hujayralar konusidir (M. Carre, 1979). Virus bilan zararlangan o'simliklaming meristema to'qimalari virusdan holi ekanligi birinchi bo'lib Chung (1938) va P.R.Uayt (1943)
tomonidan aniqlangan, XX asming 50-yillarida georginiya o'simligini
o'sish nuqtasidan virussiz o'simlik olish bo'yicha birinchi muvaffaqiyatli tajriba amalga oshirildi. Bu usul mualliflari J.Morel va S.Martinlarning taxminicha,
kasallangan o'simliklarda viruslar tarqalishi bo'yicha tez o'sayotgan
yosh organlardan orqada qoladi, ayniqsa, differensiyallanmagan yosh
to'qimalarda virusning miqdori yo'q darajada bo'ladi.
“Qishloq xo’jalik biotexnologiyasi” ( Ra’no Artiqova va Sayyora Murodova. Toshkent 2010.) kitobida in vitro usuli haqida yozilgan ma’lumotlardan foydalanildi. Jumladan in vitro usulida eng zarur bo’lgan sterilizatsiya jarayoni, ozuqa tayyorlash, o’simliklar kulturasini kiritishda ushbu adabiyotdan foylanib amaliyotda qo’llandi. Bundan tashqari bir qator saytlardan tajriba uchun olingan o’simliklar haqida ma’lumotlar, issiqxonada ko’paytirishda qo’llanilgan usullar kabi qator ma’lumotlardan foydalanildi.
|
| |