|
Sitokinin analoglari va antagonistlari
|
bet | 14/23 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 88,84 Mb. | | #142800 |
Bog'liq Magistrlik dissertatsiyasiSitokinin analoglari va antagonistlari. Keyingi vaqtlarda sitokinin
preparatlarining antistress ta’sirlari aniqlanganidan so‘ng, ularga bo‘lgan
qiziqish tobora ortib bormoqda. Zeatin qatori (kinetin, 6-benzilaminopurin) sitokininlarining sun’iy analoglari shunday xususiyatga ega. Sitokininlar qatori analogi - difenilmochevina-dropp (tidiazuron) ning antistresslik xususiyati kam.
Sitokininlar o‘simliklar biotexnologiyasida kallus to‘qimalari olishda, hujayralar bo'linishini faollashtirishda, kallusda paydo bo‘lgan nihollaming differensiyalanishini induksiyalashda, shuningdek, apikal dominantlikni bartaraf etishda va o‘simliklami klonli mikroko‘paytirishda, ulaming ko‘payish koeffitsiyentini oshirishda qo‘llaniladi. Bunday maqsadlar uchun, ayniqsa, 6-BAP va kinetinlardan ko‘proq foydalaniladi. Sitokinin analoglari oziqa moddalami o‘ziga tortish xususiyati tufayli, mevali daraxt ko'chatlarining apikal dominantligini bartaraf etish, ko‘chatzorlardagi daraxtlarning shoxlari va barglarining tez va sifatli hosil bo‘lishi, shuningdek, urug‘siz uzum navlarining mevalarini yiriklashtirish va massasini oshirishda qo‘llaniladi. Buning uchun
sitokinin analoglari sun’iy gibberellinlar bilan birgalikda qo'llaniladi. Dropp preparati g‘o‘za defblianti sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning ta’sirida endogen etilenning sintezi stimullanishi natijasida burglar to’kiladi. Sitokinin analoglari cheklangan miqdorda sabzavotlami saqlashda, jinsni boshqarishda, shuningdek, uruglarni tinim davridan chiqarishda va o'stirishda qo‘llaniladi.
Sitokininlaming antagonistlari aniqlangan, lekin ular amaliyotda qo’llanilmaydi va hozircha faqat ilmiy ahamiyatga ega. Biotexnologiyada o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini boshqaruvchi fitogormon va sun’iy regulatorlar
O‘simliklar biotexnologiyasida fitoregulatorlar kallus hosil qilish,
hujayralarning differensiyallanishi, regenerant-o‘simliklar o‘sishi va
rivojlanishi jarayonlarini boshqarish imkonini beruvchi asosiy vositadir.
Ontogenezni boshqarish. Y.Saks 1880-yillardayoq o‘simliklaming asosiy organlari - ildiz, poya, barglarining differensiallanishi va rivojlanishini boshqaruvchi moddalar mavjudligi haqida o‘z taxminlarini aytgan, hamda ulami mos ravishda rizokolin, kaulikolin va faliokolinlar deb atagan edi. Qishloq xo‘jalik o‘simliklari biotexnologiyasi rivojlana borishi bilan fitogormonlaming organogenezni boshqarishi haqidagi ma’lumotlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda, chunki aynan fitogormonlar in vitro o‘simlik to'qimalar va hujayralari kulturasida turli muolajalarni amalga oshirishda asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi. Ildiz hosil bo’lishi. O‘simlikshunoslikda novda, barg yoki poyalarda ildiz hosil bo‘lishini sun’iy ravishda boshqarish hamma vaqt ham keng qo’llanilgan, 1930-yillar boshlarida auksinning kashf etilishi, uning adventiv ildiz hosil bo’lishini indutsirlash va ildiz tizimining rivojlanishini stimullash xususiyatlari aniqlangandan so‘nggina deyarli barcha turdagi o‘simliklami yoppasiga qalamchalab ko‘paytirish imkoniyati paydo bo’ldi. Hozirgi kunda fan-texnikaning yuksak taraqqiyotiga qaramasdan o'simliklami ko'paytirishda - qalamchalarga ekishdan oldin auksinning analogi bilan ishlov berish orqali ildiz ottirish usulining mohiyati o'zgarmasdan qoldi. Adventiv ildizlar kambiy hujayralaridan hosil bo’ladi. Ayniqsa, kambiy to'qimalari bo’linishining maksimal faollashgan davrida bu jarayonning samarasi yuqori bo’ladi. Meristema to‘qimalari hujayralaridan ildizlaming shakllanishi genetik determinirlangan bo’ladi. Rizogenezga olib keluvchi genetik dasturlarning transkripsiyasidagi o‘zgarishlar auksin tomonidan nazorat qilinadi. Auksin muayyan retseptor bilan o‘zaro aloqasidan so‘ng va mos gormon – retseptor kompleksi hosil bo’lgandan keyin, ildiz hosil bo’lishiga olib keluvchi va metabolizmni o‘zgartiruvchi fermentlar genlarining operonlaridan
repressor qurshovini yo'qotishga olib keluvchi javob tizimini ishga
tushiradi. Auksinning barcha sun’iy analoglari ham ildiz hosil bo’lishini
indutsirlash xususiyatiga ega emas. Lekin auksinning indolil-3-moy
kislota (IMK) va naftilsirka (NSK) kislota kabi sun’iy analoglari ta’siri
haqiqiy tabiiy gormon ISKning ta’siridan birmuncha kuchliroqdir.
Buning sababi sun’iy analoglaming hujayradagi turg‘unligini yuqoriligi
va ularning gormonlami dezaktivatsiyalovchi fermentlarga kam o‘xshashligidir. Shu bilan bir vaqtda auksinning boshqa analogi 2,4-
dixlorfenoksisirka kislota (2,4-D) rizogenez chaqirish xususiyatiga
deyarli ega emas va bu moddadan uzoq vaqt foydalanilganda to‘qimalar
ildiz morfogeneziga bo‘lgan xususiyatini yo‘qotadi. Sun’iy auksinlarning ildiz hosil qilish faolligi vitaminlar va ko‘pincha askorbin kislotasi bilan birga qo'llanilganda stimullanadi. Boshlang‘ich o‘simliklarga retardantlar bilan oldindan ishlov berish ham ildiz hosil bo‘lishini sezilarli darajada stimullaydi. Regulatorlarning bunday ta’siri zemlyanika, kartoshka, olma, olcha, qoraqat,
krijovnik va boshqa o‘simliklarda aniqlangan. Barcha holatlarda ham
boshlang‘ich o‘simlik qalamchalar kesilishidan oldin, yoki meristemalar
ajratilishidan oldin, retardantlar bilan ishlov berilgan o‘simliklaming
ildiz tizimi yaxshi shakllangan bo’ladi. Nihol hosil bo‘lishi. Niholning organogenezi sitokinin guruhi fitogormonlari tomonidan nazorat qilinishi, barcha turdagi o‘simliklaming kallusli kulturalarida aniqlangan. Sitokininlaming oziqa
muhitida ishtirok etishi kallusda kurtak hosil bo‘lishini indutsirlaydi.
Kallusda vegetativ kurtaklar shakllanishini stimullashga yo‘naltirilganda oziqa muhitidagi auksin va sitokininlaming absolyut darajasiga va bu
fitogormonlarning nisbatiga e’tibor qaratish lozim. F.Skuga va K.O.Miller tomonidan tamakining differensiyallanmagan kallus to‘qimalari ontogenezini boshqarishda sitokininlar qatnashishi aniqlangan. Tajribalarda ISK va kinetin yordamida kallusda ildiz va nihollar hosil bo’lishi chaqirilgan.
M.X. Chaylaxyan va boshqa tadqiqotchi olimlaming fikriga ko‘ra
ildiz hosil qilishni fitogormonlar orqali boshqarish gibberellinlar va
abssiz kislota yordamida (ABK) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
oldin gibberellinlar ta’sirida nihollaming hosil bo‘lishi va o‘sishi
stimullanadi, navbatdagi bosqichda ABK ta’sirida nihollar o‘sishi
to‘xtatilishi natijasida ular yo‘g‘onlashadi va nihollarda tugunaklar
shakllanadi. Kartoshka o‘simligiga ABK bilan ishlov berilganda
tugunaklar massasining oshishi hisobiga hosildorligi ancha yuqori
bo‘ladi.(11)
|
| |