• Auksinning analoglari va antogonistlari.
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti qo‘lyozma shalkda




    Download 88,84 Mb.
    bet13/23
    Sana22.01.2024
    Hajmi88,84 Mb.
    #142800
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
    Bog'liq
    Magistrlik dissertatsiyasi

    Fitoregulator - o‘simliklaming bo‘yiga yoki eniga o‘sishiga ta’sir
    etuvchi, qo‘llanilayotgan miqdoriga ko‘ra, oziqa manbai va fitotoksin
    bo’lmagan tabiiy yoki sun’iy moddalardir. Demak, o'simliklaming
    o'sishiga ta’sir etuvchi har qanday modda ham, agar u o‘simliklar
    o‘sishini o‘g‘it kabi stimuliamasa va gerbitsid kabi o‘simliklaming
    nobud bo’lishiga sabab bo’lmasa, u holda fitoregulatordir. Hozirgi
    kunda regulator faollikka ega 5000ga yaqin birikmalar aniqlangan
    bo’lib, amaliyotda ularning faqat 1% gina qo’llaniladi. Ko'pchilik fitoregulatorlarning fiziologik faolligi, ularning fitogormon tizimining qaysidir komponentiga ta’sir etish xususiyati bilan bog’liq. Bunga hujayraga tashqaridan uning analogini kiritish orqali fitogormonlar miqdorini oshirish; fitogormonning biosinteziga ta’sir etish (stimullash yoki to‘xtatish); fitogormon transportini
    to‘xtatish; fitogormonning inaktivatsiya tizimiga ta’sir etish (stimullash
    yoki to‘xtatish); fitogormonning retseptoriga ulanishi uchun raqobat
    hosil qilish; fitogormon-retseptor kompleksining inaktivatsiyasi hisobiga
    erishiladi. Sun’iy regulatorlarning o‘simliklarning gormon tizimiga ta’siri.
    Auksinning analoglari va antogonistlari. Auksinga ta’sir etuvchi
    regulator birikmalar orasida, bu fitogormonning sun’iy analoglaridan
    indolil-3-sirka kislota (ISK), indolil-3-moy kislota (IMK), 1-naftilsirka
    kislota (NSK) hamda ularning tuzlari va amidlari ildiz hosil qilishni
    stimullashda keng qo’llanadi. Bu birikmalardan o‘simliklami
    qalamchalash usuli orqali vegetativ ko'paytirishda, biotexnologik
    jarayonlarda va an’anaviy o‘simlikshunoslikda keng foydalaniladi. Ular
    bilan ishlov berish- preparatni oziqa muhiti tarkibiga 1-100 mg/1
    konsentratsiyada kiritish, qalamchaning bazal qismini shu preparatning
    200 mg/1 konsentratsiyadagi spirtli eritmasiga solish yoki qalamchalami
    preparatning 25-50 mg/1 konsentratsiyadagi suvli eritmasida 12-14 soat
    ushlab turish usullari orqali amalga oshiriladi. Bu birikmalaming
    zaharlilik ta’siri kam boMib, ulami odamlar tomonidan iste’mol qilinadigan ekinlarga qo’llash mutlaqo xavfsizdir. Auksin analoglari orasida 2,4-dixlorfenoksisirka kislota (2,4-D); 4-xlorfenoksisirka kislota (4-X); 2,4,5-uchxlorfenoksisirka kislota (2,4,5-T); 2(2,4,5-uchxlorfenoksi) propion kislota (2,4,5-UP) muhim o'rinni egallaydi. Bu birikmalar auksin ta’sir etadigan hududda yuqori auksin faolligiga ega bo’lib, proton pompasini faollashishi va tropizm,
    hujayralaming cho‘zilishi va dedifferensiallanishi jarayonlarini amalga
    oshiradi. Bu moddalar past konsentratsiyalarda kallus to‘qimalarini olish
    uchun (0,5-2,0 mg/1,), yuqori konsentratsiyalarda esa gerbitsid sifatida
    qoMlaniladi. Ushbu guruh auksin analoglarining zaharlilik ta’siri boshqa
    guruh vakillarinikiga nisbatan kam, ammo ular kuchli mutagen ta’sirga
    ega bo‘lganligi uchun ekologik xavf tug‘diradi. Antiauksin ta’siriga ega qator fitoregulatorlar ham mavjud. Ulaming ta’siri bu gormonlar transportini to‘xtatishi bilan bog‘liq: ular morfaktinlar, naftilftalamin kislota va uning tuzlari, shuningdek, 2,3,5-uchyodbenzoy kislota (UYBK)dir. UYBKning ta’siri auksin tomonidan
    apikal dominantlikning buzilishida namoyon bo'ladi. Buning natijasida
    ba’zi o‘simliklar kurtaklarining uyg'onishi ortadi, masalan: soya
    o'simligida hosildor novdalar sonini oshirish hisobiga hosildorligi
    yuqori bo‘ladi.

    Download 88,84 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




    Download 88,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti qo‘lyozma shalkda

    Download 88,84 Mb.