|
) donor - o‘simlik tanlash, eksplantlami o‘simlikdan alohida
ajratish va steril kulturada yaxshi o‘sadiganini ajratib olish;
2
|
bet | 9/23 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 88,84 Mb. | | #142800 |
Bog'liq Magistrlik dissertatsiyasi1) donor - o‘simlik tanlash, eksplantlami o‘simlikdan alohida
ajratish va steril kulturada yaxshi o‘sadiganini ajratib olish;
2) maksimal miqdorda meriklonlar olishga erishilgandan so‘ng
xususiy mikroko‘paytirish;
3) ko‘paytirilgan nihollarning ildiz otishi va tuproq sharoitiga
ko‘nikishini amalga oshirish, zarur holatda regenerant o‘simlikni past
haroratda (2-10°C ) saqlash;
4) o'simliklami issiqxona sharoitida o‘stirish va ulami sotishga
1-boshlang‘ich eksplantni tanlash; 2-steril kulturalar olish; 3-birlamchi
eksplantda adventiv kurtaklarning hosil bo‘lishi; 4-kurtaklaming
rivojlanib mikronihollar paydo qilishi; 5-mikronihollarni ко'paytirish
(qalamchalash); 6-mikronihollarning ildiz otishi; 7-past haroratda
regenerant o'simliklar yashashini ta’minlash; 8-o‘simliklarni issiqxona
sharoitiga о'tqazish; 9-regenerant о‘simliklami dalaga ekish.
Klonli mikroko‘paytirishning bir necha usullari mavjud. Turli
mualliflar eksplantlari kulturalash sharoitlari morfogenez jarayoniga
ta’siri bo‘yicha individual izlanishlar o‘tkazib, o‘stirish sharoitining
o‘zgarishiga javoban turli morfogenetik reaksiyalami kuzatishlarining
natijasi klonli mikroko‘paytirish usullarining yangi klassifikatsiyasi
paydo bo'lishiga olib keldi. O‘simliklarni klonli mikroko‘paytirish
yuzasidan adabiyotlarda berilgan ma’lumotlardan kelib chiqib, bu
jarayonni quyidagi usullar yordamida amalga oshirish mumkin:
-o‘simlikda mavjud bo'lgan meristemani faollashtirish (poya apeksi, bo‘shliqdagi va tinim davridagi kurtaklar);
-bevosita eksplant to'qimalarida adventiv kurtaklaming paydo
bo'lishini induksiyalash;
-somatik embriogenezni induksiyalash;
-birlamchi va qayta ko‘chirib o'tkazilgan kallus to'qimalaridagi adventiv kurtaklaming differensiallanishi.
O‘simliklami klonli mikroko'paytirishda qo'llaniladigan asosiy
usul, bu o‘simlikda mavjud bo'lgan meristemalarni rivojlanishining
apikal dominantlikni to'xtatilishi hisobiga faollashtirishdir.
Bunga ikki xil yo‘l bilan erishish mumkin: a) poyani uchki
meristemasi olib tashlanadi va novda in vitro gormonsiz muhitda
mikroqalamchalanadi; b) oziqa muhitiga sitokinin tipi ta’siriga ega
moddalar qo‘shish orqali ko‘plab ichki bo‘shliqdan chiqqan novdalarning rivojlanishi indutsirlanadi. Sitokinin sifatida 6-benzilaminopurin (BAP) yoki 6-furfurilaminopurin (kinetik), shuningdek, 2-izopentiladenin (2ip) va zeatindan
foydalaniladi. Shunday usulda olingan nihollar birlamchi eksplantdan
ajratiladi va ichki meristemalar proliferatsiyasini stimullovchi va
nihollarni paydo bo‘lishini oshiruvchi yangi tayyorlangan oziqa
muhitida yana kulturlanadi. Hozirgi vaqtda bu usul qishloq xo‘jalik
ekinlari va texnik ekinlar (qand lavlagi, tamaki, yer noki, chirmoviq),
shuningdek, sabzavot ekinlari (pomidor, kartoshka, bodring, qalampir,
qovoq va boshqalar), mevali daraxtlar, butalar (olma, olxo'ri, olcha, nok,
uzum, qorag‘at, krijovnik va boshqalar), manzarali o‘simliklar (terak,
tol, olxa, qayin, chetan, sekvoyya, tuya, mojjevelnik va boshqalarning
virussiz ekish materiallari (ko'chatlar, tugunaklar) olishda keng
qo’lanilmoqda. Kartoshka kabi ba’zi qishloq xo‘jalik ekinlari uchun klonli
mikroko’paytirish texnologiyasi sanoat asosida yo‘lga qo‘yilgan.
O‘simlikda mavjud bo‘lgan meristemalaming rivojlanishini faollashtirish usulini qo‘llash orqali kartoshkani bitta meristemasidan bir yilda
105 ta o‘simlik olish mumkin, shuningdek, bu texnologiya yordamida
probirkalarda qimmatli, virussiz urug‘lik materiallar - mikrotuganaklar
yetishtirish ko‘zda tutilmoqda. Ikkinchi usul - eksplant to‘qimalarida tasodifiy (adventiv) kurtaklar induksiyasini amalga oshirishga qaratilgan.
Bu usul alohida ajratilgan o‘simlik qismlarini qulay oziqa muhit sharoitida kulturalab, unda yetishmayotgan a’zolarini tiklash orqali yetuk o‘simlik regeneratsiya qilishga asoslangan. Tasodifiy kurtaklami o'simlikning virusdan holi qilingan har qanday organ va to‘qimalarida (alohida ajratilgan murtak, barg, poya, urug‘ kurtak, piyoz osti qismida qobig‘i, ildiz segmentlarida va gul barglarida) hosil qilish mumkin. Bu uchun sitokinin yoki uning auksin bilan 10:1 yoki 100:1 nisbatdagi aralashmasini tutuvchi oziqa muhitlardan foydalaniladi. Auksin sifatida ko‘pincha P-indolil-3 sirka kislota (ISK) yoki a-naftil sirka kislota (NSK)dan foydalaniladi. Bu usul yuksak o‘simliklami klonli mikroko‘paytirish bo‘yicha keng tarqalgan usul bo‘lib, ko‘pgina piyozidan ko'payadigan o‘simliklar (narsis, liliya, giatsint, gladiolus, lola) piyoz qobig‘i, bazal qismi segmentlaridan, barg eksplantlaridan;
Brassica turkumi vakillari (gulkaram, bosh karam, bryussel bargli
karami, parel, brokkoli karamlarini) gipokotil segmentlaridan, urug‘-
murtak, barglardan; piyoz, sarimsoq piyozni piyoz tubi to‘qimasi uchki
meristemasidan; pomidomi apikal va uchki meristemalardan, sikor
salatini barg plastinkalari segmentlaridan; petuniya + ildiz segmentlaridan, gloksiniya, binafsha gullarini barg plastinkasi segmentlaridan alohida ajratilgan, yetilgan va yetilmagan murtaklardan klonli mikroko‘paytirishda foydalaniladi. Klonli mikroko‘paytirish texnologiyasi qulupnay o‘simligi uchun juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Yosh o‘simlikdan virusdan holi, uchki meristema ajratiladi va moslashtirilgan, 0,1 -0,5 mg/1 BAP tutuvchi Murasiga va Skuga oziqa
muhitida o‘stiriladi, kulturalashning 3-4 haftasidan so'ng, tasofidiy
kurtaklar shakllanayotgan meristema o‘simtalari rivojlanadi. Ular tez
o‘sib yangi kurtaklar paydo qiladi. 6-8 hafta davomida kurtaklar
konglomerati hosil bo'ladi, ular rivojlanishning turli davrlarida bo‘lib,
bir-biri bilan biriktiruvchi to‘qimalar orqali birikkan bo'ladi. Kalta
novdalarda barglar paydo bo‘ladi, pastki qismida yangi adventiv
kurtaklar shakllanadi. Bu kurtaklar ajratiladi va yangi oziqa muhitiga
ko‘chirib o‘tqaziladi. Sitokinin tutuvchi oziqa muhittida yon
novdalarning paydo bo‘lishi davom etadi, gormonsiz oziqa muhitda esa
4-6 hafta davomida bargli, ildizli normal o‘simlik paydo bo‘ladi.
Eksplantning morfogenetik faolligi 3-4 yilgacha saqlanib qoladi.
Shunday qilib, bir boshlang'ich o‘simlikdan yiliga bir necha million
o‘simlik olish mumkin. Albatta, tadqiqotchilarda adventiv kurtaklar paydo bo‘lishida hujayraning qaysi qatlami meristemalar differensiatsiyasida ishtirok
etishi haqidagi savol paydo bo‘ladi. Bu savol bo‘yicha hozirgacha aniq
bir javob yo‘q. Tamaki to'qimalari bo‘yicha olib borilgan ishlarida, Tran
Tan Van aynan epidermisning faol to‘qima ekanligini va oziqa
muhitidagi gormon balansiga bog‘liq holda kurtak, kallus yoki ildiz
hosil qilishga qodir ekanligini ko‘rsatdi. Sitologik izlanishlami
ko‘rsatishicha, lola va narsis piyozi bazal qismi segmentlarida adventiv
novdalar piyoz tubida joylashgan meristema hujayralarining ustki
qatlamlarida shakllanar ekan, gloksiniya o‘simligida adventiv kurtaklarni shakllanish jarayoni, barg plastinkalarining subepidermal hujayra
qavatlarida sodir bo‘ladi. Uchinchi usul, somatik hujayralarda murtaksimon strukturalari differensiatsiyasiga asoslanadi va somatik embriogenez deb ataladi.
Murtaklami in vitro va in vivo hosil bo’lishidagi asosiy farqi shundan
iboratki, somatik murtaklar murtak xaltasidan tashqarida aseksual
ravishda rivojlanadi va o‘zining tashqi ko‘rinishidan bir vaqtning o‘zida
ham poyaning ham ildizning apikal meristemasi rivojlanayotgan qo‘sh
qutbli strukturalar ko‘rinishini eslatadi. Stevard fikriga asosan, somatik murtaklar rivojlanishning uchta bosqichi: sharsimon, yuraksimon, torpedasimon va jarayon so‘nggida o‘simtalaming rivojlanish tendensiyasiga ega bo’ladi.
Bunday holat sabzi hujayra to‘qimalarida o‘tgan asming 50-
yillarida aniqlangan bo‘lib, hozirgi kunda bu usul ko‘pgina Orchidacae
va Rutaceae oilasiga mansub o‘simliklar, ba’zi boshoqli o‘simliklar
(bug‘doy, arpa), beda, rediska, uzum, shuningdek, turli daraxtlarni
(tog‘terak, evkalipt, eman, qora qarag‘ay) ko'paytirishda foydalaniladi.
Embriogen hujayralar manbai sharsimon, yuraksimon, torpedasimon
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
) donor - o‘simlik tanlash, eksplantlami o‘simlikdan alohida
ajratish va steril kulturada yaxshi o‘sadiganini ajratib olish;
2
|