O’simliklarni klonal mikroko‘paytish usullari va bosqichlari




Download 88,84 Mb.
bet8/23
Sana22.01.2024
Hajmi88,84 Mb.
#142800
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasi

2.3. O’simliklarni klonal mikroko‘paytish usullari va bosqichlari.
Hujayra va to‘qimalar kulturasi sohasida erishilgan yutuqlar asosida o‘simliklarni vegetativ ko‘paytirishning yangi usuli – klonli mikroko‘paytirish (in vitro sharoitida (probirkada) o'simliklami jinssiz ko‘payishi, dastlabki nusxasi bilan genetik bir xil) usuli yaratildi. Usul asosida o‘simlik hujayrasining faqat o‘ziga xos bo‘lgan totipotentlikni amalga oshirishdek ajoyib xususiyat yotadi, ya’ni ekzogen omillar ta’sirida o'simlik organizmi paydo bo’ladi. Bu usul
o‘simliklarni ko‘paytirishning an’anaviy usullariga nisbatan bir qator
afzalliklarga ega:

  • genetik bir xil ekish materiallari olish;

  • meristema kulturasidan foydalanishi orqali o'simliklami virusdan holi qilish;

  • ko‘paytirishning yuqori koeffitsiyenti (105-106 - o‘tli, gulli
    o‘simliklar uchun, 104 - 105 - butasimon daraxtlar uchun, ninabarglilar uchun 104);

  • seleksion jarayonni davomiyligining qisqarishi;

  • o‘simliklami yuvenil fazadan reproduktiv fazaga o‘tishni
    tezlashishi;

  • an’anaviy usullar bilan ko'payishi qiyin bo‘lgan o‘simliklami
    ko‘paytirish mumkinligi;

  • butun yil mobaynida ish olib borish mumkinligi, ekish materiallarini o‘stirish uchun maydonlaming tejalishi.

  • o‘stirish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati.

O‘simliklami klonli mikroko‘paytirish sohasida birinchi muvaffiqiyatga o‘tgan asming 50-yillarida fransuz olimi Jorj Morel tomonidan erishilgan. U orxideyaning-regenerant o‘simligini olgan. Bu vaqtda o‘simliklarni apikal mefistemasini in vitro kulturalash texnikasi yaratilgan edi. Tadqiqotchilar birlamchi eksplantlar manbai sifatida o‘tchil o'simliklardan: chinnigul, xrizantema, kungaboqar, no‘xat, makkajo‘xori, qoqio‘t, salatdan foydalanib, bu o‘simliklami regeneratsiya jarayoniga va shakllanishiga oziqa muhitlari tarkibining ta’sirini
o‘rgandilar. Shakllangan protokormlami ajratib, so‘ng yangi tayyorlangan oziqa muhitda barg primordiylari va ildiz hosil bo‘lgunga qadar kulturalash mumkin
edi. Natijada, bu jarayonni xohlagancha davom ettirib ko‘p miqdorda,
yuqori sifatli, genetik bir xil, virussiz ekish materiallari olish mumkin
ekanligi aniqlandi. In vitro sharoitida о‘sayotgan о‘simliklar. Shunday qilib, o‘simliklami klonli mikroko‘paytirishda birinchi muvaffaqiyat o‘tchil o‘simliklar apikal meristemasini o‘ziga mos oziqa muhitda kulturalab, regnerant o‘simlik olish bilan bog’liq. Ammo mikroko‘paytirishni qo‘llash sohasi xilma-xil va kun sayin
rivojlanib bormoqda. Bu birinchi navbatda daraxtlami, ayniqsa,
ninabargliiami in vitro ko‘paytirish va in vitro texnikasidan foydalanib
dorivor o‘simliklaming nodir va yo‘qolib borayotgan turlarini saqlab
qolish bilan bog‘liq. Hozirgi vaqtda bu yo‘nalish bo‘yicha ko‘zga
ko‘rinarli siljishni ko‘rish mumkin. Daraxtsimon o'simliklar to‘qimasi
bo'yicha ishlar birinchi marta XX asming 20-yillarida fransuz olimi
Gotre tomonidan chop etilgan. Bunda u qayrag‘och va qarag‘ayning
ba’zi turlari kambiy to‘qimalarini in vitro kallus hosil qilishga bo’lgan
qobiliyati haqida ma’lumotlar bergan. 1940-yillarda chop etilgan
maqolalarda qayrag‘ochning turli to'qimalarining adventiv kurtaklar
hosil qilish xususiyati haqida yozilgan. Ammo mualliflar nihollaming
keyingi o‘sish va shakllanishini amalga oshira olmadilar. Faqatgina
1960-yillar o‘rtalaridab Mates tomonidan tog'terakning birinchi regenerant o‘simligi olinib, tuproqqa ekishgacha yetkazilgan. Ninabarglilar to‘qimalarini kulturalash ko‘p vaqtgacha izlanishlar uchun obyekt bo‘lib xizmat qildi. Bu o‘simlikdan ajratilgan yuvenil to‘qimalami, undan ham qiyinrog'i katta yoshdagi o'simliklar to‘qimalarini kulturalashning o‘ziga xos qiyinchiligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, daraxtsimon o‘simliklar, ayniqsa, ninabarglilar sekin o'sadi, ildiz otishi qiyin. Ular katta miqdorda ikkilamchi metabolit birikmalar (fenollar, terpenlar va boshqa moddalar) tutadi, bu ajratilgan to‘qimalarda turli fenolazalar ta’sirida oksidlanadi. O’z navbatida fenoldan oksidlangan mahsulotlar odatda hujayraning bo'linishi va o‘sishini to‘xtatishi orqali birlamchi eksplantlarning nobud bo’lishiga,
yoki daraxtsimon o‘simliklarning advenetiv kurtaklar paydo qilish
xususiyatining kamayishi bilan xarakterlanadi. Ammo, barcha qiyinchiliklarga qaramay, olimlar ilmiy tadqiqotlar manbai sifatida ko‘pincha
daraxtsimon o'simliklami to‘qima va organlaridan foydalanishadi.
Hozirgi vaqtda 40 ta oilaga kiruvchi 200 ga yaqin daraxt turlari (kashtan,
eman, qayin, zarang, terak va tog'terak duragaylari, qarag‘ay,
qoraqarag‘ay) in vitro sharoitida ko‘paytirilmoqda.(6)
Klonli mikroko‘paytirish jarayonini 4 ta bosqichga bo‘lish
mumkin.

Download 88,84 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Download 88,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’simliklarni klonal mikroko‘paytish usullari va bosqichlari

Download 88,84 Mb.