|
O’simliklarni in vitro usulida vegetativ ko‘paytirish
|
bet | 7/23 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 88,84 Mb. | | #142800 |
Bog'liq Magistrlik dissertatsiyasi2.2. O’simliklarni in vitro usulida vegetativ ko‘paytirish.
Urug‘li o’simliklar ikki xil yo’l bilan: urug‘dan va vegetativ yo’l bilan ko’payadi. Bu ikkala yo’lni ustuvorligi ham kamchiligi ham bor. Urug‘dan ko’payishning kamchiligiga eng avvalo, olingan ko’chatlarni genetik xilma-xilligi va yuvenil (urug‘dan chiqqan maysadan yoki vegetativ kurtakdan reproduktiv organlar hosil qilish) davrining uzunligini ko’rsatish mumkin. Vegetativ ko’payishda ona o’simlikni genotipi saqlanib qoladi va yuvenil davr qisqaroq bo’ladi. Ammo ko’pchilik turlar (eng avvalo yog‘och hosil qiladiganlar) uchun vegetativ ko’payish muammosi oxirigacha o’z yechimini topgani yo’q. Bunga asosiy sabablar quyidagilar:
➡ Birinchidan, ko’pchilik turlar (navlar) hattoki, yuvenil bosqichda ham vegetativ usulda kerakli samara bilan ko’payavermaydi (eman, tilog‘och, yong‘oqdoshlar va boshqalar);
➡ ikkinchidan, o’simliklarni ko’pchilik daraxt navlarini 10-15 yoshdan keyin, qalamcha yordamida ko’paytirish mumkin emas;
➡ uchinchidan, har doim ham standart ekish materiali olish mumkin emas (yuqumli kasalliklar to’planishi va o’tishi mumkin);
➡ to’rtinchidan, payvand qilish orqali katta yoshli (yog‘ochli) o’simliklarni ko’paytirish juda ham qiyin va murakkab;
➡ beshinchidan, yil davomida bir xil genetik materialni olish uchun ishlab chiqilgan texnologiyalar samaradorligining o’ta pastligidir.
➡ hujayra va to’qimlar kulturalari bo’yicha erishilgan yutuqlar vegetativ ko’payishni tubdan yangi bo’lgan usulini klonal mikroko’paytirish in vitro sharoitida (probirkada), jinsiy bo’lmagan yo’l bilan, o’simliklarni dastlabki nusxasi bilan genetik bir xil bo’lgan navini yaratish.
Bu usul asosida o’simlik hujayralariga xos bo’lgan noyob xususiyat, totipotentlik, ya’ni tashqi ta’sirini butun o’simlik organizmi hosil bo’lishiga turtki bo’lishi yotadi. Albatta, bu usulni boshqa an’anaviy usullardan ustunlik tomonlari juda ham ko’p:
genetik bir xil ekish materialining olinishi;
meristema to’qimalari kulturalari ishlatilishi hisobiga o’simliklarni virusli va boshqa yuqumli kasalliklardan holi bo’lishi;
ko’payish koeffitsientining yuqoriligi (o’tchil va gulli o’simliklar uchun 104-105; ninabargli o’simliklar uchun –104);
seleksiya davrining qiqarishi;
o’simlik rivojlanishshini yuvenil davrdan reproduktiv fazaga o’tishini tezlashishi;
an’anaviy yo’llar bilan qiyin ko’payadigan o’simliklarni ko’paytirish;
ishni yil davomida tashkil etish imkoniyatlarining mavjudligi va ko’chat materiallari o’stirish uchun kerak bo’lgan maydonni tejash;
o’stirish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatlari va h.k.
Klonal mikroko’paytirishni dastlabki muvaffaqiyatlari o’tgan asrning 50-yillari oxirida fransuz olimi Jorj Morel orxideya o’simligining regenerantini yaratganda erishilgan edi. Bu muvaffaqiyatga o’sha vaqtlarda yaratilgan, In vitro sharoitida o’simliklarni apikal meristemalarini ko’paytirish texnikasi o’z hissasini qo’shgan. Odatda olimlar birlamchi eksplant sifatida o’tchil o’simliklarni ustki meristemalaridan foydalanadilar, va ozuqa muhiti tarkibini o’simlikni regeneratsiya va paydo bo’lish jarayonlariga ta’sirini o’rganadilar. Xuddi shu maqsadda chinnigul, xrizantema, kungaboqar, no’xat, makkajo’xori, qoqio’t va boshqa o’simliklar o’rganib chiqilgan edi. Morel o’sib kelayotgan konussimon ko’rinishdagi va ikki-uch barg oldi elementlaridan iborat bo’lgan va undan ma’lum sharoitda qubbali, yumaloq-prokariotlar paydo bo’lishini kuzatgan edi. Hosil bo’lgan (etilgan) protokormlarni bo’lish va keyin alohida mustaqil ravishda yangi tayyorlangan ozuqa muhitida barg va ildiz paydo bo’lguncha o’stirish mumkin bo’lgan edi. Natijada u, bu jarayon chegarasiz ekanligini va yuqori sifatli genetik bir xil, virussiz ekish materialini juda ham ko’p miqdorda tayyorlash mumkinligini kuzatgan edi. Rossiyada klonal mikroko’paytirish professor R.G.Butenko nomi bilan bog‘liq. K.A.Temiryazev nomidagi o’simliklar fiziologiyasi institutida bu olima o’z shogirdlari bilan, kartoshka, qand lavlagi, chinnigul va boshqa gullarni klonal ko’paytirish sharoitlarini ishlab chiqqan. Mamlakatimizda bu usul ilmiy laboratoriyalarda sinab ko’rilmoqda. Xususan, Toshkent Davlat agrar universiteti biotexnologiya kafedrasi ilmiy laboratoriyasida kartoshkani klonal mikroko’paytirish usullari orqali kasalliklarga, issiqqa, sho’rlanishga chidamli navlarini yaratish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shuni ham eslatib o’tish o’rinliki, mikroko’paytirishdan foydalanish doirasi juda keng bo’lib, kundan kunga yanada oshib bormoqda. Eng avvalo bu in vitro sharoitida o’simliklarni yog‘ochli turlarini, ayniqsa, ingibitorlar va bu usulni yo’qolib ketayotgan o’simliklar hamda dorivor o’simliklarni ko’paytirish uchun ishlatilganda katta samara beradi.Yog‘ochli (daraxtlarni) o’simliklarni to’qima kulturasi bo’yicha birinchi ilmiy ishlar 1920 yillarda chop etilgan bo’lib, fransuz olimi Gotre nomi bilan bog‘liq. Bu maqolalarda tilog‘och daraxti kambial to’qimalarini in vitro sharoitida kallusogenezga imkoniyatlari borligi xabar qilingan. 1960-yillarda Mates degan olim birinchi marta OSIN daraxti regenerantini olishga erishgan va uni tuproqqa ekishgacha yetkazgan. Nina bargli o’simliklarni in vitro sharoitida o’stirish uzoq vaqt tajriba sifatida ishlatilib kelindi. Bu o’simlikdan ajratib olingan yuvenil ayniqsa, katta yoshli to’qimalarni o’sishida o’ziga xos qiyinchiliklar borligi bilan bog‘liq. Ma’lumki, yog‘och hosil qiluvchi daraxtlar, ayniqsa igna bargli o’simliklar juda ham sekin o’sadilar, qiyin tomir oladilar, juda ko’p miqdorda ikkilamchi birikmalar (fenollar, terpenlar va boshqa moddalar) saqlaydilar, bu moddalar esa alohida ajratib olingan to’qimalarda fenolaza fermentlari ta’sirida oksidlanadilar. O’z navbatida fenollarni oksidlangan mahsulotlari odatda hujayrani o’sishini va bo’linishini ingibirlaydilar, bu esa birlamchi eksplantlarni nobud bo’lishiga yoki yog‘ochli o’simliklar to’qimasini regeneratsiya imkoniyatlarini pasayishiga va yoshi ulg‘aygan sari sekin butunlay yo’qolishiga olib keladi. Ammo, qanchalik qiyin bo’lishiga qaramasdan olimlar izlanish manbai sifatida tez-tez yog‘ochli o’simliklarni to’qima va organlaridan foydlanib kelmoqdalar. Hozirgi vaqtga kelib, in vitro sharoitida ko’paytirilgan yog‘ochli o’simliklar soni 40 oilaga mansub bo’lgan 250 turdan oshib ketgan.(5)
|
| |