BOB. Fizika o’qitish jarayonida o’quvchilarni diqqatini nazorat qilishni loyihalashtirish




Download 1,23 Mb.
bet5/8
Sana16.02.2024
Hajmi1,23 Mb.
#157587
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qadamova Zuxra. kurs ishi (2)
Avazjon, ХФХ-1 мажмуа 2021 (1), Plant genetic engineering and genetically modified crop breeding history and current status, MUHAMMAD ALI , Shovqin va titrashning Ularning inson organizmiga zararli ta´sir-fayllar.org, 5-mavzu. Marketing tizimi va sohasi-fayllar.org, 2 Elektr tokining asosiy xarakteristikalari. Om qonuni. Tokning -fayllar.org, 13816, 5-ma`ruza elektronika leksiya (1), referat Sharipova S, Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari, 10-tajriba ishi, shartnoma Nilufar, 8-9-amaliyot Abror Inoyatov OS, 5-ma\'ruza Saralash algoritmlari 2(uzb)
BOB. Fizika o’qitish jarayonida o’quvchilarni diqqatini nazorat qilishni loyihalashtirish.

2.1-§ Fizika o’qitishda o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakasini tekshirishni loyihalashtirish.
O‘quvchilarning bilimi, ko'nikma va malakasini tekshirish fizika o‘qitishning zaruriy qismidir. Bilim va ko'nikmani tekshirish o‘quvchilarning mehnatsevarlik sifatllarini tarbiyalashga, muntazam ravishda mehnat qilish zarurligini bilishga, hamma ko‘rinishdagi o‘quv vazifalarini vijdonan bajarishga ijobiy ta’sir qiladi. U ning tarbiyaviy ahamiyati ana shundadir. O‘quvchilaming bilimlarini sinash vaqtida u yoki bu xulosa asosida nima yotishini, faktlardan kelib chiqadigan umumlashtirish nimadan iboratligini bilish malakasiga ega bo’lishini talab etish ularning mantiqiy fikrlashlarining rivojlanishiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir qiladi. O‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakasini tekshirish — bilimni takrorlash, chuqurlashtirish, mustahkamlash va sistemalashtirish hamdir. O‘quvchilar bilimini tekshirishga bo‘lgan asosiy talab — doimiylik va baholarning obyektiv bo‘lishidir. Asosiy so‘rash usullari: og‘zaki, yozma, nazorat qurilmalari yordamida, programmalashgan tekshirish va uy vazifalarini ko'rib chiqishdir. Og‘zaki so‘rash — sinashning eng ko‘p tarqalgan turi bo‘lib, u o‘quvchilarning fikr yuritishlarini, nutqlarining rivojlanishini va mantiqiy fikrlashlarini kuzatib borish imkonini beradi. Og‘zaki so‘rashni darsning boshlanishida o‘quvchilar tomonidan uy vazifalarini bajarganliklari va yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorliklarini tekshirish maqsadida o‘tkazish mumkin. Og‘zaki so‘rashdan yangi materialni o‘tish va mustahkamlashda, masala yechishda, laboratoriya ishini bajarishdan avval, yakunlovchi takrorlashda foydalaniladi. Individual so‘rashda 1—3 ta o'quvchining bilimi mukammal aniqlanadi va tahlil qilinadi. Bunday so‘rashda avval savol butun sinfga beriladi va unga ko‘rsatma beriladi. Javobni o ‘ylash uchun 1—2 minut vaqt berilib, keyin o‘quvchi doska oldiga chaqiriladi. U savolga berayotgan javobni rasm, ko‘rgazma va tajriba bilan to‘ldirib boradi. Ko‘p hollarda zichlashgan individual so‘rashdan foydalaniladi, ya’ni bir vaqtda 2-3 ta o ‘quvchini doska oldiga chaqirib so‘raladi. O‘qituvchi oldindan savol va mashqlarni tayyorlab qo‘yadi. O‘quvchilar ketma-ket javob beradilar. Tekshirishning bu shakli ham savolga javob talab etilganda, ham masala yechishni tekshirishda ko‘proq ishlatiladi. O‘quvchilardan bu holda ko‘proq mustaqil ravishda masala yecha olish, sxemalarni chiza olishi, tajribalarni bajara olishlari talab qilinadi. Bir o‘quvchi javob berayotganda ikkinchisi masalani yechib turadi, yana biri tajriba qilib turadi. Tekshirishning bunday shaklida o'quvchilarning amaliy qobiliyatlarini sinash imkoniyati kengayadi, kamroq vaqt ketadi, ko'proq o‘quvchilardan so‘rash imkoniyati tug‘iladi. Individual so'rashda savollar asosiy va yordamchi bo‘ladi. Asosiy savol keng qamrovli javobni, masala yechish va tajriba bajarishni talab etsa, qo‘shimcha savollar o‘quvchilarni doim o‘qib borayotganliklarini aniqlashda ishlatiladi. Ko‘p hollarda yangi materialni o‘rganish uchun oldingi darsda o‘tiIganlardan tashqari o‘quvchilar ancha avval o‘tilgan asosiy tushunchalarni ham bilishlari zarur bo’ladi. Individual so ‘rash usuli bu holda ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, tushunchalarni uzoq vaqt esda saqlab qolishga undaydi. Frontal so‘rashning individual so‘rashdan farqi shundaki, bunda ko‘proq o‘quvchilardan so‘rash imkoni kattadir. Bu holda kichik xajmli savollar butun sinfga berilib, o‘quvchilar o‘z joylarida turib qisqa javob beradilar. Bunday so‘rash yangi materialni o‘rganishdan avval o‘quvchilarni faollashtirishda, muammolar qo‘yishda, mustahkamlashda ko‘proq foydalaniladi. O‘quvchilarning bilim, ko'nikma va malakasini og‘zaki sinashga bo‘lgan asosiy talablar quyidagilar:
l . So‘rash shunday olib borilishi kerakki, bunga butun sinf diqqati jalb etilsin.
2.O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar so‘rash hamma uchun qiziqarli bo‘lsin.
3. Yuzaki savollar qo‘yilmasin.
4. O‘quvchilarga beriladigan savollar mantiqan ketma-ket joylashtirilsin.
5. O‘quvchilar javobi ratsional va qisqa vaqtni talab etsin. U o ‘z javobini to‘liq berish imkoniga ega bo‘lsin, iloji boricha uning gapini bo‘lmaslik lozim.
6. So‘rash o‘quvchining qanday o‘zlashtirishidan qat’i nazar uzoq vaqt talab etmasin.
7. O‘quvchilarga beriladigan har bir savol to‘g‘ri, qisqa va aniq, tushunarli holda qo'yilishi kerak. Bilim, ko‘nikma va malakani sinashning yozma usuli 10— 15 minutlik, ba’zan to‘la dars vaqtida o‘tkaziladigan nazorat yozma ishlaridan iboratdir. Yozma ish hamma o‘quvchilar tomonidan dastur materialining alohida masalalarini qanday o‘zlashtirganliklarini aniqlash imkonini beradi. Ayniqsa masala yecha olishlarini, birliklar ustida amallar bajara olishlarini, formula chiqara olishlarini, grafik qurish va uni o‘qiy olishlarini aniqlashda yozma ishlarning ahamiyati kattadir. Qisqa muddatli (10— 15 minutli) nazorat yozma ishlari o'quvchilarni ogohlantirmasdan formula, qonun, grafikni bilishlarini va qo‘llay olishlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. To‘la bir darsga mo‘ljallangan nazorat yozma ishlari fizik kattaliklar orasidagi miqdoriy bog‘lanishlarni o ‘z ichiga olgan yirik mavzu va bo‘limlar o‘tilgandan keyin chorakda 1 — 2 marta o'tkaziladi. O’quvchilarning mustaqil ishlarini ta’minlash uchun 5—6 variant topshiriq tuzilsa yoki har bir bolaga alohida variant tuzilsa, juda yaxshi bo‘ladi. Yozma ishlarni kelasi darsgacha tekshirib, uni dars vaqtida tahlil qilib beriladi. Fizik diktantlar o‘quvchilar bilimini sinashning yangi usuli bo‘lib, unda gapning bir qismini o‘qituvchi aytadi, qolgan qismini o‘quvchi o‘zi to‘ldirib (bilganicha) yozib boradi. Masalan, «Kislota, ishqor,............suvda eriganda.............. ajralish hodisasini elektrolitik.............. deyiladi».

Download 1,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOB. Fizika o’qitish jarayonida o’quvchilarni diqqatini nazorat qilishni loyihalashtirish

Download 1,23 Mb.