• Ta’lim jarayonini loyihalash –
  • -§ Fizika o’qitishda ta’lim jarayonini loyihalashtirish




    Download 1,23 Mb.
    bet3/8
    Sana16.02.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #157587
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Qadamova Zuxra. kurs ishi (2)
    Avazjon, ХФХ-1 мажмуа 2021 (1), Plant genetic engineering and genetically modified crop breeding history and current status, MUHAMMAD ALI , Shovqin va titrashning Ularning inson organizmiga zararli ta´sir-fayllar.org, 5-mavzu. Marketing tizimi va sohasi-fayllar.org, 2 Elektr tokining asosiy xarakteristikalari. Om qonuni. Tokning -fayllar.org, 13816, 5-ma`ruza elektronika leksiya (1), referat Sharipova S, Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari, 10-tajriba ishi, shartnoma Nilufar, 8-9-amaliyot Abror Inoyatov OS, 5-ma\'ruza Saralash algoritmlari 2(uzb)
    1.1-§ Fizika o’qitishda ta’lim jarayonini loyihalashtirish.
    Loyihalash - oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o’rnatilgan
    vaqt mobaynida yo’l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini
    ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o’quv axboroti va qaytar
    aloqani yetkazish vositasi va yo’llarini aniqlash.
    Loyihalarda o’qitish nafaqat natijalar, balki jarayonini o’zi ham qimmatli.
    Loyiha fanlararo, bir fan yoki fan tashqarisida bo’lishi mumkin.
    Pedagogik vazifaning hal etilishiga o’qituvchi va talaba faoliyatlarining mazmuni,
    vositalarini loyihalash orqali erishadi. Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonini
    texnologiyalashtirish uni loyihalashga nisbatan yangicha yondashuv, ya’ni, ta’lim
    jarayonini texnologik strukturasiga muvofiq yoritish zaruratini taqozo etadi.
    O’qituvchi kasbiy faoliyatini tashkil etishda ta’lim jarayonini loyihalash alohida
    ahamiyatga ega. Har bir o’quv kursini o’rganish alohida mavzu va bo’limlarni
    loyihalash asosida amalga oshiriladi.
    Ta’lim jarayonini loyihalash – pedagogik faoliyat ko’rinishi bo’lib, u ta’lim
    jarayonining texnologik tuzilma hamda o’qitish natijasini kafolatlovchi metod va
    vositalar yig’indisiga egaligi bilan tavsiflanadi.
    Loyihalash mahsuli ta’lim jarayonining loyihasi sanaladi.
    Pedagogik amaliyot mohiyatini tahlil etish natijasida ta’lim jarayonini
    loyihalashning bir necha qonuniyatlari ajratildi. Ular:
    1) ta’lim jarayonining loyihalash samaradorligi barcha tarkibiy qismlar
    (texnologik boshqaruv, vosita, axborot, ijtimoiy-psixologik muhit)ning loyihada
    maqsadga muvofiq yoritilishi asosida ta’minlanadi;
    2) ta’limning texnologik vositalari talabalarning individual xususiyatlariga bog’liq
    holda tanlanadi;
    3) loyihalash strategiyalari o’qituvchining individual uslubiga muvofiq tanlanadi;
    4) loyihalash sifati teskari aloqa (o’qituvchi va talaba o’rtasidagi) ko’lami,
    loyihalash mazmuni, shuningdek, barcha omillar samaradorligiga bog’liq.
    Ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini loyihalash ikki darajada:
    a) o’qituvchi faoliyati darajasida (ta’lim jarayonining alohida qismlarini
    loyihalash);
    b) ta’lim menedjeri faoliyati darajasida (ta’lim jarayonini yaxlit loyihalash) amalga
    oshiriladi.
    Ta’lim jarayonini loyihalashda nafaqat har bir tarkibiy qism, balki ular orasidagi
    aloqalar ham modellashtiriladi hamda loyihalash qonuniyatlari loyihalash tamoyillarining nazariy asoslarini ishlab chiqishga, pedagogik faoliyat amaliyotida
    qo’llashga zamin tayyorlaydi. Fizika o’qitishda o’quvchilar faoliyatini loyihalashtirish dolzarb muammolardan biri bo’lib hisoblanadi. O’quvchilar dars mavzusining muhimligini, ahamiyatini chuqur va ongli tushunib yetganlaridagina ularda faollik ortadi va darsga qiziqish bilan qaraydi. Buning bir qator yo’llari bor. Darsda “Muammoli vaziyat” vujudga keltirishganda fikrlash eng katta faollikka ega bo’lishi tajribada isbotlangan. Ikkinchi yo’li o’rganilayotgan mavzuning turli kasb egalari uchun qay darajada zarurligini asoslashda muhim ahamiyatga ega.
    Kasb-hunar kollejlarida har bir mavzuni talabalarning kasbiga bog’lab olib borish samarali natija berishi muqarrardir. O’quvchilar faolligini oshirishning muhim yo’llaridan biri darsda demonstratsion tajribalardan va ko’rgazmali qurollardan ko’proq foydalanishdir. Hozirgi paytda fizikaning barcha bo’limlariga doir laboratoriya ishlari yozilgan kompakt disklar va disketlar ishlab chiqarilmoqda. Dars jarayonida ulardan foydalanib loyihalashtirish albatta o’quvchilarning faol ishlashiga olib keladi.
    Fizika o‘qitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    1. Fizika fanining asoslari bilan tanishtirish — asosiy tushunchalar, qonunlar va nazariyalar bilan tanishtirish; o‘quvchilar ongida bizni o‘rab turgan dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasini shakllantirish; asosiy tabiiy ilmiy qidirish metodlari bilan tanishtirish.

    2. Materialni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning xotiralarini boyitish bilan birga ularning ijodiy qobiliyatlarini ham rivojlantirish.

    3. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.

    4. Fizika asoslarini o'qitish jarayonida o'quvchilarni tarbiyalab borish: g'oyaviy-siyosiy, harbiy-vatanparvarlik, baynalmilal, ahloqiy va mehnat tarbiyalarini amalga oshirish.

    5. O‘quvchilarga asosiy bilimlar berishni, ularni ijtimoiy mehnatga tayyorlashni va ongli ravishda kasb tanlay olishni amalga oshirish.

    Bularning birortasini ham bir-biridan ajratgan holda hal qilib bo'lmaydi. Ular hammasi o'qitish jarayonida kompleks holda amalga oshiriladi. Fizik bilimlami mustahkamlash orqali o ‘quvchining dialektik-materialistik tafakkurlari rivojlanadi, ilmiy dunyoqarashlari shakllanadi, politexnik ta’lim amalga oshadi.
    Fizika o’qitishda o’rganilayotgan o’quv materiallariga qiziqish uyg’onishning vazifalaridan biri bu- o’rganilayotgan ilmiy-ommaviy ahamiyatini o’quvchilarga ochib ko’rsatishdir. Bu maqsadda o’rganiladigan hodisa va fikrlarni ta’sirli va obrazli qilib bayon etish maqsadga muvofiqdir. Bu maqsadlarni hal etish darajasi maktabning hamma o’quv va tarbiyaviy ishlarini tashkil etishga bog’liq, ammo bu ishlarning natijalari sifatida asosiy rolni dars, xususan, unda foydalaniladigan o’qitish metodlari o’ynaydi.
    Darsda quyidagi dars o’tish metodlari va usullari qo’llaniladi;
    An’anaviy dars o’tish metodlari, noan’anaviy dars o’tish metodlari, umumiy o’qitish metodi, innovatsion usullar, o’quvchilar bilimini tekshirish va baholash metodlari.
    Hozirgi paytda fizika fanini o’qitishga yangi pedagogik metod kirib keldi. Fizika fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish samarali natijalar bermoqda. “Pedagogik metod bu- ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o’zaro ta’sirini inobatga olib, o’qitish va bilim o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash. Yaratish va qo’llashning tizimli metodidir” deb ta’riflanadi.
    Fizika o‘qitish jarayoni o‘zaro ta’sir qiluvchi quyidagi tarkibiy qismlari bilan xarakterlanadi.

    1. O’qitish mazmuni, ya’ni fizika asoslari.

    2. O‘qitish — o‘qituvchi faoliyatidan iborat bo'lib, tajriba va texnika vositalari asosida predmetni bayon qilish, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini boshqarish, ularning bilim va malakalarini sinash.

    3. O‘qish — o‘quvchilarning ko‘p qirrali aqliy va jismoniy o ‘quv faoliyatlari.

    4. O'qitish vositalari: darsliklar, asboblar, texnika vositalari.




    Download 1,23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§ Fizika o’qitishda ta’lim jarayonini loyihalashtirish

    Download 1,23 Mb.